Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 404,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix02.06.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#122186
1   2   3   4   5   6
qo-qon-xonligi-qurolsozligi-tarixidan (1)

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-12-102-107 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
103 
hisoblangan. Davlat uchun muntazam qo‟shinni tashkil etish, uni zamonaviy qurollar 
bilan ta‟minlash ustuvor vazifalardan sanalib, qo‟shin Buxoro amirligi va Xiva 
xonliklari harbiy kuchlaridan keskin farq qilmasada, ayni „aytda, o‟ziga xos jihatlari 
bilan ajralib turgan. 
O'rta Osiyo xonliklarining jumladan, Qo‟qon xonligida ham qo‟shin ta‟minoti, 
qurollanishi samaradorligi davlat xukmdorining sohaga nechog‟lik etibor berishiga 
ko‟‟ jihatdan bog‟liq bo‟lgan. Shu o‟rinda aytish kerakki, xonlikning ba‟zi 
xukmdorlari har doim ham bu ishga munosib e‟tibor berishmagan. Shunga 
qaramasdan bu sohani rivojlanishiga davlatda ma‟lum e‟tibor doim saqlangan. Xonlik 
harbiy qala‟alarning soni, zambaraklar va miltiqlarning soni, sifati bo‟yicha Buxoro 
va Xiva davlatlari harbiy salohiyatidan orqada bo‟lmagan. 
Harbiy harakatlarda artilleriya muhim qurol turi bo‟lib, xonlik qo‟shinlarining 
asosiy zarbdor kuchidan biri hisoblangan. To‟‟rezlik, ya‟ni to‟‟ quyish kasbi ancha 
murakkab sanalgan. Artilleriya-fransuz tilida tayyorlamoq, shaylamoq degan 
ma‟nolarni bildirib, O‟rta Osiyo xonliklarida, jumladan Qo‟qon xonligida ham to‟‟ 
quyish bu davrda yo‟lga qo‟yilgan edi. To‟‟ quyish ustaxonalari xonlikdagi Qo‟qon, 
Toshkent, Marg‟ilon, Andijon kabi yirik shaharlarida mavjud edi. Xususan, Qo‟qon 
xonligi arxivi hujjatlarida to‟‟ quyish ustaxonasi, bu yerdagi ustalar va ularning 
ta‟minoti masalasiga oid alohida bo‟lim borligi fikrimizni tasdiqlaydi. 1860 yilgi 
ma‟lumotlar Qo‟qonda fransuz va ingliz mutaxasislari to‟‟ quyganligi to‟g‟risida 
ma‟lumot beradi [1:130].
Shuningdek, Qo‟qon shahrida Xudoyorxon davrida „orox kukini ishlab 
chiqaradigan maxsus korxona ishlab turgan. Ma‟lumotlar „orox kukini Marg‟ilon 
shahri, Andijonning Chaykent qishlog‟ida, bekliklar markazida ham ishlab 
chiqarilganligini ko‟rsatadi. Jumladan, Qo‟qon ustaxonasida Sulton Saidxon (1863-
1865) davrida 70 ta to‟‟ tayyorlanganligi ma‟lum. Bu davr to‟‟lari vazifasiga ko‟ra 
ikki xil: qal’a to’’i va dala to’’i kabi turlarga bo‟lingan. Qal‟a to‟‟ining hajmi va 
kalibri katta bo‟lib, u asosan shahar va qal‟alarni dushmandan himoya qilishda 
qo‟llanilgan. Bunday katta to‟‟larni “Jazoyil” ( ba‟zi manbalarga ko‟ra “Jaloyir”) deb 
ham ataganlar. Masalan, Qo‟qon xonligi xukmdori Mallaxon(1858-1862) davrida 
quyilgan to‟‟lardan biri “Said Muhammad Mallaxon Bahodirning maxsus katta 
to‟‟idir. Unda “hijriy 1276-yil” so‟zlari bilan yozilgan bo‟lib, uzoqqa otishga 
mo‟ljallangan, to‟ning uzinligi 280 sm, ichki aylanmasi diametri 18 sm, og‟irligi esa 
1385 kgni tashkil etgan. Bunday zambaraklar maxsus g‟ildirakli moslamalarda olib 
yurilgan. 



Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin