Byudjet tashkilotining daromadlar va xarajatlar smetalarini ijrosi bo’yicha
buxgalteriya balansining sxematik kurinishi.
AKTIV
PASSIV
Bo’lim
Bo’lim
I
Nomoliyaviy aktivlar
IV
Kreditorlar
II
Moliyaviy aktivlar
V
Moliyaviy natijalar
22
III
Debitorlar
BALANS
BALANS
Byudjetdan tashqari hisoblar
2.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tuzish, taqdim etish va
tasdiqlash tartibi
Byudjet tashkilotlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar ijrosi
bo’yicha balansni choraklik va yillik holatda tuzadi va topshiradi.
Yillik balans hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi.
Choraklik balans hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi.
Yillik va choraklik balanslarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish
xatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi
jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan
mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan
bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo’l
qo’yilgan muddati o’tgan qarzdorlikni undirish bo’yicha ko’rilgan choralar,
qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek
hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz to’g’risidagi ma’lumotlar,
kamomadi aniqlangan va o’g’irlangan pul mablag’lari va boshqa tovar-moddiy
qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar
keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy
hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan,
tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash
bo’yicha axborotlar ochib beriladi.
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo
huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari
(ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo’limi
boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha mutaxassis)
tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.
23
Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan
ko’rsatkichlarto’ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va
operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar)
to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi.
Balans Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma
(ro’yxat rakami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to’plami, 2010 yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 308-son
shakldagi «Bosh-jurnal kitobi» (keyingi o’rinlarda «Bosh-jurnal kitobi» (308-
shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida
tuziladi.
Buxgalteriya balansining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi:
«Tashkilot» rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi;
«Bo’lim, kichik bo’lim, bob» rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifining
vazifa jihatidan vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) ko’rsatiladi;
«Hisobot davri» rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak)
ko’rsatiladi;
«Byudjet turi» rekvizitida tashkilot tomonidan O’zbekiston Respublikasi
byudjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot
bo’yicha byudjetlar darajasi kodlari ko’rsatiladi.
«O’lchov birligi» rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzishda quyidagi shartlar to’liq saqlanishi lozim:
hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy
vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar
natijalarining to’liq aks ettirilishi;
analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik
hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi,
shuningdek balans ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga
mosligi;
balansdagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish.
24
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan balans noto’g’ri
tuzilgan deb hisoblanadi.
Tashkilotlar jamlama balansni o’zlari ko’rib chiqqan tasarrufidagi quyi
tashkilotlarning balanslari hamda o’zining xarajatlar smetasi bo’yicha moliyaviy
hisobotlari asosida tuzadi.
Buxgalteriya balansi, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n
xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi.
Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda balans
ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda
hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar «minus» belgi bilan aks ettiriladi.
Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga takdim etiladigan balans
hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.
Markazlashtirilgan buxgalteriyada balans u tashkil etilgan tashkilot rahbari
tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan
imzolanadi.
Bunda, g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy
hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobot, xarajatlar
smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) hamda byudjetdan tashqari
mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan
belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning Moliya
vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama balanslari
tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli rahbari va ushbu
idoralarning
buxgalteriya
xizmatlari
rahbarlari
(hisobchilari)
tomonidan
imzolanadi. Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)
muhrlarisiz hamda yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning imzolarisiz
moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetida turadigan tashkilotlar
balanslarni O’zbekiston Respublikasi Moliya va-zirligining tegishli buyruqlariga
25
muvofiq belgilangan muddatlarda Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
takdim etadilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman
(shahar)lar byudjetlarida turadigan tashkilotlar balanslarni tegishli vazirlik va
idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular tomonidan
belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan o’rnatilgan muddatlardan kech
bo’lmagan muddatlarda takdim etadilar.
Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin
mazkur Qoidalar bilan belgilangan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda
jamlama balanslarni takdim etadilar. Muddat-lar tegishli byudjetning ijrosi
to’g’risidagi balanslarning yuqori turuvchi moliya organiga o’z vaqtida takdim
etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi
414-sonli
«Byudjet tashkilotlarini mablag bilan ta’min-lash tartibini
takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Hukumatining
qarorlari to’plami, 1999 y., 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha
vaqt etib belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi
tashkilotlar uchun balanslarni topshirishning alohida muddatlari Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetida turadigan tashkilotlar
yuqori turuvchi idoralarga balanslarni bo’ysunishiga qarab ular tomonidan
belgilangan muddatlarda takdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama
balanslarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan, yillik moliyaviy
hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20 fevralidan
kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatilgan muddatlar doirasida
vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik jamlama balanslarni takdim
etishning differentsiyalangan muddatlarini belgilaydi.
26
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to’lanishi) yil davomida bir byudjetdan
boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o’tkazilgan
tashkilotlarda o’tkazish sanasiga balans (yillik balans hajmida) tuziladi hamda u
ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga takdim etiladi. Kelgusida balans faqat
yangi yuqori turuvchi idoraga takdim etiladi.
Tashkilotlar uchun balanslarni takdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda
takdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot takdim etish uchun belgilangan muddat
ishlamaydigan kunga to’g’ri kelgan takdirda balans ishlamaydigan kun arafasidagi
so’nggi ish kunida takdim etiladi.
Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa
byudjet mablag’larini oluvchilar tomonidan balanslar belgilangan muddatda
topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari byudjet
mablag’larini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda ogohlantirgan holda
byudjetdan moliyalashni (xarajatlarini to’lashni) cheklashlari, zarur hollarda esa
to’xtatib qo’yishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |