Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107 E-mail: carjisor@gmail.com 104 Dala to‟‟lari esa burmuncha engil bo‟lib, ochiq maydondagi janglarda va
asosan shaharlarni zabt etishda ishlatilgan, ular “Shohmali”, “Yazali” va boshqa
nomlar bilan nomlangan. Bundan tashqari xonlikda “Xitoycha” nomini olgan kichik
to‟‟lar ham mavjud bo‟lgan. Zambaraklar asosan, temir, mis, cho‟yandan quyilar edi.
To‟‟ quyish uchun mis Sharqiy Turkiston va Rossiyadan keltirilardi. Xonlik
qo‟shinlarining artilleriyasiga Jomador Afg‟on degan shaxs qo‟mondonlik qilgan.
Qo‟qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingach, qo‟shin ixtiyoridagi barcha to‟‟lar
o‟lja olinib, „eterburgga yuborilgan. Mis to‟‟lar „eterburg zarbxonasida eritilib, tanga
quyish uchun ishlatilganligi manbalarda qayd etilgan.
Muhim qurol turlaridan yana biri miltiq bo‟lib, bu davrda Qo‟qonda va
Andijonda yevro‟a uslubidagi miltiq korxonasi qurilgan, unda miltiq va boshqa
o‟tochar qurollar ta‟mirlangan [2:207]. Jumladan, xonlik ustaxonalarida Sulton
Saidxon (1863-1865) davrida qo‟shini uchun 10 mingga yaqin miltiq tayyorlanganligi
ma‟lum.
Xonlik qo‟shinlaridagi asosiy qurollardan yana biri bu kamon hisoblangan. Bu
davrda kamonning iki xili turi xususan, oddiy kamon va murakkab kamon turlari
bo‟lgan. Oddiy kamon yarim doira shaklida, murakkab kamon esa yoyilgan
qo‟shqanot shaklida tayyorlangan. Bunday kamonning o‟qi 300-450 metrdagi
nishongacha yetgan. Shu o‟rinda ta‟kidlash kerakki, Qo‟qon xonligida miltiq ishlab
ishlab chiqarish yo‟lga qo‟yilan bo‟lsa-da, barcha askarlarni bunday qurol bilan to‟liq
ta‟minlash imkoni bo‟lmagan. Qo‟shindagi 3-4 kishiga bitta miltiq to‟g‟ri kelar,
qolgan askarlar esa shu davrda ham kamon bilan qurollangan edi. Shuningdek,
kamon xonlikda s‟ort va ov quroli sifatida ham ishlatilgan. Shaharda kamon ishlab
chiqaruvchi alohida mahallalar bo‟lgan. Qo‟qon yaqinidagi Yay‟an mavzesining
O‟qchi qishlog‟ida hunarmandlar bozor va qo‟shin uchun o‟q ishlab chiqarganlar.
Manbalarga ko‟ra Qo‟qon xoni Muhammad Alixon ham mohir mergan bo‟lganligi
ma‟lum.
Qo‟shindagi yana bir asosiy qurollardan biri qilich hisoblangan. Qilich –
sanchish yoki cho‟ish yo‟li bilan dushmanga shikast yetkazadigan qurol hisoblangan.
VI-VII asrlarda Sharq mamlatlarida tig‟i bir tomonlama, egri qilich yasash urfga
kirgan. Uning uzinligi 80-90 sm, eni 3-3,5 sm bo‟lib, qinda saqlangan. Sharq
davlatlarida Damashq va, Isfaxon „o‟latidan ishlangan qilich shuhrat qozongan. O‟rta
Osiyoda esa Samarqand, Axsikent, Ustrushona qilichlari sifati yuqori sanalgan. O‟z
davrida Qo‟qon qilichlari ham mashxur bo‟lgan. Qo‟qon shahrida Qilichsozlar
mahallasi mavud bo‟lib, Xoda bozori yaqinida joylashtirilgan. Qo‟qon qilichining