Ko’rsatkichlar nomi
|
Hisobga olinadigan birliklar, ming so’m
|
Shartli birliklar
|
moddiy xarajatlar
|
qo’shilgan
xarajatlar
|
Belgilangan muddat boshida tugallanmagan
ishlab chiqarish
|
15
|
-
|
9
|
Muddat davomida
boshlangan va tugallangan
|
57
|
57
|
57
|
Belgilangan muddat yakuniga tugallanmagan ishlab chiqarish
|
3
|
3
|
1,5
|
Jami
|
75
|
60
|
67,5
|
Mahsulot birligi tannarxi tahlilini ifoda etuvchi jadval (2-jadval) asosida mahsulot birligi uchun shartli xarajatlarni moddiy xarajatlar va qo’shilgan xarajatlar bo’yicha alohida-alohida hisoblash mumkin. Shartli mahsulot birligiga qilingan xarajatlarni aniqlash uchun ushbu muddat davomida qilingan moddiy xarajatlar hamda qo’shilgan xarajatlarni shu xarajatlar bo’yicha shartli mahsulot birligi soniga bo’linadi. “Asosiy ishlab chiqarish” schyotidagi hisobot davri boshi qoldig’iga kiritilgan xarajatlar hisobkitobda e’tiborga olinmaydi, chunki ular o’tgan muddatga tegishlidir.
2-jadval
Mahsulot birligi tannarxi tahlili
Xarajatlar turi
|
|
Xarajatlar
|
|
Shartli birliklar,
ming dona
|
Shartli birliklarga qilingan xarajatlar
|
boshlang’ich zahiralar,
ming so’mda
|
joriy
muddatdagi, ming so’mda
|
jami
xarajatlar,
ming so’mda
|
Moddiy
xarajatlar
|
600,0
|
3300,0
|
3900,0
|
60,0
|
0.55 so’m*
|
Qo’shilgan xarajatlar
|
166,5
|
2700,0
|
2866,5
|
67,5
|
0.40 so’m**
|
Jami
|
766,5
|
6000,0
|
6766,5
|
|
0.95 so’m***
|
* - 22.000 : 40.000 = 0.55
** - 18.000 : 45.000 = 0.40
*** - 0.55 + 0.40 = 0.95
Yakuniy tannarxni ifodalovchi jadval jami ishlab chiqarish xarajatlarini barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taqsimlash uchun ishlatiladi. Xarajatlarning bir qismi A sexida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladi, xarajatlarning qolgan qismi esa hisobot davri yakuniga ushbu sex uchun “asosiy ishlab chiqarish” schyotida qoldiq sifatida qoldiriladi.
Mahsulot tannarxini jarayon usulida hisoblashning yakuniy bosqichi A sexdagi yarim fabrikatlar tannarxini V sexidagi Asosiy ishlab chiqarish schyotiga hisobdan chiqarish orqali amalga oshadi.
Buxgalteriyaprovodkasiquyidagichabo’ladi:
Vsexidagi “Asosiyishlabchiqarish” 6541,5 mingso’m
A sexidagi “Asosiy ishlab chiqarish” 6541,5 ming so’m
|
Buxgalteriya yozuvi:
|
|
Debet
|
Kredit
|
Summasi
|
2010 “V”
|
2010 “A”
|
6541,5 ming so’m
|
3-jadval
Mahsulot birligi tannarxining tahlili
Ko’rsatkichlar
|
Tayyor mahsulot
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish
|
Boshlang’ich zahiralar
|
|
|
Boshlang’ich qoldiq, ming so’m
|
766,5
|
|
tugallash uchun xarajatlar (9 ming birlik * 0,40 so’m)
|
360,0
|
|
ishlab chiqarilishi hisobot davrida boshlangan va tugatilganlari (57 ming birlik * 0, 95 so’m)
|
5415,0
|
|
Yakuniy zahiralar
|
|
|
moddiy xarajatlar (2000 * 0,55 so’m)
|
|
165
|
qo’shilgan xarajatlar (1000 * 0,40 so’m)
|
|
60
|
Jami
|
6541,5
|
225
|
Tekshirish:
|
|
|
tayyor mahsulot
|
6541,5
|
|
tugallanmagan ishlab chiqarish
|
225,0
|
|
|
6766,5
|
|
Shu jadvalning quyi qismidagi tekshirishning keltirilish ma’nosi shundaki, agar tekshirish natijasida tafovut, ya’ni chetlanishlar aniqlansa, ishlab chiqarilayotgan bir dona miqdoridagi tayyor mahsulot tannarxi o’sha miqdorga to’g’rilanadi – korrektirovka qilinadi.
Xulosa
Xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to’rtta usulning biridan foydalaniladi:
-oddiy usul;
-buyurtmali usul;
-jarayonli usul;
-normativ usul.
Ba’zi bir mamlakatlarda bu usullardan tashqari yana boshqa, xususan o’rtacha tannarx, koeffitsientlar usulidan ham foydalaniladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun eng samarali ishlatilishi mumkin bo’lgan usullar – bu tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli usullaridir.
Xarajatlarni hisobga olishning va mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtmali usuli – faqat bir mahsulot turini ishlab chiqaruvchi, shuningdek maxsus buyurtma asosida ishlovchi xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan usuldir. Bu usulda barcha xarajatlar alohida bo’linmalar yoki hisobot davri uchun emas, har bir buyurtma bo’yicha yig’iladi. Xo’jalik yurituvchi subyektda asosiy ishlab chiqarish schyoti yuritiladi, bu boradagi analitik ma’lumot buyurtmalar kartochkasida olib boriladi. Aynan shu kartochkalarda ma’lum buyurtmani bajarish uchun barcha bo’linmalar bo’yicha xarajatlar yig’iladi.
Oddiyroq qilib ifoda qilinadigan bo’lsa, kichik xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining (ish, xizmat) aynan mana shu buyurtmali usul orqali tannarxini xisoblash har tomonlama samarali, juda aniq va qulaydir. Chunki:
ortiqcha hisob kitoblarni talab qiladigan “asosiy ishlab chiqarish” qoldig’ibo’lmaydi;
odatda buyurtmalar qisqa va aniq muddatlarga qabul qilinadi;
buyurtma vaqti, miqdori, mahsulot bahosi aniq kelishib olingan bo’ladi.
to’g’ri xarajatlar mehnat va moddiy xarajatlar kabi aniq mahsulot yoki xizmatturiga to’g’ridan-to’g’ri olib borilishi mumkin;
umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqatgina maxsususlublar yordamida taqsimlanishi mumkin. Ya’ni, aynan ana shu buyurtma hajmiga to’g’ri keladigan qo’shimcha xarajatlarni (ma’muriy-boshqaruv apparati xarajatlari va barcha umumishlab chiqarish xarajatlari) hisoblash uchun tegishli hisob kitoblarni amalga oshirish mumkin. Ularni hisobdan chiqarishda har bir bo’linma yoki faoliyat yuritayotgan obyekt uchun odatda bir yilga o’rnatilgan
Dostları ilə paylaş: |