Buyuk shoir va mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher


bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul



Yüklə 63,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix27.12.2023
ölçüsü63,54 Kb.
#200284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
VW73HfTsIld91GcBspnfskAosSLwsqktGpmm1C5e (1) (3)

bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul 
bo’lmas. Yolg’onchi o’zining yolg’on so’ziga bir-ikki 
marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg’onchiligi 
ma'lum bo’lgach, u rasvo bo’ladi, uning so’ziga 
xalq ishonchi yo’qoladi. Ko’ngil xazinasining qulfi 
— til; u xazinaning kalitini — so’z bil.


Chin so’z — mo’tabar; yaxshi so’z qisqa — muxtasar. Ko’p 
so’zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi — aqldan ozgan. 
Ayb izlovchi 
— aybli; kishi aybini gapiruvchi — o’ziga yomonlik 
sog’inuvchi. To’g’rilik bilan qarovchi — pokiza nazarli; kishilarning 
yaxshi tomonlarini ko’ruvchi — to’g’ri nazarli. Kimning miyasida illat 
bo’lsa — so’zida mantiq bo’lmaydi. Miyasi sog’lom bo’lsa, gap-so’zi 
yoqimli va xatosiz bo’ladi. So’zi hisobsiz — o’zi hisobsiz. So’zida 
parishonlik 
— o’zida pushaymonlik. Agar so’z go’zallik ziynati bilan 
bezalmagan bo’lsa — unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolg’onchining 
gapi qanchalik chiroyli bo’lsa, shunchalik qabihdir. Chin so’z 
qanchalik betakalluf bo’lmasin, so’zlovchi uchun taassuf yo’qdir. 
Gul libosi yirtiq bo’lsa ham ziyonsiz; sadaf xunuk bo’lsa ham inju, 
uchun nuqsonsiz.
Yolg’on so’z she'rdan boshqa yerda nomaqbul va yolg’onni aytuvchi 
aqlsizdir.
Yomon qiliqli odam 
— badfe'l; achchig’i tez — bir baloga giriftor, bir 
ofatga mubtalo badbasharadir. Bular qayon borsa 
— balodan 
qutilmas; har yerga qochsa ham ofatdan xalos bo’lmas. Yomon qiliq 
g’olib dushmandir va qahrli yovdir, yomon qiliqli kishi esa doim 
unga mag’lub va vujudi undan
majruh.

Yüklə 63,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin