I-BOB. C# tilining sintaksisi va asosiy operatorlari.
Consol rejimi. C# tilining sintaksisi. Ma’lumotlar tiplari.
Visual Studio.NET sistemasida dasturni kompilyatsiya qilish va bajarishning bir necha usuli bor. Ko’p hollarda dasturchilar dasturni alohida kompilyatsiya qilib bir nechta klavishalar kombinatsiyalari orqali ishlatishga o’rganishgan.
++ tugmalarini bosish orqali yoki menyuning Build-
>Build Solution qismini tanlash orqali dasturni kompilyatsiya qilish mumkin. Alternativ variant sifatida instrumentlar panelidagi Build tugmasini bosish ham mumkin.
Dasturni kompilyatsiya qilmasdan ishlatish uchun + tugmasini yoki menyuning Debug->Start Without Debugging qismini tanlash yoki panel instrumentlar qismidagi mos tugmani bosish lozim.
using System; class Hello {
static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine(“Hello”);
}
}
C# tilida yozilgan dasturni ishlatish uchun
Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim (hello.cs)
Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug’ini bajarish lozim Ushbu buyrug’ bajarilgach, natijaviy .exe kengaytmali fayl hosil bo’ladi.
Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi.
/debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada exe faylni qayta ishlovchi dasturda taxlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin.
Dasturni ishlatish natijasida, ekranga
Hello yozuvi chiqariladi.
C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamiz- ning nomini masalan “1-misol” deb nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi.
Consol rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo’lib: uning barcha metodlari o’zgarmas, sanoqli bo’lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o’z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart Consol-da amalga oshiriladi (agar u bo’lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o’zgartirish mumkin. Consol bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi: Read, ReadLine, Write, WriteLine, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi.
Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo’lsa, -1 ni qaytaradi. Masalan:
int i = Console.Read(); Console.WriteLine(i); Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi.