Chanoq va oyoq suyaklari ularning yoshga nisbatan hususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/7
tarix28.01.2020
ölçüsü0,64 Mb.
#30324
1   2   3   4   5   6   7
Oyoq suyaklari ppt


Yarim pay muskul (m. semitendinosum) muskulning pastki qismi paydan tuzilganligi sababli, shu nom bilan ataladi. Muskul quymich suyagining shu nomli o‘sig‘idan boshlanib, katta boldir suyagining g‘adir-budur do‘mbog‘iga mashinachilar muskul payi va m. gracilis bilan “g‘oz panjasi” (pes anserinus superficialis) ni hosil qilib yopishadi.

F u n k s i y a s i. Sonni yozadi, boldirni bukadi.

I n n e r v a t s i a s i: n. ischiadicus (LIV–SIII) dan.

Q o n t o m i r l a r i: aa. perforantes.



Yarim parda muskul (m. semimembranosus) yarim pay muskulining ostida joylashadi. Yarim pardadan iborat muskul; quymich suyagining shu nomli o‘sig‘idan boshlanib, katta boldir suyagining medial do‘ngiga uchta payga ajralib, “chuqur g‘oz panjasi” – pes anserinus profundus ni hosil qilib yopishadi.

F u n k s i y a s i. Sonni yozadi, boldirni bukadi.

I n n e r v a t s i a s i: n. ischiadicus (LIV–SI) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoris medialis, aa. perforantes, a. poplitea.



BOLDIR MUSKULLARI

Boldir muskullari (75, 76- lar) uch guruh (oldingi, lateral va orqa guruh) bo‘lib joylashgan.

Oldingi guruh. Oldingi katta boldir muskuli (m. tibialis anterior). Katta boldir suyagining yuqori lateral yuzasi, lateral do‘ng o‘sig‘i suyaklararo pardadan boshlanib, pastda pishiq payga o‘tadi. Bu pay retinaculum externum (yozuvchi muskul pardasi) dan kichik boldir muskul paylari bilan birgalikda birinchi ponasimon suyakka va oyoq kaft suyagiga yopishadi.

F u n k s i y a s i. Oyoq panjasini yozadi, panjaning medial tomonini ko‘taradi.

I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus profundus (LIV–SI) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis anterior.





75- . Boldir va oyoq panjasi muskullari va fassiyasi.

1–m. vastus medialis; 2–lig. patellae; 3–m. triceps surae; 4–margo anterior; 5–m. tibialis anterior; 6–retinaculum mm. extensorum superius; 7–malleolus medialis; 8–fascia dorsalis pedis; 9–tendo m. extensoris hallucis longi; 10–tendunes m. extensoris digitorum longi; 11–retinaculum extensorum inferius; 12–malleolus lateralis; 13–m. extensor digitorum longus; 14–mm. peronei (mm. fibularis); 15–fascia cruris; 16–integumentum commune; 17–caput fibulae; 18–bursa subcutanea prepatellaris.




Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) katta boldir suyagining lateral do‘ngi, suyaklararo parda va boldir fassiyasidan boshlanib, to‘rtta payga ajraladi, lateral tomondagi pay kanali orqali o‘tib, II–V barmoqlarning dorzal yuzalariga yopishadi. Bu muskulning pastki qismida (lateral tomondan) kichik muskul tutami ajraladi va m. peroneus fibularis (tertius) nomli muskul tutami V kaft suyagiga yopishadi.

F u n k s i y a s i. Panja va barmoqlarni yozadi.

I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus profunda (LIV–SI) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis anterior.



Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (m. extensor hallucis longus) kichik boldir suyagining medial yuzasi, suyaklararo pardadan boshlanib, pastda – retinaculum mm. extensorum inferius ostidan o‘tib, bosh barmoqning birinchi va ikkinchi falangalariga yopishadi.

F u n k s i y a s i. Panjani va bosh barmoqni yozadi, oyoq kaftining ichki tomonini ko‘taradi.

I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus profundus (LIVV–SI) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis anterior.



Orqa guruh. Bu muskullar yuza va chuqur qavat bo‘lib joylashadi.

Yu z a q a v a t. Boldirning uch boshli muskuli (m. triceps surae) boldir muskuli va kambalasimon muskuldan tuzilgan bo‘lib, teri ostida yuza joylashadi.

Boldir muskuli (m. gastrocnemius) ikki boshli bo‘lib, ular tizza bo‘g‘imi kapsulasi, katta boldir suyagining medial va lateral do‘ng o‘siqlaridan boshlanadi va boldirning o‘rtalarida kuchli payga aylanib, kambalasimon muskul payiga qo‘shilgan holda tanada eng kuchli tovon payi (Axill payi – tendocalcaneus Achillis1) nomi bilan tovon suyagi o‘sig‘iga yopishadi.

Kambalasimon muskul (m. soleus) boldir muskulining ostida joylashgan bo‘lib, kichik boldir suyagining tepa qismidan boshlanadi. Uning muskul qismi boldirning o‘rtalarida payga aylanib, tovon payiga qo‘shiladi hamda tovon suyagining o‘sig‘iga yopishadi.

Tovon (oyoq kafti) muskuli (m. plantaris) son suyagining taqim yuzasidan, tizza bo‘g‘imi kapsulasidan boshlanib, so‘ngra uzun payga aylanadi va pastda tovon suyagining do‘mbog‘iga yopishadi. Bu muskul ba’zan uchramaydi.

F u n k s i y a s i. Bu muskullar tizza bo‘g‘imini bukadi, bo‘g‘im kapsulasini tortadi. Oyoq kaftlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Odamning tik turishini ta’minlaydi.

I n n e r v a t s i a s i: n. tibialis (LV–SII) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior.



Chuqur qavat. Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul (m. flexor digitorum longus) katta boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanib, boldirning pastki qismida to‘rtta payga bo‘linadi va II–V barmoqlarning distal falangalariga yopishadi.

F u n k s i y a s i. Oyoq panjasini va II–V barmoqlarni bukadi, boshqa muskullar hamkorligida oyoq uchida turishda qatnashadi. Odam yurganda barmoqlarni bukadi.

I n n e r v a t s i a s i: n. tibialis (LV–SI) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior.



Katta boldir orqa muskuli (m. tibialis posterior), boldirning orqa yuzasida chuqur joylashgan bo‘lib, boldir suyaklari, suyaklararo membranadan boshlanadi, qayiqsimon suyakning – tuberositas ossis navicularis va ponasimon suyakka, II–IV oyoq kaft suyaklariga yopishadi.

F u n k s i y a s i. Oyoq panjasini bukadi. Oyoqning kaft yoyini saqlaydi.

I n n e r v a t s i a s i: n. tibialis (LV–SI) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior.



Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor hallucis longus) ikki patli bo‘lib, kichik boldir suyagi orqa yuzasining pastki qismi va suyaklararo pardadan boshlanib, payi oyoq kaftida joylashgan shu muskul nomidagi egat orqali bosh barmoqning tirnoq falangasiga borib yopishadi.

F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi.

I n n e r v a t s i a s i: n. tibialis (LIV–SII) dan.

Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior, a. peronea.



Lateral guruh.
Kichik boldirning uzun muskuli (m. peroneus longus yoki fibularis longus) qo‘sh patli baquvvat muskul bo‘lib, kichik boldir suyagining boshchasi va yuqori qismidan, muskullar oraliq parda (septum intermuscularis) dan boshlanib, payi medial to‘piq orqasidan o‘tadi, oyoq panjasining kaft yuzasidan yo‘nalib, I–II oyoq kafti suyagi va ponasimon suyaklarning kaft yuzalariga yopishadi.

F u n k s i y a s i. Oyoq gumbazini mustahkamlaydi, oyoq panjasini va bosh barmoqni bukadi.



I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus superficialis (LV–SI) dan.

Boldir va oyoq panjasining yonboshidagi muskullari.

1–m. quadriceps femoris; 2–epicondylus lateralis femoris; 3–meniscus lateralis; 4–lig. patellae; 5–m. tibialis anterior; 6–m. extensor digitorum longus; 7–m. extensor hallucis longus; 8–retinaculum m. extensorum superius; 9–retinaculum m. extensorum inferius; 10–m. extensor digitorum brevis; 11–tendo m. peronei brevis; 12–m. peroneus tertius; 13–tendines mm. extensorum digitorum longi; 14–m. abductor digiti minimi; 15–retinaculum mm. peroneorum inferius; 16–tendo calcaneus (Achillis); 17–retinaculum m. peroneorum superius; 18–m. peroneus brevis (m. fibularis brevis); 19–m. soleus; 20–m. peroneus longus; 21–m. gastrocnemius (caput laterale); 22–m. biceps femoris; 23–lig. callaterale fibulare.

Q o n t o m i r l a r i: a. genus inferior lateralis, a. peronea.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin