II BOB. AMALIY QISM. 2.1. Xodimlar bilan ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha hisoblashuvlar hisobi. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishda huquqiy nazariy asoslarga tayangan holatda yaratish kerak. Ya’ni budjet tashkilotlarida har bir amalga oshirilgan ham moliyaviy, ham yuridik vazifalar o’zining hujjatli fundamentisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Xodimlar bilan hisoblashuvlar jarayonida hujjatlar yuzaga kelish jarayonida 2169 – raqamli yo’riqnomaga amal qilish kerak, unga asosan xodimning ish haqi to’lanish turini aniqlab olish lozim.
Mehnatga haq to‘lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga ko‘ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi.
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsentlari ko‘rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif koeffitsenti birga teng bo‘lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsenti ham ortib boradi.
Tarif stavkasi-ishchining razryadga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi (soat, kun) uchun to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga yo‘naltirish yo‘li bilan aniqlanadi va hisoblanadi.
Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo‘yicha tarif koeffitsentini eng kam ish haqi miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Quyida 2019-yili Vazirlar Mahkamasining 19-sentabrdagi 775-sonli qarori bilan qabul qilingan va 2019-yil 17-sentabrdan kuchga kirgan yagona tarif setkasi keltiriladi.
1-chizma. Mehnatga haq to’lashning yagona tariff setkasi.10