Ichma-ich shart operatorlari.
Ichma-ich shart operatorlari - bu C# dasturlash tilining afzalligi bo’lib, bunda bir necha murakkab shartlarni bir shart orqali tekshirish, aniqlash mumkin. Bir o’zgaruvchi qiymatini bir necha shartlar orqali tekshirish uchun ichma-ich bir necha shart operatorlaridan foydalanish mumkin:
using System; class Values
{
static void Main( )
{
int temp = 25; if (temp > 21)
{
if (temp < 26)
{
Console.WrireLine ("Temperatura meyorda"); if (temp == 24)
{
Console.WriceLine("ishlash sharoiti optimal");
}
else
{
Console .WriteLine ("ishlash sharoiti optimal emas\n" + "optimal temperatura 24");
} } }
Ko’p shartlilik qo’llanilishi.
Bunda bir necha shartni bir vaqtda tekshirish zarurati hisobga olinadi. C# tilida buning uchun maxsus qo’shish (shartni) kalit so’zlari mavjud : && - va, | |
- yoki, ! – inkor (!= bo’lsa, teng emas ma’nosida). Masalan:
using System; namespace Misol
{class Program
{static void Main(string[] args)
{int n1 = 5; int n2 = 0;
if ( (n1 = = 5) && (n2 = = 5)) Console.WriteLine(" Salom"); else Console.WriteLine("Yoshlar"); If ((n1 = = 5) | | (n2 = = 5))
Console.WriteLine("Buxoro"); else Console.WriteLine("Vaqt");}
}
Bu misolda har bir if operatori ikkita shartni tekshirib boradi.
Switch operatori.
Juda ko’p hollarda ichma-ich yozilgan shart operatorlari ko’p tekshirish olib borib bir nechta amal bajaradi. Lekin bulardan faqat bittasigina haqiqiy bo’ladi. Masalan:
if (myValue == 10) Console.WriteLine("myValue teng 10"); else
if (myValue == 20) Console.WriteLine("myValue teng 20 " ) ;
else
if (myValue == 30) Console.WriteLine("myValue teng 30 " ) ; else ....
Bunday murakkab shart tekshirilishi bo’lganda if operatoridan ko’ra, uning yangi versiyasi bo’lgan switch dan foydalanish afzal.Switch operatori quyidagicha ishlaydi:
Switch (ifoda)
{
case : o’zgarmas ifoda : instruksiya o’tish ifodasi default : instruksiya
}
Misoldan ko’rinib turibdiki, switchda ham tekshirilayotgan ifoda if … else dagi kabi, ( ) orasiga olingan va operatordan keyin yozilgan.Case(tekshirish) va default (aks holda) bo’limlari qaysi amal bajarilishi zarurligini aniqlab beradi.Case operatori albatta biror bir tenglashtirish uchun qiymat talab qiladi.
{
switch ( myValue ) case 10:
Console.WriteLine("myValue teng 10") ; break;
case 20:
Console.WriteLine("myValue teng 20"); break;
case 30: Console.WriteLine("myValue teng 30"); break;
}
Dostları ilə paylaş: |