Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/7
tarix28.01.2020
ölçüsü0,64 Mb.
#30324
1   2   3   4   5   6   7
Oyoq suyaklari ppt


TIZZA BO‘G‘IMI

Barcha bo‘g‘imlar ichida eng katta va murakkab tuzilgan tizza bo‘g‘imi – articulatio genus uchta suyak, ya’ni son suyagi, katta boldir suyagi va tizza qopqog‘ining hamkorligida hosil bo‘ladi.

Son suyagining pastki uchidagi bo‘g‘im yuzasi old qismi salgina botib, tizza yuza qopqog‘i bilan bo‘g‘im hosil qilsa, bo‘g‘im yuzasining qolgan qismi ichki va tashqi do‘nglar bo‘ylab orqa tomonga davom etgan va anchagina yumaloqlangan. Shuning uchun ham son suyagidagi bu bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagining ustki uchidagi bo‘g‘im yuzasiga mos kelmaydi. Binobarin, ikki suyak o‘rtasidagi bu yetishmovchilik tolali tog‘aydan tuzilgan maxsus yarim oy shaklli plastinkalar (menisklar) – menisci yordamida tugaydi. Bunday menisklar bo‘g‘imda ikkita – meniscus medialis va lateralis bo‘lib, qalin va menisklar bo‘g‘im xaltasi bilan bitishib ketadi, yupqa va o‘tkir qirg‘oqli ichki chetlari esa erkin turadi. Ularning uchlari old va orqa tomondan do‘nglararo tepalikka kaltagina boylamlar bilan yopishgan. Menisklar o‘rtasidagi kemtik old tomonidan menisklarning biridan ikkinchisiga tortilgan ko‘ndalang tizza boylami (lig. transversum genus) menisklarini ushlab turadi, menisklar esa bo‘g‘im bo‘shlig‘ini ustki va ostki qavatlarga ajratadi.

Suyaklarning gialin tog‘ay bilan qoplangan bo‘g‘im yuzalari keng bo‘lgani uchun ham bo‘g‘im xaltasi keng va erkin tortilgan. Katta boldir suyagida va tizza qopqog‘ida u tog‘ay bilan qoplangan bo‘g‘im yuzalarining chegarasida yopishsa, son suyagida bo‘g‘im yuzasi chegarasidan birmuncha o‘tib yopishadi. Xaltaning yupqalashgan orqa qismida qon tomir o‘tadigan teshiklar bor. Bo‘g‘im xaltasi tizza qopqog‘ining tepasida juda keng qo‘shimcha xalta (cho‘ntak) – bursa suprapatellaris ni hosil qiladi. Bu va bo‘shliq son suyagi bilan to‘rt boshli muskul orasidan yuqoriga davom etadi va bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan tutashadi.

Tizza bo‘g‘imi xaltaning ichida va sirtida joylashgan bir nechta kuchli boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Xaltaning ichida yuqorida aytilgan ko‘ndalang boylamdan tashqari yana ikkita juda pishiq boylam bor. Bir-biri bilan kesishgan boylamlarning oldingisi – lig. cruciatum anterius son suyagi tashqi do‘ngining ichki yuzasidan boshlanib, boldir suyagi do‘nglari oralig‘ining old sohasiga yopishadi. Orqadagi boylam – lig. cruciatum posterius son suyagi medial do‘ngining ichki yuzasidan boshlanib, boldir suyagi do‘nglari oralig‘ining orqa sohasiga borib yopishadi.

Bo‘g‘im xaltasining ichki (sinovial) qavati tashqi fibroz qavatiga nisbatan anchagina keng bo‘lganidan burmalar vujudga keladi. Bu burmalarning qo‘shilishidan bitta plica synovialis infrapatellaris hosil bo‘ladi.

Lig. collaterale tibiale tizza bo‘g‘imining ichki tomonida joylashgan son suyagining ichki do‘ngidan katta boldir suyagiga tortilgan. Lig. collaterale fibulare esa son suyagining tashqi do‘ngidan kichik boldir suyagining boshiga tortilgan. Bu boylamlarning ichki yuzasi bo‘g‘im xaltasi bilan chatishgan. Yonlama boylamlar suyaklarning ikki yon tomonga surilishi yoki bukilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Bo‘g‘imning orqa tomonida qiyshiq taqim boylami – lig. popliteum obliquum va ravoqsimon – lig. popliteum arcuatum taqim boylami bo‘g‘im xaltasi bilan chatishib ketgan. Ularni alohida ajratib bo‘lmaydi.

Patella ning pastki chetidan boldir suyagi g‘adir-buduriga yo‘g‘on va mustahkam lig. patellae boylam tortilgan. Bu boylam sonning to‘rt boshli muskul payi bo‘lib, keyinchalik pay ichida patella vujudga keladi. Muskul payining ana shu qismiga tizza qopqog‘i boylami deyiladi. To‘rt boshli muskul payining ikki yon tomondagi tolalari esa tizza qopqog‘ini bo‘g‘im harakati vaqtida bir me’yorda ushlab turish vazifasini bajaradi. Ustki tolalar son suyagining ichki va tashqi do‘nglariga, pastkilari esa katta boldir suyagi do‘nglariga yopishadi. Binobarin, ularning turgan joylariga qarab retinaculum laterale va retinaculum mediale deyiladi.

Bo‘g‘im atrofida bir nechta shilliq xaltachalar joylashgan bo‘lib, ulardan ba’zilari bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Ana shular hisobiga bo‘g‘im bo‘shlig‘i yana ham kengayadi. Masalan, tizza qopqog‘i yaqinida uchta xaltacha bor: 1) bursa subcutanea prepatellaris superficialis – tizza qopqog‘i bilan fassiya o‘rtasidagi xaltacha; 2) bursa suprapatellaris – son suyagi bilan to‘rt boshli muskul oralig‘ida; 3) bursa infrapatellaris – tizza qopqog‘i boylamining katta boldir suyagiga yopishgan joyidagi xaltacha. Lekin bu so‘nggi xaltacha tizzadan uzoqda bo‘lgani uchun bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan tutashmaydi. Bo‘g‘imning orqa tomonidagi shilliq bo‘shliqlari ko‘pincha shu atrofga yopishuvchi muskullarning paylari ostida joylashgan.




Tizza bo‘g‘imi (bo‘g‘im xaltasi olingan, to‘rt boshli muskul payi tizza qopqog‘i bilan kesilib, pastga tortilgan).

1–facies patellaris; 2–lig. cruciatum posterius; 3–lig. cruciatum anterius; 4–lig. meniscofemorale anterius; 5–lig. transversum genus; 6–meniscus medialis; 7–lig. collaterale tibiale; 8–lig. patellae; 9–facies articularis patellae; 10–membrana interossea cruris; 11–caput fibulae; 12–lig. capitis fibulae anterius; 13–tendo m. bicipitis femoris; 14–meniscus lateralis; 15–lig. collaterale fibulare.


Tizza bo‘g‘imi g‘altaksimon bo‘g‘imlarga kiradi. Unda bukilish va yozilish (frontal o‘q atrofida) hamda ichkari va tashqariga buralish (tikka o‘q atrofida) harakatlari sodir bo‘ladi. Lekin bu so‘nggi harakat ancha chegaralangan. Bo‘g‘im ichidagi kesishma boylamlar va menisklar shunday joylashganki, ular bo‘g‘imning bukilishiga mutlaqo xalaqit bermaydi. Tizza bo‘g‘imi yozilganda menisklar son suyagi ostida ezilib, prujina holiga keladi, kesishgan boylamlar tarang tortiladi-da, tizza bo‘g‘imining yozilishini chegaralab qo‘yadi. Bo‘g‘imning ana shunday taranglashgan holatida boldir bilan son suyagi bir butun to‘g‘ri oyoqni hosil qiladi va uzoq vaqt shunday qola oladi.


BOLDIR SUYAKLARINING O‘ZARO BIRLASHUVI
Katta va kichik boldir suyaklari (70- ) o‘zaro proksimal va distal uchlari hamda tanalari orqali birlashadi.

Kichik boldir suyagining ustki uchi (boshchasi)dagi bo‘g‘im yuzasi katta boldir suyagining tashqi do‘ng tagidagi maxsus bo‘g‘im yuzasi bilan birlashib, yassi va harakatsiz bo‘g‘im –articulatio tibiofibularis proxcimalisni hosil qiladi. U old va orqa tomonidan har ikki suyak o‘rtasida tortilgan boylamlar – lig. capitis fibulae anterior va lig. capitis fibulae posterior vositasida mustahkamlangan.

