Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-4-510-515
E-mail: carjisor@gmail.com
511
uchun bir xildir. Farqlar ushbu voqealar qanday aks ettirilishi va oshkor qilinishi,
qanday talqin qilinishi va foydalanuvchilarga qanchalik batafsil taqdim etilishida
namoyon boʻladi.
Shu munosabat bilan koʻp qiraliy buxgalteriya hisobini yuritish uchun
buxgalteriya registrida maxsus hisob modelini ishlab chiqish vazifasi dolzarb boʻlib
qoladi. [8-10] Bunday model, bir tomondan, kompaniyaga maʼlumotlarning
takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik va buxgalteriya jarayoni sxemasini soddalashtirishga
imkon beradi, boshqa tomondan — mavjud hisob modelining barcha kamchiliklarini
zararsizlantirish va shu bilan yangi afzalliklarga erishish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Hozirda juda koʻplab hisob tizimi bilan bogʻliq adabiyotlarda buxgalteriya
hisobining otasi boʻlgan Luca Pacioli tomonidan 1494-yilda Italiyada ikki yoqlama
yozuv usuliga asos solingan hisob tizimi yaratilganligini qayd etilgan. Lekin Islom
buxgalteriya hisobi tizimiga asosan esa, Luca Paciolidan 800-yil oldin taxminan 610-
yillarda Paygʻambarimiz Muxammad s.a.v tomonidan savdo va tijorat faoliyati bilan
shugʻulangan davrlarida ushbu hisob tizimiga asos solingan (Amela, 2015). Yaʼni
iqtisodiy va hisob ishlarini olib borish tartiblari Qurʼonda koʻrsatib oʻtilgan. [1-4-6]
Dostları ilə paylaş: