27
Respublikasi
Moliya
vazirligining
G’aznachiligi
va
uning
hududiy
bo’linmalaridagi (keyingi o’rinlarda G’aznachilik bo’linmalari deb yuritiladi)
shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa
moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish.
Balanslarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Balanslarda
xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi,
ularni balanslarga imzo
chekkan shaxslar tasdiqlaydilar. Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha
tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va
tasdiqlashda mazkur balanslar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga)
majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
Tashkilotlar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa byudjet
mablag’larini oluvchilar (byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z
tasarrufidagi tashkilotlarning balanslarini qabul qiladilar, ko’rib
chiqadilar hamda
tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya
organlari o’tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar,
hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning o’z tasarrufidagi tashkilotlarining yillik
balanslarini ko’rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda balansda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan tushuntirishlar
talab qilish;
buxgalteriya balanslari ma’lumotlarini hamda
ularning hujjatlar bilan
asoslanganligini, shuningdek taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliya-
xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib chiqish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organ lari
balanslarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo’lganda o’z e’tiroz va
takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan
kechiktirmasdan xabar qiladi.
28
Ma’lumki tashkilotda buxgalteriya xizmatini tashkil etish, moliya-xo’jalik
faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni
amaldagi qonun xujjatlariga
muvofiqligi hamda buxgalteriya xujjatlarini saqlanishini ta’minlash tashkilot
rahbari zimmasiga yuklatigan. Shundan kelib chiqqan holda, bevosita buxgalteriya
xizmatining asosiy vazifasi kuyidagilarga qaratilmog’i kerak:
buxgalteriya hisobini qabul kilingan qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalar va
boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilgan holda yuritish;
buxgalteriya xujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda
amalga oshirilayotgan muomalalarni qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
byudjet mablag’larini, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larni smetada
ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri va tejamli sarflanishi, shuningdek pul
mablag’lari va moddiy boyliklarni butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tashkilot xodimlarining ish xaqlarini, o’quv
yurtlari talabalarining
stipendiyalarini belgilangan tartibda o’z vaqtida hisoblab chiqish va to’lash;
buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar,
uslubiy ko’rsatmalarni va bevosita buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy – xuquqiy
xujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam
foydalanish va boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida hisob ob’ektlari bo’yicha byudjet tashkilotlari
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish. Bu orqali byudjet
tashkilotlarida davlat sektori buxgalteriya hisobining
xalqaro standartlari
talablaridan kelib chiqib o’ziga xos jihatlarni inobatga olgan holda byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bo’yicha uslubiy
ko’rsatma ishlab chiqish. Bunda faoliyat turidan kelib chiqib byudjet tashkilotlari
buxgalteriya hisobini tashkil etishlari va yuritishlari yuqori turuvchi vazirlik va
idoralar tomonidan yagona tarzda amalga oshirilishi lozim.