Mil. avv. II asr - Buyuk ipak yo'li vujudga keldi.
Mil. avv. Il va millodiy XVI asrlar - Buyuk Ipak yo'li mavjud bo'lgan davr. 1877-yil - F. Rixtgofen tomonidan "Buyuk meridianal yo’lga "Ipak yo'li" degan nom berildi.
Test savollari
Buyuk Ipak yo’li qachon vujudga kelganligini aniqlang? A) milodiy I asrda B ) mil.avv.II asrda C) mil.avv.I asrda. D) mil.avv.III asrda
Buyuk Ipak yo’li dastlab qanday nomlangan edi? A) «Shoh yo’li» B) «Oltin yo’l» C ) «Buyuk meridianal yo’l» D) «La’l yo’li»
«Buyuk meridianal yo’l»ga «Ipak yo’li» nomi qachon berilgan edi? A) 1887-yil B) 1870-yil C) 1822-yil D ) 1877-yil
«Buyuk meridianal yo’l»ga «Ipak yo’li» nomini kim berganligini aniqlang? A) A.Okladnikov B) F.SHompalyon C ) F.Rixtgofen D) G.SHlimann
O’rta Osiyoda «La’l yo’li» qachon vujudga kelgan edi? A) mil.avv.II asrda B) mil.avv.1 mingyillikda C) mil.avv.V asrda D ) mil.avv.3-2 mingyillikda
«La’l yo’li» qayerdan o’tganligini aniqlang? A) Xitoydan boshlanib Eron, Old Osiyo, O’rtayer dengizi davlatlaridan o’tgan B) Ahamoniylar dalatidan O’rta Osiyoga o’tgan C ) Pomir tog’laridan boshlab Eron, Old Osiyo, Misr orqali o’tgan D) Qadimgi SHarq va Yevropadan o’tgan
Qadimda yarim nodir la’l toshi(lojuvard) qaysi tog’dan olinar edi? A) Oloy B) Tyan-SHan C ) Pomir D) Himolay
Mil.avv.VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti - Suza shahri bilan bog’lagan yo’lni aniqlang? A) «La’l yo’li» B) «Oltin yo’l» C ) «Shoh yo’li» D) «Buyuk meridianal yo’l»
Buyuk Ipak yo’lining uzunligini aniqlang? A) 22 ming km B) 2 ming km C ) 12 ming km D) 10 ming km
Buyuk Ipak yo’li qaysi hududlarni bog’lab turgan yo’l bo’lgan? A) Sariq dengizdan boshlanib O’rta Osiyo, Eronga borgan B) Sariq dengizdan boshlanib SHarqiy Turkistonga borgan C ) hamma javoblar to’g’ri D) Sariq dengizdan boshlanib Misr orqali O’rtayer dengizi sohillarigacha borgan