Byudjet hisobi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix10.06.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#61166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
SH.V.G’ANIYEV, R.A. MANNAPOVA  
 
 
 
“BYUDJET HISOBI”
FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI 
BAJARISH BO’YICHA 
 
USLUBIY QO’LLANMA 
(sirtqi bo’lim) 
 
Bilim sohasi:
 
200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
Ta’lim sohasi:
110000 – Pedagogika 

 
 
 
230000 – Iqtisod 
 
Ta’lim yo’nalishi: 
5230600 – Moliya 
5230900– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar 
bo’yicha)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT - 2019






KIRISH 
 
O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy 
va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat 
ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, 
masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil 
qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy 
vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib 
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari 
paytida talabalarga etkazish qiyin. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, 
mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga 
qiziqish paydo bo’ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil 
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars 
mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga 
o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma 
berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin