narsani o'zgartira olmas edi. Shubert musiqa yaratishni to'xtata olmas edi, uning hayotidagi mazmun shunda edi. Biroq, ijod juda katta kuch, qudrat sarflashni talab qilar, ayni shular kundan-kun kamayib bormoqda edi. Kompozitor yigirma yetti yoshida do'sti Shoberga: "...men o ’zimni dunyodagi eng baxtsiz, abgor kishi deb bilaman...", - deb yozgan edi. Bu kayfiyat so'ngi davr musiqasida ham o'z ifodasini topgan. Agar oldinlari Shubert asosan yorqin, quvnoq asarlar yaratgan bo'lsa, o'limidan bir yil oldin u «Qishki yo'l» turkumini yaratadi. Bu asarida u www.ziyouz.com kutubxonasi
iztiroblar, chorasiz sog‘inch, ruhning azobli og‘riqlarini ifoda etgan 1828 yilda d o ‘stla rn in g s a ’yi h arak atlari bilan S h u b ertn in g hayotligidagi uning o ‘z a sarlarid an ib orat b o‘lgan yagon a konsert tashkil etiladi. Konsert katta muvaffaqiyat qozonadi, u kompozitorga katta quvonch bagbishladi. Lining kelajak rejalari yanada xilma-xillashdi. SogMig’ining yomonlashganiga qaramay, u ijod qilishda davom etadi. 0 ‘lim kutilmaganda keldi. Shubert tif bilan o g ‘rigan edi. Darmonsizlangan organizm og‘ir kasallikni ko‘tara olmadi. Shubert 1828 yil 19 nogyabrda vafot etadi. Qolgan mol-mulk arzimagan pulga baholangan edi. Ko‘plab asarlar yo‘q bo‘lib ketdi. 0 ‘sha davrdagi mashhur shoir Grilpartser bir yil oldin Betxovenning qabr toshiga she’r yozgan edi. U Shubertning Vena qabristonidagi oddiygina yodgorligiga shunday yozuvlami bitgan edi: «Bu yerda musiqaning boy xazinasigina emas, amalga oshmagan umidlari ham ko’milgan». Nazorat uchun savollar.