Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari


CHANOQ HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/7
tarix28.01.2020
ölçüsü0,64 Mb.
#30324
1   2   3   4   5   6   7
Oyoq suyaklari ppt


CHANOQ HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Yuqorida aytib o‘tilgan uchta birlashishdan hosil bo‘lgan, katta va kichik chanoq deb yuritiladigan (pelvis major et pelvis minor) ikki qismga bo‘linadi. Ularni chegaralovchi linea terminalis chizig‘i ajratib turadi. Chegaralovchi chiziq ikki tomondan yonbosh suyagining ravoqsimon chizig‘i (linea arcuata), old tomondan esa qov ustki qirg‘og‘ining bir-biri bilan birlashishidan hosil bo‘ladi.

Katta chanoq ikki yon tomondan yonbosh suyaklarining qanotlari va orqa tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o‘ralgan bo‘lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘ining davomi hisoblanadi va u yerda bir qancha a’zolar joylashadi.

Katta va kichik chanoqlarni ajratuvchi chiziq bilan chegaralangan teshik kichik chanoqning ustki teshigi – apertura pelvis superior yoki katta chanoqning pastki chegarasidan iborat bo‘ladi. Dum suyagi lig. sacrotuberale, quymich do‘mbog‘i, quymich va qov suyaklarining pastki shoxlari hamda lig. arcuatum pubis lar bilan chegaralangan teshik kichik chanoqning pastki (chiqish) teshigi – apertura pelvis inferior deyiladi. Ana shu ustki va ostki teshiklar o‘rtasi kichik chanoq bo‘shlig‘i (yoki chanoq bo‘shlig‘i) – cavum pelvis bo‘lib, unda siydik va tanosil a’zolari, yo‘g‘on ichakning bir qismi va to‘g‘ri ichak joylashgan.

Kichik chanoqning atrof devori bir xil kattalikda va tekislikda emas. Orqa devorni dumg‘aza va dum suyaklari tashkil qilganidan uzun va keng bo‘ladi. Ikki yon devorini yonbosh, qov va quymich suyaklarining tanalari o‘zaro qo‘shilgan soha, ya’ni quymich kosasi sohasi va shu atrofdagi boylamlar tashkil qiladi. Eng kalta devor – old devor bo‘lib, u faqat qov suyaklari va simfizdan iborat.

Chanoq shakli va katta-kichikligi tegishli o‘lchovlar bilan aniqlanadi1.

Katta chanoqning old tomoni ochiq bo‘ladi, shu sababli uning faqat ko‘ndalang masofalarini o‘lchash mumkin. Ko‘ndalang masofa uch joydan o‘lchanadi:

1) ikki yonbosh suyagi oldining ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior) oralig‘i (distantia spinarum) –25–27 sm;



2) ikki yonbosh suyagining ustki qirralari (crista iliaca) oralig‘i (distantia cristarum) – 28–29 sm;

A Yüklə 0,64 Mb.
Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin