Central asian journal of education and



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#112237
1   2   3   4   5
CAJEI0221

 
Page 104 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND 
INNOVATION 
Volume 1, Issue 2, November 2022 
www.in-academy.uz 
turadi. Ipak yoʻlining Buxoroga kelgan tarmogʻi ikkiga boʻlingan. Bu tarmoqning janubiy 
yoʻnalishi Buxoro-Qarshi-Guzor-Kesh-Termiz orqali Hindistonga oʻtib ketgan.4 
Nishopurdagi tarmoqlaridan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bagʻdod-Palmira yoʻnalishi 
boʻylab Oʻrta Yer dengizi boʻyidagi Tir shahrigacha choʻzilgan. Umuman olganda Buyuk Ipak 
yoʻlining janubiy tarmogʻi Oʻzgan orqali Oʻshga oʻtib, Quva-Margʻilon-Qoʻqon orqali Xoʻjand, 
Samarqand, Buxoroga oʻtgan. Shimoliy yoʻnalishi esa Xazar xoqonligi va Bulgʻor davlati orqali 
Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana 
boshlagan. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Ipak yoʻlining asosiy karvon yoʻllaridan tashqari 
ichki savdo yoʻllari ham mavjud edi. Agar geografik xaritaga eʼtibor beradigan boʻlsak, Oʻrta 
Osiyoni qadimgi sivilizatsiyalar oʻzaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini 
kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shunday geografik joylashuv tufayli qadimgi Oʻrta Osiyoda 
muhim etnik jarayonlar (hindevropa, hinderoniy, turklarning ko‘chishi, koʻchmanchilar 
migratsiyasi) boʻlib oʻtishiga, madaniyatlarning oʻzaro taʼsir doirasi faollashuviga keng 
imkoniyatlar yaratildi. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari boʻlib 
oʻtdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq 
Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardushtiylik, moniy, 
islom) yoyilishida Oʻrta Osiyo xalqlari ulkan hissa qoʻshdilar.5
Buyuk Ipak yoʻli faqat karvon yoʻli boʻlibgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasida, 
jumladan, oʻzbek xalqi davlatchiligi rivoji hamda boshqaruv tizimining takomillashuvida
shaharlar va madaniyatlar taraqqiyoti tarixida oʻchmas iz qoldirgan jarayondir. Oʻrta Osiyo 
hududlari orqali oʻtgan qadimgi savdo karvon yoʻllari oʻrta asrlar davrida ham ichki va tashqi 
xalqaro iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ilk oʻrta 
asrlarda soʻgʻdlar, rivojlangan oʻrta asrlarda Movarounnahr va xorazmliklar, soʻnggi oʻrta 
asrlarda buxoroliklar va xivaliklar xalqaro aloqalarda katta oʻrin tutib, turli hududlar 
xalqlarini oʻzaro bogʻlashda asosiy vositachi boʻlgan edilar. Milodning III asrning ikkinchi 
yarmi - IV asrda Oʻrta Osiyoning oʻtroq dehqonchilik vohalariga koʻchmanchi xalqlar - 
kidariylar, xioniylar va eftaliylar bostirib kiradilar. Buning natijasida koʻchmanchi va oʻtroq 
xalqlar oʻrtasida qonli urushlar boshlanib etnik hududlar oʻzgaradi, eski sulolalar inqirozga 
uchrab yangilari paydo boʻladi, madaniyatlar oʻzgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum paydo 
boʻladi. Yuzaga kelgan vaziyat, geosiyosiy oʻzgarishlar Buyuk Ipak yoʻlidagi savdo 
jarayonlariga, Gʻarb va Yaqin hamda Uzoq Sharq mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy va 
diplomatik munosabatlarga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. Oʻz ahamiyatini yoʻqota 
boshlagan yoʻllar oʻrniga mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bogʻliq holda xalqaro tranzit aloqa 
yoʻllarining yangi tarmoqlari vujudga kela boshlaydi.6 
Maʼlumki, XV asrning oxirlarida yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro 
dengiz yoʻllarining ochilishi tufayli Yevropa va Osiyo davlatlarining koʻpchiligi hayotida, 
xalqaro aloqalar va savdo yoʻllari tizimida keskin oʻzgarishlar roʻy bera boshladi. Undan 
tashqari XV-XVI asrlarda Usmonli turklarning istilolari ham G‘arbiy Yevropa xalqlari bilan 
Markaziy Osiyo oʻrtasida mavjud azaliy aloqa yoʻllari yoʻnalishlarining oʻzgarishiga olib keldi. 
Natijada, ulkan hududlarni qamrab olgan Buyuk Ipak yoʻli XVI asrdan boshlab oʻz ahamiyatini 
yoʻqota boshladi. Bu holat birinchi navbatda Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Gʻarbiy 
Yevropadan Xitoy va Hindistonga olib boruvchi dengiz yoʻllarining ochilishi va ulardan izchil 
foydalanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, bu davrda Oʻrta Osiyoda 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin