C# dasturlash tilida fayllar bilan ishlash



Yüklə 106,83 Kb.
səhifə4/23
tarix19.04.2023
ölçüsü106,83 Kb.
#100455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kalit so’zlar va nomlar. Quyidagi ro’yxatda C# tilining kalit so’zlari va nomlari berilgan bo’lib, dastur tuzilishi paytida ularni boshqa maqsadda ishlatish (masalan o’zgaruvchi nomini inisializatsiya qilishda) mumkin emas.

1.1.1-jadval. Kalit so’zlar va nomlar.



Abstract

Do

in

protected

true

As

double

int

public

try

Base

else

interface

readonly

typeof

Bool

enum

internal

ref

uint

Break

event

is

return

ulong

Byte

explicit

lock

sbyte

unchecked

Case

extern

long

sealed

unsafe

Catch

false

namespace

short

ushort

Char

finally

new

sizeof

using

Checked

fixed

null

stackalloc

virtual

Class

float

object

static

void

Const

for

operator

string

volatile

Continue

foreach

out

struct

while

Decimal

goto

override

switch




Default

if

params

this




Delegate

implicit

private

throw




C# tilida boshqa tillarda bo’lgani kabi dasturning har bir qismiga izoh yozish mumkin. Bu izohlar dastur kompilatsiyasida ishtirok etmaydi va dastur ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. C# da izoh yozish uchun /* */, // belgilaridan foydalanish mumkin. // belgisi shu belgidan keyin to shu satr oxirigacha bo’lgan barcha belgilarni izoh sifatida qabul qiladi. /* */ bu orqali istalgan qismni izohga olish mumkin.


Literallar. C# tilida 5 xil literal mavjud ;



  • Butun tipli literal

  • Haqiqiy tipli literal

  • Belgili literal

  • Satr tipli literal

  • Mantiqiy tipli literal

Literallar – bu tilning maxsus tushunchasidir. Har bir literallar to’plami uchun alohida yozilish qoidasi mavjud. Masalan:

  • Butun tipli literallar: 5, 7, 8, -12, 234

  • Haqiqiy tipli literallar: 3.6, -56.8, 0.9

  • Belgili literallar: ‘a’, ‘b’, ‘?’,

  • Satr tipli literallar: “salom”, “aka”, “abcd”

  • Mantiqiy tipli literallar: true. false

C# tilida ma’lumotlar tiplari.


C# tili juda tiplashgan til hisoblanadi. Uni ishlatish paytida har bir o’zgaruv-chi obyektning tipini alohida e‘lon qilish kerak (masalan, butun son, satr, oyna, tugma va h.z). Xuddi C++ va Java tillari kabi C# tilida ham 2 xil ma’lumotlar tipi mavjud: birinchi aniqlangan va xotirada til tomonidan avtomatik joylashtirilgan, ikkinchi dasturchi – foydalanuvchi tomonidan


kiritiladigan va aniqlanadigan. C# ning ustun tomoni unda ma’lumotlar yana ikki turga bo’linadi: o’lchamli va yo’nalishli. Ularning asosiy farqi ma’lumotlarni xotirada joylashtirishidir. O’l-chamli tip o’zining aniq qiymatini stekka yozib qo’yadi, yo’nalishli tip esa bu stekka faqat qaysidir (o’zi aniqlaydigan) obyekt manzilini yozib qo’yadi, obyektning o’zi esa kuchada saqlanadi. Kucha bu dastur saqlanadigan asosiy xotira bo’lib, unga murojaat qilish dastur tezligini biroz pasaytiradi. Lekin agar siz juda katta obyektlar bilan ishlayotgan bo’lsangiz, unda bu obyektni kuchada saqlashning bir muncha afzallik tomonlari bor.

Yaratilgan tiplar.




1.1.2-jadval. C# tilida yaratilgan tiplar va ularning o’lchamilari.

Tip

Qiymat oralig’i

O’lchami

sbyte

-128 to 127

Belgili 8-bit butun

byte

0 to 255

Belgisiz 8-bit butun

char

U + 0000 to U + 0000T

16-bitli Unicod

bool

true yoki false.

1 bayt

short

-32768 to 32767

Belgili 16-bit butun

ushort

0 to 65535

Belgisiz 16-bit butun

int

-2147483648 to 2147483647

Belgili 32-bit butun

uint

0 to 4294967295

Belgisiz 32-bit butun

long

-9223372036854775808 to

9223372036854775807



Belgili 32-bit butun

ulong

0 to 18446744073709551615

Belgisiz 32-bit butun

float

-1.5*10^6 to 3.4 *10^7

4 баyт, aniqlik — 7 razryadli

double

-1.5*10^6 to 3.4 *10^7

8 баyт, aniqlik —16 razryadli

decimal

-5.0*10^3 2 4 to 1.7*10^30
8

12 баyт, aniqlik — 28 razryadli

Yaratilgan tiplarni o’zlashtirish.

Bir tipga tegishli bo’lgan obyektlar boshqa tipli obyektga oshkor yoki yashirin tarzda o’zlashtirilishi mumkin. Yashirin tarzda avtomatik o’zlashtirish bo’lib, uni kompyuter sizning o’rningizda amalga oshiradi. Oshkor o’zlashtirish faqatgina siz tomoningizdan berilgan qoida bo’yicha amalga oshadi. Yashirin o’zlashtirish ma’lumotlar yo’qolishini oldini oladi. Masalan: siz short tipidagi (2 bayt) axborotni int tipidagi (4 bayt) obyektga o’zlashtira olmaysiz, bunda axborot yo’qolishi bo’lishi mumkin. Lekin buni kompyuter avtomatik tarzda o’zlashtirganda hech qanday xatolik ro’y bermaydi.


Short x=1;


Int y = x ; // yashirin o’zlashtirish

Agar siz aksincha almashtirishni amalga oshirsangiz, axborot yo’qolishiga olib keladi. Kompilyator bunday o’zlashtirishni amalga oshirmaydi.


Short x ; Int y=5;
X=y; // Komplyatsiya amalga oshmaydi

Siz buning uchun oshkor almashtirishni amalga oshirishingiz kerak.


Short x;


Int y;


x=(short) y; // to’g’ri


O’zgaruvchilar.


O’zgaruvchi – xotiraning ma’lum bir qismini biror bir tipli axborot uchun ajratishdir. Yuqorida e’lon qilingan x va y lar o’zgaruvchilardir. O’zgaruvchilar inisializatsiya paytida (qiymat qabul qilish paytida) yoki dastur yordamida o’zgartirilishi mumkin.


O’zgaruvchilar qiymatini aniqlash.


O’zgaruvchini hosil qilish uchun siz o’zgaruvchining tipini va keyin esa uning nomini berishingiz kerak.Uning qiymatini e’lon qilish paytida yoki dastur davomida berishingiz mumkin. Masalan: a va b sonlarni yig’indisini s ga o’zlashtirish dasturini ko’ramiz.


using System; namespace _02_misol
{


class Program


{


static void Main(string[] args)


{


int a,b,s; a=2;b=3;s=a+b;
Console.Write(“s=”+s); Console.ReadKey();
} } }


O’zgarmaslar.


O’zgarmas – bu shunday o’zgaruvchiki, uning qiymati hech qachon o’zgarmaydi. O’zgaruvchilar – qiymatlarning o’zlashtirishning qulay usulidir. Lekin siz qiymatning dastur davomida o’zgarmasligini kafolatlashni xoxlasangiz, buning uchun o’zgarmas – o’zgaruvchilardan foydalanishingiz mumkin. Masalan: agar siz quyidagi amalni bajarmoqchi bo’lsangiz :


у = х * 3.1415926535897932384626433832795

ushbu ko’paytmani,




pi=3.1415926535897932384626433832795;


y=x*pi;

ko’rinishida yozishingiz afzalroq.


O’zgarmaslarning 3 ta : literallar, belgili o’zgarmaslar va hisoblagichlar turi mavjud.


Literal : x=100 ;

100 – literal o’zgarmas.




Belgili. Const double pi=3.1415926535897932384626433832795; Pi – belgili o’zgarmas.
Masalan:


class Program
{


static void Main(string[] args)


{const double p = 3.1415926535897932384626433832795;


System.Console.WriteLine(p); System.Console.ReadKey();
}


}

Dastur natijasi : pi : 3.1415926535897932384626433832795 ga teng.





Yüklə 106,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin