Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 404,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix02.06.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#122186
1   2   3   4   5   6
qo-qon-xonligi-qurolsozligi-tarixidan (1)

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-12-102-107 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
106 
hukumat tomonidan ot va ot abzali bilan ta‟minlangan, safarga chiqishdan oldin esa 
yuzboshi 2 tilla, ellikboshi 1,5 tilla, oddiy askar 1 tilla haq olgan. Qo„shinni 
odatdagidek ta‟minlash 1851 yildagi ma‟lumotga ko‟ra quyidagicha bo‟lgani: bir 
yilda yuzboshi 147 so„m, ellikboshi 95 so„m, o„nboshi 65 so„m, oddiy askar 43 so„m 
kumush tanga miqdorida „ul yoki don hisobida haq olgan. 
Qo„qon xonligida harbiy unvonlardan tashqari harbiy mansablar ham mavjud 
bo„lib, ular davlat ro‟yhatidagi o„rinlar bilan belgilangan va davlat hisobidan oylik 
maosh bilan ta‟minlangan. Qo„qonda yashagan sarboz va to„„chilar faqat alohida 
noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo„lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o„z 
qismiga harakatdagi qo„shinning hamma sarbozlarni qabul qilgan, unga vaqtinchalik 
boshchilik qilishni maxsus tayinlangan Amirlashkarga to‟shirgan. Xon harbiy 
yurishlar „aytida viloyat hokimlar va noiblariga, qal‟a boshliqlariga qo„shinni ma‟lum 
hududga yig„ish haqida farmon bergan. „onsodboshilar o„zlariga yuzboshi, 
yasovulboshi va boshqa lavozimdagi harbiylarni yordamchi qilib, yig„ilgan qo„shinga 
boshchilik qilishgan. Qal‟alardan tashilgan har bir zambarakka 6 tadan ot qo„shilgan, 
bundan tashqari yana zaxirada 25 tadan ot doimo shay holda saqlangan. Qurollar 
uchun zaryadlar(o„qqa yoki qurol og„ziga joylangan „ortlovchi modda) va miltiq 
uchun o„q(„atron) lar alohida maxsus sandiqlarda tashilgan [7 :42-44].
Xulosa qilib aytganda, Qo‟qon xonligi XIX asr o‟rtalariga kelganda siyosiy, 
ijtimoiy, madaniy sohalar bilan birga harbiy jihatdan ham burmuncha taraqqiy etgan. 
Bunda ayniqsa xukmdorlardan Mallaxon, Sulton Saidxon davrlarida sohaga yaxshi 
etibor qaratilishi muhim ro‟l o‟ynagan. Mutaxasis-harbiylarni jalb qilinib zamonaviy 
to‟‟ va miltiqlar ishlab chiqarilgan. Davlatning chegara qal‟alari bunday qurol-
aslahalar bilan ta‟minlangan. Qo‟shin zarur maosh va ozuqa ta‟minotiga ega bo‟lgan. 
Garchi xonlikda harbiy soha har doim ham yuksak darajada taraqqiy etmagan 
bo‟lsada, lekin xalqimizning harbiy salohiyat borasidagi ko‟‟ asrlik an‟analari 
rivojlanishda davom etgan. 

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin