C# (C-Sharp) - .NET Framework platformasi uchun yaratilgan obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo’lib, 2000-yilda A.Haylsberg va P.Goldelar tomonidan yaratilgan. C# yaratilishida “har bir mavjud narsa – obyekt hisoblanadi” postulatasiga asos qilingan. Bu dasturlash tilini yaratishda A. Haylsberg va P. Goldelar C++ tilidagi kabi imkoniyatlarni va Java dasturlash tilidagi oddiylik va ko’rinishni birlashtirib yangi dasturlash tili yaratishni maqsad qilganlar va natijada C# dasturlash tili yaratilgan. Bu dasturlash tili o’zgarmas turg’un komponentli arxitekturaga va yuqori saviyadagi xavfsizlik kodiga ega. C # dasturlash tilining C++ va Java dasturlash tillari bilan xarakterli o'xshashlik tomonlarini quyida sanab o’tamiz:
xavfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash
С++ dasturlash tili bilan o’xshash tomonlari:
ko’p operatorlilik
xavfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash
soddalilik
ko`p komponentalilik
tushunarli interfeysi
C# ning juda ko’p versiyalari mavjud, ularning barchasi dasturiy ta’minotga yanada ko’proq yangilanishlar kiritdi
1-versiya oddiy, ko’p maqsadli umumiy dasturlash tili sifatida ishlab chiqarilgan.
2-versiya 2005-yilda ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o’zida ma’lumotlarning katta qismini ko’rib chiqishga imkon beruvchi iteratorlardan foydalanish imkoniyatlarini o’z ichiga oldi.
3-versiya 2007-yilda ishlab chiqilgan. Yangi iboralar (kodlar) yaratildi; Aynan ushbu versiyasidan boshlab C# Java tiliga qaraganda trendda yuqori o’rinlarni egallay boshladi.
4-versiya 2010-yilda ishlab chiqildi. Mutaxassislar Interlop turlarini va dinamik kalit so’zlari yaratdi va boshqa tillarda bo’lmagan nafislikni berdi.
5-versiya 2012-yilda ishlab chiqilgan. Asinkronizatsiyalash imkoniyati paydo bo'ldi.
6-versiya 2013-yilda ishlab chiqarilgan. Yangi filtrlar va initsializatorni taqdim etdi Kod yozish avvalgidan ham osonlashdi.
7-versiya 2017-yilda ishlab chiqarilgan. Yangidan yangi imkoniyatlar, xususan .NET Core va operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo’ldi.