Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yilda nemis geografi Ferdinand Rixtgofen tomonidan berilgan.
Eng qadimgi yo‘llardan biri miloddan avvalgi 3–2- mingyillikda vujudga kelgan «La’l yo‘li»dir. U Pomir tog‘laridan boshlanib Eron, Old Osiyo va Misr orqali o’tgan.
Buyuk Ipak yo’li 12 ming kilometrgacha uzunlikda bo’lgan.
Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab miloddan avvalgi II–I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jaxon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo‘li deb ataluvchi karvon yo‘li o‘tadigan bo‘ldi.
Buyuk Ipak yo‘lining tarixi Sharq va G‘arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir.
O’rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‘li tufayli Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‘lganlar.
Buyuk Ipak yo‘li Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqlarini o’zaro madaniy aloqalaridan bahramand bo‘lishga imkonini berdi.
O’rta Osiyo bu yo’lning asosiy yo’nalishlari kesib o’tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edilar.
Buyuk Ipak yo’li sharofati bilan O’rta Osiyo xalqlaqri G‘arb va Sharqning xalqlari o’rtasida madaniy va savdo aloqalarini kengaytirdi.
Buyuk ipak yo’li
Buyuk Ipak yo'li - mil. avv. Il asr - milodiy XVI asrda mavjud bo'lgan yo'l.
"Buyuk meridianal yo'1" - Buyuk Ipak yo'lining dastlabki nomi. F. Rixtgofen - "Buyuk meridianal yo'l"ga "Ipak yo'li” nomini bergan nemis olimi.
Sariq dengiz - uning sohillaridan Buyuk Ipak yo'li boshlangan.
U Di-Xitoy imperatori. Chjan Syan - u yurgan yo'l asosida "Buyuk Ipak yo'li” vujud- ga kelgan.
"Samoviy" - Farg'onaning nasldor oti.
Xunn - Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilgan qabila.