Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo'lib,
muayyan bir shaxsga
emas,
balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari
:
1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
2. Vazirlik va boshqarma nomi.
3. Muassasa xos raqami.
4. Hujjat shaklining xos raqami.
5. Muassasa nomi.
6. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
7. Sanasi.
8. Raqami.
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Hujjatning nomi (Buyruq).
11. Buyruq matni (basharti ilovalari bo'lsa, qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o'rinbosar imzosi.
Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo'yilib, u
blankaga
ko'chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyatga
oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib
chiqib sarlavha
qo'yiladi (ba'zi qisqa buyruqlarda qo'yilmasligi ham mumkin).
Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo'yicha mas'ul
xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish
qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan
maqsad, shart-sharoit, sabablar ko'rsatiladi, asos qilib
olinayotgan
buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi).
Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning farmoyish
qismi tegishli bandida ham ko'rsatiladi. Ba'zi buyruqlarni
asoslashga hojat bo'lmasligi mumkin, bunday
hollarda ular
to'g'ridan-to'g'ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi
Xulosa qilib aytganda muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan
asosiy
va kundalik vazifalarni
hal qilish maqsadida buyruq,
farmoyish, ko‘rsatma kabi
Dostları ilə paylaş: