Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-5-367-371
E-mail: carjisor@gmail.com
367
HAVO ELEKTR UZATISH LINIYALARINING HOLATINI BAHOLASH
BILAN ULARNI MONITORING QILISH
Islom Tog‘ayev
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, “Elektr energetikasi”
kafedrasi assistenti
Doston Isoqulov
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti magitranti
Zuhriddin Turniyozov
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti magitranti
ANNOTATSIYA
Havo elektr uzatish liniyalarida ortiqcha yuklanishlar ta‟sirida yuzaga
keladigan avariyalarni kamaytirish hisobiga elektr ta‟minoti
ishonchliligi va
samaradorligini oshirish muhim kompleks vazifa hisoblanadi.Ushbu muammoni hal
qilish bir necha asosiy bosqichlardan iborat: Avariya sabablarini o'z vaqtida aniqlash,
elektr uzatish liniyalarining samaradorligini nazorat qilish va boshqalar.
Kalit so'zlar: Havo elektr
uzatish liniyalari, liniyaning nominal ko‟rsatkichlari,
elektr uzatish liniyasining holatni baholash, o„lchashlar.
KIRISH
Hozirgi vaqtda havo elektr uzatish liniyalari simlarini tahlil qilish uchun yetarli
bo‟lmagan
tizimlar mavjud, yangi monitoring tizimlarini yaratish vazifasi
dolzarbligicha qolmoqda. Buning sababi shundaki, mavjud tizimlar, masalan, datchik
o'lchagichlardan
foydalangan holda, yuqori narx bilan ajralib turadi va o'rnatish
vaqtida mavjud elektr liniyalarini uzishni talab qiladi, meteorologiya stansiyalariga
asoslangan tizimlar esa to'g'ri aniqlash ehtimoli pastligi bilan tavsiflanadi [1].
Elektr uzatish liniyalarini baholashning eskirgan usullarini
almashtirish uchun
bir qator muammolarni hal qiladigan havo elektr uzatish liniyalari monitoringi tizimi
keng qo'llanilishi:
1. Elektr tarmoqlarining muz, qor va shamol yuklamalarini monitor qilish.
Kabelning mexanik ortiqcha yuklanishi elektr uzatish liniyalarining cho'zilishi va
sinishiga olib kelishini tahlil qilish