Byudjet hisobi


Mustaqil ish bajarilishi va rasmiylashtirilishi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix10.06.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#61166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

Mustaqil ish bajarilishi va rasmiylashtirilishi 
Mustaqil ish bajarilishi jarayonida turli meyoriy – huquqiy hujjatlardan
axborotlar yig'ish va ularni jamlashda, yozma ravishda o'zining fikrini bayon 
etishda, auditoriya oldida o'zining ravon nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi 
shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlashdan 
cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, statistika boshqarmasi, jurnal, ro'znoma 
va internet saytlari ma'lumotlaridan foydalanishini bilish lozim. Shuningdek, har 
bir talaba olingan zaruriy ma'lumot va axborotlarni to'g'ri va aniq tahlil qilish 
muhimdir. Mustaqil ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar 
taqdimotni amaliy mashg’ulot darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni 
adabiyotlarni o'rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o'z kuzatishlarini 



ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida 
talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini 
umumlashtirish va xulosa qilishga o'rganadi. 
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta 
o'zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi 
va shu reja asosida mavzu yoritiladi. Mustaqil ta'lim taqdimot ko'rinishida bo'lsa, u 
Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog'i, mavzu, reja va 
slaydlardan iborat bo'lishi kerak. 
Mustaqil ishning yana bir shakli "Ilmiy loyiha"dir. Ilmiy loyihani 
talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o'tkazishini dastlabki shakli sifatida ko'rish 
mumkin. Ilmiy loyiha (lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, 
o'qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og'zaki bayoni, 
o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa 
manbalar obzorini o'z ichiga olgan ma'lum mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda, 
ilmiy axborot vazifasini o'taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli 
ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Ilmiy tadqiqot 
muassasalari, oliy o'quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar 
keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg'ulotlariga tayyorlab 
keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi. 
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik 
ma'lumotlar va boshqa materiallarni to'plash, ularni qayta ishlash, ya'ni hisob kitob 
qilish, tahlil qilish, o'rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko'z bilan qarashni, 
baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog'lashni o'rganadi. 
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik 
bo'yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so'zga chiqishga qaraganda 
katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o'z fikrini auditoriya oldida 
himoya qila olishi kerak. 
Mustaqil ta'lim "Ilmiy loyiha" tarzida (kompyuterda) tayyorlanadigan bo'lsa, 
unda titul varag'i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi. Mustaqil ish 


10 
bajarishda talaba o'rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina 
asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo'yicha amaliy 
ma'lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko'rinishida tarqatma 
materiallartayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo'yilgan. Chunki, har 
qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to'ldirilganda dars 
samarasi yanada yuqori bo'ladi 
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar 
foydalanish bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o'z ustida ishlashlari
izlanishlariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga 
rag'batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o'z faoliyatini aniq maqsadga 
yo'naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o'z ustida ishlashga, iqtisodiy 
fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og'zaki, ham yozma 
ravishda bayon qilishga o'rgatadi. 
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog' i kerak. 
Talabalarni fanini mustaqil o'zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo'yilgan: 
-bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki 
ham ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan 
birgalikda foydalanishi lozim; 
-o'rganilayotgan mavzu bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay 
darajada ekanligiga e'tibor berilishi lozim; 
-Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo'lib, har bir reja 
bo'yicha talaba o'z fikr mulohazalarini bayon etishi shart; 
-mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma'lumotlar aniq va to'g'riligiga 
ishonch hosil qilish uchun manbasi ko'rsatilishi shart; 
-Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo'lsa (A4 format qog'oz, 
chap-3 sm, yuqori-2sm, past-2,5 sm, o'ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda 
yozilishi kerak) 14-15 betdan va taqdimot ko'rinishida 10-15 slayddan iborat 
bo'lishi kerak, tarqatma materiallar esa 8-10tadan kam bo'lmasligi lozim. 


11 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin