4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga ko’ra,byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
5, Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko’zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
6, Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipihar bir byudjet o’z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo’nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo’yilganligi bilan izohlanadi.
7, Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipibyudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip “natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish” talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi.
8, Kassaning yagonaligi prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Moliya vazirligi G’aznachiligining Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag’larining hajmi va harakati to’g’risida tezkor axborotlarga ega bo’lish, byudjet mablag’larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.
9, Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipibyudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko’pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag’lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi.
10, Ochiqlik prinsipidavlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va
ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini), byudjet ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi.
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi– daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga ko’ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan guruhlash ko’rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi – O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat.
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Byudjet tasnifi:
davlat byudjeti daromadlari tasnifini;
davlat byudjeti xarajatlari tasnifini;
davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining yuqorida ta’riflangan davlat byudjeti tuzilmasi O’zbekiston Respublikasirespublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo’lib xizmat qiladi.
Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi. Respublika byudjeti davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’na- lishlari va miqdori nazarda tutiladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida Respublika byudjeti daromadlari o’rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti hisobiga to’g’ri keladi
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning
tarkibiga, o’z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;
viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |