4 – bola: Amir Temurning shiori: “Kuch – adolatdadir !”
5 – bola: Amir Temurning 4 ta o’g’li bo’lgan. Ular: Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh mirzo, Shoxruh mirzo. Buyuk bobolarimiz sanalmish Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham Amir Temur avlodlaridandir.
6 – bola:Amir Temur o’zi o’tkazgan janglarning birortasida ham mag’lub bo’lmagan.
7 – bola: Temuriylar imperiyasi insoniyat tarixida maydoni bo’yicha 26 – o’rinda turadigan imperiya hisoblanadi.
8 – bola: Amir Temurning qilichiga Rosti – rusti ya’ni Kuch – adolatdadir so’zlari yozilgan bo’lib, u Amir Temurdan so’ng uning avlodlariga o’tib kelgan, xattoki Zahirddin Muhammad Bobur, uning o’g’li Humoyun mirzo va Boburning avlodi sanalmish Akbarshoxgacha.
9 – bola:1996 – yil Toshkent shahrida Temuriylar tarixi muzeyi ochilgan.
10 – bola: Ayni paytda Samarqand, Shaxrisabz va Toshkent shahrida Amir Temurning haykallari mavjud.
1 - boshlovchi: Sohibqiron bobomiz davlat tuzishda, gullab – yashnashida quyidagi qoidalarga amal qilganligini aytib o’tgan.
2 - boshlovchi: Hozir bolalar sizlarga ularni aytib berishadi.
1 – bola:Men davlatni shoshmay, insonparvarlik bilan boshqardim. 2 – bola: Tartib va qoidalarga rioya qilish – mening davlatimni mustahkamladi. 3 – bola: Men o’z askarlarimga g’amxo’rlik va oliyjanoblik ko’rsatdim. 4 – bola: O’z xalqimni doim tushundim. 5 – bola: Yaxshiga yaxshi, yomonga qattiqqo’l bo’ldim. 6 – bola: O’z askarlarimni xurmat qildim va qonun – qoidalarga rioya qildim.
1 - boshlovchi: Aziz mehmonlar va bilimdon bolajonlar ! Bugun biz Buyuk Sohibqiron bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko’plab ma’lumotlarni bilib oldik.