Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107 E-mail: carjisor@gmail.com 105 uzunligi 84 santimetr, kengligi 3,5-4 santimetrni tashkil qilgan [3:191-200].
Davlatning harbiy jihatdan ustun mavqe egallashida uning harbiy tizimi
taraqqiy etgan bo‟lishi, harbiy qal’alarni zamon talabi asosida bunyod etilganligi
muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Qo‟qon xonligi o‟z mudofaa tizimiga ega
bo‟lib, shahar va qal‟alar mustahkam devorlar bilan o‟ralgan, unda doim qo‟shin
bo‟linmalari va harbiy qurollar saqlangan. Harbiy qal‟alar davlatning chegara
hududlari bo‟ylab joylashtirilgan bo‟lib, hududlar xavfsizligini ta‟minlagan. Qo‟qon
xonligining chegeralarida joylashgan qal‟a va istehkomlarining hokimi qal’abon yoki kutvol – bo‟lib, shu hududlarning harbiy-ma‟muriy, xiroj va boj olish ishlariga
javobgar bo‟lgan. Harbiy maqsadga ko‟ra, qal‟abon vazifasiga dodxohdan
qushbegigacha bo‟lgan shaxslar tayinlangan. [4:317]. Poytaxt Qo‟qon shahri ham
mustahkam devor bilan o‟ralgan bo‟lib, 6000 kishilik qo‟shin va 30 tagacha
zambarak saqlangan. Xonlikdagi ikkinchi bir muhim shahar Toshkentda 2000 kishilik
garnizon va 20 ta zambarak, shuningdek Turkiston shahrida 600 kishilik qo‟shin va
2-4 tagacha zambarak, Yangiqo‟rg‟on qal‟asida 60 kishi va 1-3 tagacha zambarak,
Qirovchi qal‟asida 400 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Shoydon qal‟asida 50 ta askar
va 1-3 tagacha zambarak, Chinozda 100 ta askar va 1-3 tagacha zambarak,
Chimkentda 250 ta askar va 2-4 tagacha zambarak, Suzoq qal‟asida 60 kishi va 1-3
tagacha zambarak, Jo‟lak qal‟asida 50 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Avliyoota
qal‟asida 600 kishi va 2-4 tagacha zambarak, Marki qal‟asida 400 kishi va 1-3
tagacha zambarak, Isfarada 200 kishi va 1-3 tagacha zambarak, „ish‟ak qal‟asida 800
kishi va 1-3 tagacha zambarak mavjud bo‟lgan. Xonlik shahar va qal‟alaridagi
garnizon 11 620 kishini va zambaraklar soni 60-90 tani tashkil etgan (1853-yildagi
ma‟lumotlar asosida). Xonlikda muntazam qo‟shin soni 1863-1864-yillarga kelganda
40 ming kishiga yetkaziladi. O‟sha davr manbalarida yozilishicha, Aliquli
Amirlashkarning buyrug‟i bilan bir kunda Qo‟qon yoki Xo‟jandda o‟n-o‟n ikki ming
kishilik qo‟shin yig‟ilishi mumkin edi [5:65-69]. Bunday hajmdagi qurol-aslaha va
askarlarni mavjudligi o‟rganilayotgan davrda Qo‟qon xonligi mudofaa tizimi yetarli
darajada katta salohiyatga ega bo‟lganligidan darak beradi.
Davlatning mudofaa qudrati uning harbiy amaldorlari tarkibi, ularning
faoliyat doirasi xususiyatlariga ham bog‟liq bo‟lgan. [6:6-21]. Chunonchi, Qo„qon
xonligida quyidagi harbiy mansablar mavjud bo„lgan: mingboshi – u odatda vazirlik
vazifasini birga olib borgan. Sheralixon va Xudoyorxon davrida mingboshi bosh
qo„mondon hisoblangan. Keyin „onsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o„nboshi,
to„„chiboshi, zambarakchi va qorovulbegi. Har bir kishi harbiy xizmatga kirishida