Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yozishda quyidagi metod va usullar
qoʻllanildi: tizimli, omiliy va qiyosiy tahlil, axborotni qayta ishlashning usullari.
MUHOKAMA VA NATIJA
Islom davlatlari buxgalteriya hisobiga asosan davlat va xususiy sektor
tomonidan operatsiyalar va xodisalarni aks ettirishda quyidagilarga amal qilinadi:
- operatsiyalar oʻz vaqtida sodir etilgan paytda hisobga olinadi;
- operatsiyalar ularning tabiatidan kelib chiqib tasniflanadi;
- kirimlar (tushum) xujjatning oʻng tomonida aks ettiriladi, chiqimlar
(xarajatlar) esa chap tomonidan aks ettiriladi;
- operatsiyalar oʻrtasida boʻsh joy boʻlmasligi kerak;
- qayd etilgan peratsiyalarni tuzatishga, ustiga yozishga yoki oʻchirishga ruxsat
etilmaydi;
- oylik va yillik hisobotlar tayyorlanadi;
- yillik hisobotlar tekshiriladi va oʻtgan yilgi hisobotlarga solishtiriladi (audit
qilinadi).
Islom hisobida moliyaviy hisobotlarning turi: moliyaviy holati hisoboti,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-4-510-515
E-mail: carjisor@gmail.com
512
daromad hisoboti, pul oqimi hisoboti, kapitalning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hisobot.
Hozirgi kunda Islom buxgalteriya hisobining rivojiga bevosita hissa qoʻshayotgan
tashkilot bu Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti
(Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions (AAOIFI))
boʻlib, unga 1990-yilda Baxreinda asos solingan. [3] Ushbu tashkilotning hozirgi
kunda 45 ta turli davlatlardan 200 dan oshiq aʼzosi mavjud. Ushbu tashkilot
tomonidan 85 ta standart ishlab chiqilgan boʻlib ular quyidagilardan iborat:
Buxgalteriya hisobi standarti (26 ta);
Audit standarti (5 ta);
Boshqaruv standarti (davlat boshqaruvi 5 ta);
Etika standarti (2 ta);
Sharii standartlar (45 ta).
Islom davlatlarida davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning turlari
quyidagilardan iborat (Malayziya): Kirim va chiqimlar hisobi, Buxgalteriya balansi,
moliyaviy faoliyat toʻgʻrisidagi hisobot, aktivlar va majburiyatlar hisoboti, pul
oqimlari hisoboti, fondlarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hisobot.
Shuningdek, buxgalteriya hisobining klassik modellar hisoblangan Anglo-
Amerika modeli va Kontinental modellardagi baʼzi oʻziga hos boʻlgan xususiyatlarini
koʻrib chiqsak.
2001-yil Xitoyning Pekin shahrida Byudjetni tuzish va byudjet hisobini
takomillashtirish mavzusida boʻlib oʻtgan Halqaro miqiyosdagi simpozium juda
koʻplab rivojlangan davlatlarning byudjet sohasidagi iqtisodchi olimlarni bir joyga
fikr almashish uchun jamladi. [5-7]
Halqaro modellarni oʻrganib, oʻz amaliyotida qoʻllash uchun strategik
maqsadlarni qoʻygan davlatlardan biri Xitoy boʻlib, u byudjetlashtirish va byudjet
hisobi tizimida islohotlarni intensiv ravishda amalga oshirgan tajribali davlat sifatida
qaraladi. Aynan xitoyliklar islohotlarni amalga oshirishda oʻzlariga hamkor sifatida
(eng yaxshi tajribalilar) Gʻarb davlatlarini tanlashgan.
Jeyms Channing fikricha, Gʻarbda buxgalteriya hisobi sohasidagi ikkita
maktablar mavjud boʻlib, ular amaliy tajribalarning namunalari sifatida tan olingan.
Ushbu modellar Anglo-Amerika modeli va Kontinental Yevropa modellaridir. [9-10]
Buxgalteriya hisobi modellarining klassik modellari boʻlgan Anglo- Amerika
modeli va Kontinental modellarni bir-biridan farqli tomonlarini quyidagicha tahlil
qilib chiqamiz. (1-jadval).
1-jadval.
|