While takrorlash operatori.
Bu takrorlash operatori “shart qanoatlantiradi ish davom etadi” qoidasi bo’yicha ishlaydi. Bunda bool tipiga tegishli qiymat qaytariladi.
While (shart)
{ instruksiya (amallar) }
Agar shart tekshirilganda rost bo’lsa, instruksiyalar bloki bajariladi, aks holda while dastur ishlashini to’xtatadi. Masalan:
using System; public class Labels
{
public static int Main( )
{
int i = 0; while(i < 10) i++;
Console.WriteLine("i: {0}", );
return 0;
}
}
Do … while takrorlash operatori.
Shunday hollar bo’ladiki, while takrorlash operatori sizning talablaringizga javob bermaydi, bunday hollarda do… while takrorlash operatoridan foydalanish qulayroq. Masalan: siz shartni boshida emas balki, oxirida tekshirishni hohlaysiz :
public сlass Labels
{
public static int Main()
{
int i = 0; do
{
Console . WriteLine ("i : {0} ", i) ; i++;
}
while(i < 10) ; return 0;
} }
Bu misoldan ko’rinadiki i 10 dan kichik bo’ladi va hech bo’lmaganda birta amal bajaradi. Do … While operatori “amal bajar, agar shart bajarilsa, yana bir bor bajar” qoidasi bo’yicha ishlaydi. While operatori bu holda birorta ham amal bajarmas edi.
For takrorlash operatori.
Agar yana bir bor yuqoridagi barcha takrorlash operatorlari (while, do…while, goto) ga e’tibor bersak, shuni aniqlash mumkinki, ularda doimo oldin i o’zgaruvchisi inisializatsiya (nomlash) qilinadi, keyin u 1 taga ortiriladi va takrorlanish sharti (i<10) tekshiriladi. For takrorlash operatori bu amallarni birta instruksiyaga birlashtiradi.
For ((inisializatsiya(nomlash) ); [ifoda] ; [i ni ortirish])
{
instruksiya
}
Yuqoridagi misolni for takrorlanish operatori bilan yechamiz :
using System; public class Labels
{
public static int Main ( )
{
for(int i = 0; i < 10; i++)
{
Console.WriteLine("i: {0}", i);
}
return 0;
} }
Dostları ilə paylaş: |