Suyaklarning pastki uchlari qo‘shilishidan harakatsiz bo‘g‘im vujudga keladi. Bu bo‘g‘im ham xuddi yuqoridagi singari ikki boylam – lig. tibiofibulare anterius va lig. tibiofibulare posterior bilan mustahkamlanadi. Bu boylamlar tashqi to‘piqdan katta boldir suyagining uchiga tortilgan.

Suyaklarning bir-biriga qaragan tomonlaridagi chetlari o‘rtasida fibroz tolalaridan tuzilgan parda– membrana interossei cruris bo‘ladi. Parda tolalari katta boldir suyagidan kichik boldir suyagiga tomon qiyiq yo‘nalgan bo‘lib, suyaklar oralig‘ini butunlay to‘ldiradi, tepa qismida qon tomirlar o‘tishi uchun teshiklar qoladi.



Suyaklararo parda shu suyaklarni ma’lum bir tekislikda ushlab turadi. Bundan tashqari, pardadan boldirdagi chuqur muskullar boshlanadi.




70- . Boldir suyaklarining bo‘g‘imlari va boylamlari.

1–tibia; 2–lig. capitis fibulae an-terius; 3–membrana interossea cruris; 4–fibula; 5–lig. tibiofibulare anterius.





OYOQ PANJASI SUYAKLARINING BOLDIR SUYAKLARI BILAN O‘ZARO BIRLASHUVI
Ikki boldir suyagining pastki uchlaridagi bo‘g‘im yuzalari bilan oshiq suyagining ustki va ikki yon tomondagi yuzalari qo‘shilishidan oshiq-boldir bo‘g‘imi – art. talocruralis hosil bo‘ladi. Bunda katta boldir suyagining pastki uchidagi bo‘g‘im yuzasi oshiq suyagining ustki yuzasiga, boldir suyaklaridagi to‘piq yuzalari esa oshiqning ikki yon yuzasiga to‘g‘ri keladi. Birlashgan boldir suyaklari oshiq suyagiga minib turadi. Bu bo‘g‘im xaltasi old va orqa tomonda birmuncha erkin (bo‘sh) tortilgan bo‘lib, har uchchala qo‘shiluvchi suyaklar bo‘g‘im yuzalarining cheti bo‘ylab yopishgan. Xaltaning erkin turishi harakatni yengillashtiradi.

Bo‘g‘im to‘rtta boylam vositasida mustahkam-langan: 1) lig. mediale deltoideum (deltasimon boylam) katta boldir suyagi to‘pig‘idan boshlanadi va xuddi yelpig‘ich singari pastga tushadi-da, qayiqsimon suyak, oshiq suyagi va tovon suyagiga yopishadi; 2) lig. talofibulare anterior – oldingi oshiq-boldir boylami, kichik boldir suyak to‘pig‘idan boshlanib, oshiq suyagiga yopishadi; 3) lig. calcaneofibulare (tovon-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‘idan boshlanib, tovon suyagining tashqi yuzasiga yopishadi; 4) lig. talofibulare posterius (orqa oshiq-boldir boylami) kichik boldir to‘pig‘idan oshiq suyagiga yopishadi.

Oshiq-boldir bo‘g‘imi g‘altaksimon bo‘g‘im bo‘lganidan harakat faqat bir o‘q (ko‘ndalang o‘q) atrofida (63–66o) orqaga va oldinga bukiladi. Ko‘ndalang o‘q boldir suyaklarining to‘piqlari va oshiq suyagi o‘rtasidan o‘tadi. Panja pastga tomon bukilganda uni ikki yon tomonga salgina harakatlantirish ham mumkin.
OYOQ KAFTI BOYLAMLARI

Oyoq panjasidagi suyaklar har xil bo‘lganidan xilma-xil bo‘g‘imlar hosil qiladi. Oyoq panjasida quyidagi bo‘g‘imlar va boylamlar bor.



1. Articulatio subtalaris (oshiq ostidagi bo‘g‘im) oshiq suyagining pastki tomonidagi orqa bo‘g‘im yuzasi bilan tovon suyagining ustki orqa bo‘g‘im yuzasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasi erkin joylashgan va to‘rt tomondan boylamlar bilan mustahkamlangan. Bu bo‘g‘imdagi harakat chegaralangan sagittal o‘q atrofida bo‘ladi.



71- . Oshiq-boldir bo‘g‘imi, oyoq kaftining boylamlari.

1–malleous medialis; 2–articulatio talocruralis (kesilgan); 3–lig. mediale (deltoideum,pars tibianavicularis); 4–lig. talonaviculare; 5–lig. calcaneonaviculare; 6–lig. calcaneocuboideum (5, 6 boylamlar qo‘shilib, lig. bifurcatum bo‘ladi); 7–lig. cuneonavicularia dorsalis; 8–capsula articulationis metatarsophalangeae I; 9–capsula articulationis hallucis interphalangeae; 10–ligg. collaterale; 11–articulatio metatarsophalangea IV; 12–ligg. metatarsea dorsalis; 13–ligg. tarsometatarsea dorsalis; 14–lig. cuneocuboidum dorsale; 15–lig. talocalcancum interosseum; 16–lig. talocalcaneum laterale; 17–lig. calcaneofibulare; 18–malleolus lateralis; 19–lig. talofibulare anterius; 20–lig. tibiofibulare anterius; 21–membrana interossea cruris.



2. Articulatio calcaneonavicularis (oshiq-tovon, qayiqsimon suyaklar o‘rtasidagi bo‘g‘im) tovon suyagining old tomondagi ustki bo‘g‘im yuzasi, oshiq suyagining old tomonidagi ostki bo‘g‘im yuzasi va boshi hamda qayiqsimon suyakning chuqur bo‘g‘im yuzasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.

Bo‘g‘im xaltasi ana shu aytilgan uchta suyakning bo‘g‘im yuzalari chetiga yopishgan bo‘ladi. Bu bo‘g‘im sirtdan quyidagi boylamlar bilan mustahkamlanadi:

a) Lig. talocalcaneum interosseum (oshiq-tovon suyaklari oralig‘idagi boylam) ikki suyakning bir-biriga qaragan yuzalari o‘rtasidagi egatlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi va ikkala suyakni birlashtiradi;

b) Lig. calcaneonaviculare plantare – tovon va qayiqsimon suyaklar o‘rtasidagi kaft boylami, tovon suyagi tanasining oldingi tomonidan boshlanib, qayiqsimon suyakning ichki chetiga yopishadi;

d) Lig. talonaviculare (oshiq va qayiqsimon suyaklar o‘rtasidagi boylam) panjaning ust tomonida oshiq suyagi bilan qayiqsimon suyak o‘rtasida tortilgan;

ye) Lig. tibionaviculare (katta boldir suyagi bilan qayiqsimon suyak o‘rtasidagi boylam) katta boldir suyagi to‘pig‘idan boshlanib, qayiqsimon suyakning ichki-tepa yuzasiga yopishadi.

Bo‘g‘im sharsimon bo‘lsa ham unda harakat, asosan, sagittal o‘q atrofida bo‘ladi. Sagittal o‘q tovon suyagi bo‘ylab qayiqsimon suyak tomon o‘tgan bo‘lib, panja shu o‘q atrofida ichkariga va tashqariga salgina buriladi. Bundan tashqari, panja ichki va tashqi tomonga aylanganda, shuningdek, yuqori va pastga bukilganda ham bu bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi.

3. Articulatio calcaneocuboidea (tovon-kubsimon suyak bo‘g‘imi) tovon suyagining old tomondagi yuzasi bilan kubsimon suyakning orqa tomonidagi bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida vujudga keladi. Bo‘g‘im xaltasi bo‘g‘im yuzalarining chetlari bo‘ylab tarang tortilgan va ikki tomonda joylashgan boylamlar bilan mustahkamlangan. Boylamlarning kaft tomonidagi lig. calcaneocuboideum plantare katta va kuchli bo‘lib, uzun kaft boylami – lig. plantare longum ning tagida joylashadi. Bu so‘nggi boylam tovon suyagidan boshlanib, uning sirtqi uzun tolalari kaft suyaklarining II va V sigacha bo‘lgan asosiga va kubsimon suyakka yopishadi.

Odatda, articulatio calcaneocuboidea bilan uning qatoridagi ikkinchi bo‘g‘im articulatio talonaviculare ni birgalikda bitta umumiy nom bilan, ya’ni ko‘ndalang kaft usti bo‘g‘imi – articulatio tarsi




Oyoq kaftining bo‘g‘imlari va boylamlari.

1–lig. vaginale; 2–ligg. plantaria; 3–articulatio tarsometatarsea I; 4–m. peronei longi payi; 5–ligg. cuneonavicularia plantaria; 6–m. tibialis anterioris payi; 7–lig. cuboideonaviculare plantare; 8–m. tibialis posterior payi; 9–lig. calcaneo naviculare plantare; 10–m. flexor digitorum longi payi; 11–m. flexor hallucis longi payi; 12–lig. plantare longum; 13–m. peroneii longi payi; 14–m. peronei brevis; 15–ligg. metatarsea plantaria; 16–ligg. collateralia; 17–articulatio metatarsophalangea; 18– articulatio interphalangea pedis; 19–capsula articularis (digiti).


transversae (yoki Shopar bo‘g‘imi) deb atash mumkin. Bu ikki bo‘g‘im bir-biridan oldinma-keyin joylashgani sababli ko‘ndalang turgan lotincha “S” harfini eslatadi.

Shopar bo‘g‘imi ayrisimon boylam – lig. bifurcatum bilan tashqi tomondan mustahkamlanadi. Boylam tovon suyagining tashqi yuzasidan boshlanib ikkiga bo‘linadi. Ularning biri – lig. calcaneonaviculare qayiqsimon suyakning ustki chetiga, ikkinchisi lig. calcaneocubodeum kubsimon suyakning ustki yuzasiga yopishadi. Biror sabab bilan oyoq panjasining oldingi qismini shu Shopar bo‘g‘imidan ajratish kerak bo‘lib qolsa, ayrisimon boylamni kesmasdan turib, bu bo‘g‘imni ajratish qiyin. Shunga ko‘ra ayrisimon boylam Shopar bo‘g‘imining kaliti hisoblanadi. Bo‘g‘im egarsimon bir o‘q atrofida salgina (ichkariga va tashqariga) harakat qiladi. nechta suyaklar ishtirokida paydo bo‘lishiga qaramay, umumiy bitta xalta bilan o‘ralgan. U har tarafdan bir suyakdan ikkinchisiga o‘tuvchi va shu suyaklarning nomi bilan ataluvchi ko‘p sonli (ligg. cuneonavicularia plantaria et dorsalia, ligg. intercuneiformia interossea va ligg. intercuneiformia dorsalia et plantaria) boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Suyaklar oralig‘idagi torgina bo‘g‘im bo‘shlig‘i bir-biri bilan tutashgan.

5. Articulationes tarsometatarseae (kaft usti va kaft suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar) uchta ponasimon va kubsimon suyaklarning proksimal uchlaridagi bo‘g‘im yuzalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlar birga qo‘shilib Lisfrank bo‘g‘imi deb ham ataladi.

Birinchi ponasimon suyak bilan bosh barmoqning kaft suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘imning shakli egarsimon bo‘lib, alohida xalta bilan o‘ralgan. Ikkinchi va uchinchi ponasimon suyaklar o‘rtasidagi ikki bo‘g‘im bitta xalta bilan, qolgan ikkitasi IV–V kaft suyaklari bilan kubsimon suyak o‘rtasidagi ikki bo‘g‘im ham bitta xalta bilan o‘ralgan.

Shunday qilib, ikki qator suyaklar oralig‘idagi Lisfrank bo‘g‘imi ko‘ndalangiga yoy shaklida o‘rtasi yuqoriga ko‘tarilgan, ikki cheti pastga tomon egilgan bo‘lib, harakat juda ham chegaralanganidan yarim bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bu bo‘g‘imlarning har biri ust tomondan lig. tarsometatarsea dorsalia, kaft tomondan lig. tarsometatarsea plantaria va ikki yon tomondan lig. tarsometatarsea interossea bilan mustahkamlangan.

Bo‘g‘im xaltalari ichidagi torgina bo‘shliqlar kaft suyaklarining yon oraliqlariga ham kiradi. Shuning uchun II, III, IV va V kaft suyaklarining bir-biriga qaragan yon yuzalari o‘rtasidagi bo‘g‘imlarga art. intermetatarseae deb nom berilgan. Bu so‘nggi bo‘g‘imlar ust va ost (kaft) tomonlarda bir suyakdan ikkinchi suyakka ko‘ndalang o‘tuvchi lig. metatarsea interossea dorsalia va lig. metatarsea interossea plantaria boylamlari bilan mustahkamlanadi.

6. Articulationes metatarsopha langeae – kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imlar xuddi qo‘l panjasidagi singari kaft suyaklarining boshchalari bilan birinchi barmoq suyaklarining ustki uchlaridagi chuqurcha birlashishidan hosil bo‘ladi. Har qaysi bo‘g‘imning xaltasi bo‘g‘im yuzalarining cheti (chegarasi) bo‘ylab erkin tortilgan. Bu bo‘g‘imlarning ikki yon tomonida joylashgan lig. collateralia va kaft tomondagi lig. plantaria dir. Beshta kaft suyaklarining boshchalarini ko‘ndalangiga tortilgan boylamlar (lig. metatarseum profundum transversum) ushlab turadi.

Bu bo‘g‘imlarda harakat ko‘ndalang o‘q atrofida yuqori va pastga bukilsa, tikka o‘q atrofida barmoqlar uzoqlashib, yaqinlashadi. Bu harakatlar anchagina chegaralangan. Lekin qo‘lga nisbatan oyoqda

4. Articulatio cuneocuboideonavicularis – ponasimon suyaklarning orqa bo‘g‘im yuzalari bilan qayiqsimon suyakning oldingi bo‘g‘im yuzasi hamda kubsimon suyakning medial tomonidagi bo‘g‘im yuzasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘im bir barmoqlarning yuqoriga tomon bukilishlari (ayniqsa panjaning uchi pastga qaratilgan holda) kuchli va ancha erkin sodir bo‘ladi.

7. Articulationes interphalangeae barmoq suyaklari (falangalari) o‘rtasidagi bo‘g‘imlar xuddi qo‘ldagi barmoqlar oraliq bo‘g‘imlariga o‘xshab tuzilgan.

Umuman oyoq panjasi bajaradigan vazifasiga ko‘ra qo‘l panjasidan ancha farq qiladi. Odam og‘irligi faqat oyoqqa tushishi sababli oyoq panjasidagi suyaklarning shakli va joylashish tartibi ham o‘zgaradi. Masalan, qadam tashlash vaqtida gavda og‘irligini yengillatish va oyoqning yerga tegish vaqtidagi zarbni organizmga sezdirmaslik uchun oyoq [oyoq panjasiga ichki (medial) tomondan qaralsa] kaft suyaklarining oldingi (pastki) uchlari bilan tovon suyagining orqa do‘ngi yerga qadaladi va ikki punkt oralig‘i yerdan anchagina ko‘tarilib, gumbaz holiga kiradi. Tashqi (lateral) tomondan qaraladigan bo‘lsa, bunday holatni

ko‘rmaymiz, chunki panjaning tashqi cheti ham yerga tegib turadi.

Gumbaz hosil bo‘lishida uzun kaft boylami – lig. plantare longum bilan oyoq tagidagi muskullarning katta ahamiyati bor. Agar shu omillar (boylam va muskullar) bo‘shashsa, oyoq gumbazi yo‘qolib, yalpoq panja vujudga keladi, bu esa yurishni qiyinlashtiradi.

Oyoq gumbazi yurish paytida orqada qolgan oyoqni oldinga tashlash uchun ko‘tarish paytida gavdaning og‘irligini oyoqqa tushiradi va gumbaz eziladi, so‘ngra gumbaz sekin-asta bo‘shashib, gavdani oldingi tomonga (xuddi ressor singari) yo‘naltiradi, yurishni osonlashtiradi. Oyoq panjasidagi suyak, muskul, pay qon va nervlarni yozilishdan saqlaydi. Ana shuning uchun ham oyoq gumbazi yassi (yassi panjali) kishilar uzoq masofaga yura olmay, tez charchaydilar.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin