Byudjet hisobi


Davlat byudjetidan mablag‘



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/138
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175620
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
Byudjet hisobi G\'aniyev 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat byudjetidan mablag‘ 
bilan ta’minlanadi: 
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan 
oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); 
II. Ish haqiga qo‘shimchalar; 
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga 
muvofiq); 
IV. Boshqa xarajatlar. 
Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘lari 
bo‘yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi. 


Byudjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va 
ro‘yxatdan o‘tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzadi. 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi –
tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va 
ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda byudjet tashkilotlari uchun 
ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya 
yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq 
bo‘lmagan miqdorlardagi byudjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari
qonunchilikda nazarda 
tutilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan 
mablag‘lardir. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lari tashkil bo‘lish manbaalari 
quyidagilardan iborat: 

Byudjet 
tashkilotlarini 
rivojlantirish 
jamg‘armasi 
mablag‘lari; 
- Tibbiyot muaasasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; 
- Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli mablag‘lari; 
- To‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha mablag‘lar; 
- Boshqa byudjetdan tashqari maxsus mablag‘lar. 
Yuqorida keltirilgan byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida-alohida daromadlar va 
xarajatlar smetalari tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin