Kichik boldirning kalta muskuli (m. peroneus brevis yoki m. tibularis brevis) oldingi muskul ostida joylashgan bo‘lib, kichik boldir suyagining pastki qismidan boshlanadi, uning payi m. peroneus longus bilan birga bitta sinovial qinda joylashadi va medial to‘piq orqasidan o‘tib V kaft suyagiga yopishadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus superficialis (LV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. peronea.
OYOQ PANJASI MUSKULLARI
Oyoq panjasi muskullari qo‘l kafti muskullari kabi dorzal [ustki yozuvchi guruh va pastki (kaft tomon) bukuvchi guruh] muskullardan tuzilgan.
Oyoq panjasining ust tomonida barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m. extensor digitorum brevis) va bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m. extensor hallucis brevis) joylashgan, ular tovon suyagining lateral yuzasidan boshlanadi va sinus tarsi ga kirish oldida to‘rtta nozik payga ajralib, m. extensor digitorum longus, m. extensor hallucis longus paylari bilan birgalikda IV barmoqning ustki yuzasiga yopishadi. Bu muskulning bosh barmoqqa boruvchi medial qismi m. extensor hallucis brevis deb ataladi.
F u n k s i y a s i. Barmoqlarni yozadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus profundus (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. dorsalis pedis.
Oyoq panjasining kaft tomonidagi muskullar (235, 236, 237, 238- lar) bosh barmoq, jimjiloq tomonidagi tepaliklarni hosil qiladi. Ular oralig‘ida o‘rta guruh muskullari joylashgan.
Bosh barmoq tomondagi muskullar. Uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor hallucis) yuza joylashgan bo‘lib, tovon suyagining medial o‘sig‘i – tuberositas ossis navicularis dan boshlanadi va bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. plantaris medialis (LV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus plantaris, aa. metatarseae plantares.
Oyoq panjasining sinovial qinlari (pastki yuzasi).
1–Tuber calcanei; 2–retinaculum mm. peroneum (fibularum) inferius; 3–vagina synovialis mm. peroneum (fibularium) comminis; 4–Lig. plantare longum; 5–vagina tendinis m. peronei (fibularis) longi plantaris; 6–vaginae tendinum digitorum pedis; 7–bursae synovialis; 8–pars crusiformis vaginae fibrosae; 9–vagina fibrosa digitorum pedis; 10–pars anularis vaginae fibrosea; 11–vagina tendinis m. flexoris digitorum pedis longi; 12–vagina synovialis tendinis m. tibialis posterioris; 13–vagina synovialis tendinis m. flexoris hallucis longi; 14–retinaculum mm. flexorum.
Oyoq panjasining sinovial qinlari (yuqoridan ko‘rinishi).
1–vagina tendinis m. tibialis anterioris; 2–vagina tendinis m. extensoris hallucis longi; 3–fascia dorsalis pedis; 4–vaginae tendinum m. extensoris digitorum longi; 5–retinaculum mm. extensorum inferius; 6–vagina synovialis mm. peroneum (fibularium communis); 7–retinaculum m. extensorum superius.
Bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor hallucis brevis) medial ponasimon suyak va lig. calcaneocuboideum plantare dan boshlanib (yo‘lda uning tarkibidan m. flexor hallusis longus payi o‘tadi), bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi.
I n n e r v a t s i a s i: nn. plantares medialis et lateralis (LV–SII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus plantaris, a. plantaris medialis.
Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor hallucis) chuqur joylashgan bo‘lib, ikki boshchadan iborat. Qiyshiq boshchasi (caput obliguum) kubsimon suyak, lig. plantare longum, lateral ponasimon suyak va II–IV kaft suyaklaridan boshlanadi va ichki tomonga qiyshiq yo‘naladi. Ko‘ndalang boshchasi (caput transversum) esa lig. plantare longum, II–V kaft-barmoq suyagi bo‘g‘im kapsulalaridan boshlanib, birinchi falangaga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi va oyoq-kaft gumbazini mustahkamlaydi.
I n n e r v a t s i a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus plantaris, aa. metatarseae plantares.
Jimjiloq tomondagi muskullar:
Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor digiti minimi) oyoq kaftining yonbosh qismida joylashgan bo‘lib, tovon suyagidan boshlanadi va jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Jimjiloqni boshqa barmoqlardan tortadi.
I n n e r v a t s i a s i: a. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. plantaris lateralis.
Jimjiloqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor digiti minimi) beshinchi kaft suyagining asosidan boshlanadi va jimjiloqning birinchi falangasi asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Oyoq kaftining lateral yuzasini mustahkamlaydi.
I n n e r v a t s i a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r i: a. plantaris lateralis.
Oyoq kaftining kvadrat muskuli (m. quadratus plantae yoki m. flexor accessorius) tovon suyagidan ikki bosh bilan boshlanib, m. flexor digitorum longus payining lateral chetiga yopishadi. Kichkina to‘rtburchak shaklga ega, panjalarni bukuvchi uzun muskul uning qo‘shimcha boshchasi hisoblanadi. Pastdan oyoq panjasini bukuvchi kalta muskul bilan, yuqoridan lig. plantare longum va bosh barmoqqa yaqin-lashtiruvchi muskulning qiyshiq boshi bilan chegaralanadi.
F u n k s i y a s i. Barmoqlarni bukishda m. flexor digitorum longus ga yordam beradi.
I n n ye r v a s i ya s i: n. plantaris (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. plantares lateralis.
Oyoq panjasining chuvalchangsimon muskullari (mm. lumbricales) m. flexor digitorum longus va to‘rtta payning medial hamda bir-biriga qaragan yuzalaridan boshlanib, II–V barmoqlarning birinchi falangalariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. II–V barmoqlarni bukib, medial tomonga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. plantaris lateralis et medialis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. plantaris lateralis.
Suyaklararo muskullar (m. interossei). Oyoq panjasi kaft tomonining chuqur qavatida, ossa metatarsi orasida joylashgan. Suyaklararo muskullar ikki guruhga bo‘linadi. To‘rttasi oyoq panjasining ustki (dorzal) tomonida (mm. interossei dorsales), uchtasi kaft sohasida (mm. plantares) o‘rnashgan.
F u n k s i y a s i. mm. interossei plantares lar III, IV va V barmoqlarni medial tomonga, mm. interossei dorsales lar esa II, III va IV barmoqlarni lateral tomonga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. plantaris lateralis (SI–II) dan.
Q o n t o m i r l a r i: Arcus plantaris, aa. metatarsae plantares.
OYOQ FASSIYALARI
Oyoqda yuza (fascia superficialis) va chuqur (fascia profundus) fassiyalar tafovut qilinadi. Oyoqning yuza fassiyasi gavdaning boshqa yerlaridagi yuza fassiyalar kabi teri ostida joylashib, oyoqning barcha muskullarini teridan keyin o‘rab turadi. Sonning chuqur va serbar fassiyasi (fascia lata) qalin va pishiq bo‘lib, tepada dumba sohasida (fascia glutea), pastda son va boldirga o‘tib ketadi.
Sonning serbar fassiyasi sonning lateral tomonida yanada qalinlashib, yonbosh suyagi bilan sonning lateral ko‘st o‘sig‘i oralig‘ida taranglashadi va tractus iliotibialis qismini paydo qiladi. Son fassiyasining yuza varag‘i sonning uchburchak (trigonum femorale) sohasida, chov boylami ostida ovalsimon teshik yoki teri osti yirtig‘i (hiatus saphenus)ni hosil qiladi. Hiatus saphenusning yoni o‘roqsimon qirrasiga margo falciformis deyiladi va tepa shoxi (cornu superius) chov boylamiga birikadi, pastki shoxi (cornu inferius) sonning chuqur fassiyasiga o‘tib ketadi. Hiatus saphenus g‘alvirsimon plastinka (lamina cribrosa) bilan qoplangan bo‘lib, undan v. saphena magna o‘tib, son venasiga qo‘shiladi. Bundan tashqari, fossa ovalis da limfa tomirlari, teri osti yog‘ qatlami joylashadi. Fassiyaning chuqur varag‘i taroqsimon muskul, bel-yonbosh muskullarini qoplaydi, unga yonbosh-taroqsimon fassiya (fascia iliopectineus) deyiladi. Bu ikki muskulning joylashgan yeri bir oz chuqurroq (fossa iliopectinea) bo‘lib, u yerda son arteriyasi va venasi joylashadi.
Son serbar fassiyasining medial va lateral tomonidan muskullararo to‘siq (septum intermusculare laterale et mediale) chiqib, son suyagining ikki tomoniga yopishadi. Shunday qilib, sonning serbar fassiyasi oldingi medial va orqa guruh muskullarini alohida-alohida qin hosil qilib o‘raydi. Medial tomondagi muskullararo to‘sig‘i (septum intermusculare mediale) sonning to‘rt boshli muskulini sonni yaqinlashtiruvchi muskullardan ajratsa, lateral tomondagi muskullararo to‘siq (septum intermusculare laterale) sonning to‘rt boshli muskulini orqa muskullardan ajratadi.
Bundan tashqari, sonning hususiy fassiyasi har bir muskulni qin hosil qilib o‘rab turadi. Sonning keng fassiyasi sonning lateral tomonida qalinlashib, yonbosh, katta boldir suyagi oralig‘ida taranglashadi. Bunga yonbosh katta boldir yo‘li tractus iliotibialis deb ataladi.
Sonning yuza fassiyasi bilan chuqur fassiya oralig‘ida vena qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan.
Boldir fassiyasi sonning serbar fassiyasi davomi bo‘lib, boldir sohasida oldingi, orqa va lateral guruh muskullarini qin hosil qilib o‘raydi.
Boldir fassiyasi (fascia cruris) katta boldir suyagining oldingi qirrasi bilan medial yuzasining suyak ustki pardasiga yopishgan bo‘lib, oldingi lateral va orqa guruh muskullarini muskullararo to‘siq (septum intermusculare) lar orqali bir-biridan ajratib, ularni mustahkam o‘rab turadi. Bundan tashqari, septum intermusculare anterius cruria kichik boldirning uzun va kalta muskullarini alohida qin hosil qilib o‘raydi. Orqadagi muskullararo to‘siq (septum intermusculare posterius crucis) esa boldirning orqa guruh muskullarini kichik boldir muskullaridan ajratib turadi. To‘piq sohasida qalinlashib, ko‘ndalang joylashgan old va orqa tasmani hosil qiladi.
Tepadagi ushlagich tasmalar (retinaculum mm. extensorum superius) boldirning old guruh muskul paylarini ushlab turadi. Bu tasmadan pastroqda (oshiq-boldir bo‘g‘imi ro‘parasida) yozuvchi muskullarning ikkinchi pastki tasmasi (retinaculum mm. extensorum inferius) joylashgan. Bu tasmalar o‘z navbatida muskul payi o‘tishiga moslashgan to‘rtta kanalchani hosil qiladi. Eng chekkada joylashgan keng kanalchadan m. extensor digitotum longus va m. peroneus tertius paylari o‘tadi. Ikkinchi kanaldan – m. extensor hallucis longus, uchinchi kanaldan (bosh barmoq tomonda) m. tibialis anterior o‘tadi.
Muskul paylari sinovial qinlar (vagina synovialis) bilan o‘ralgan. To‘rtinchi kanal o‘rta kanalning orqasida joylashgan bo‘lib, undan a. et v. dorsales pedis n. peroneus profundus o‘tadi. Bundan tashqari, to‘piqlar orasida boldir fassiyasi qalinlashib, tasma hosil qiladi. Jumladan ichki to‘piq tasmasi (retinaculum mm. flexorum) ostidan m. flexor digitorum longus va m. flexor hallucis longus paylari to‘piqni aylanib o‘tadi. Bu kanal yuzasida a. tibialis posterior va n. tibialis lar uchun maxsus kanal joylashgan.
Tashqi to‘piq orqasida boldir fassiyasi qalinlashib, retinaculum mm. peroneorum superius et inferius ni hosil qiladi, undan mm. peronei longus et brevis paylar o‘tadi. Ushbu tasmalar ostidan oyoq panjalariga boruvchi muskul paylari qinlarga o‘ralgan bo‘ladi. Bu pay-qinlar muskul paylarini ishqalanishdan saqlab turadi. Oyoq panjasi ustidan fassiya (fascia dorsalis pedis) juda yupqa bo‘lib joylashadi, ostki (kaft) sohasida esa qalinlashib, kaft aponevrozi (aponeurosis plantaris) ni hosil qiladi. Bu aponevroz orqadan m. flexor digitorum brevis ga yopishsa, old tomonda bo‘linib, beshta barmoqqa boradi (240, 241, 242, 243, 244- lar).
OYOQ TOPOGRAFIYASI
Chanoq sohasida katta quymich teshigi (foramen ischiadicum majus) dan o‘tgan noksimon muskul (m. piriformis) teshikni butunlay qoplamay, uning ustki (foramen suprapiriforme) va pastki (foramen infrapiriforme) qismida kamgak teshiklar hosil qiladi. Bu teshiklardan dumba muskullariga boruvchi qon tomir va nervlar o‘tadi. Qovuq suyagidagi sulcus obturatorius yopqich parda va ichki, tashqi yopqich muskullar yordamida yopqich kanal (kanalis obturatorius) ga aylanib, undan shu nomli qon tomir va nervlar o‘tadi.
Yonbosh suyakning yuqoridagi old o‘sig‘i (spina iliaca anterior superior) bilan qov suyagining o‘simtasi (tuberculum pubicum) oralig‘ida chov boylami joylashgan. Lig. inguinale ostidagi bo‘shliq yonbosh fassiyasining bir tomoni chov boylamiga, ikkinchi tomoni esa eminentia iliopubica ga yopishib, yonbosh qov-ravoqsimon boylam yoyi (arcus iliopectineus) ni hosil qiladi. Ana shu boylam yoy vositasida ikkita kovakka (bo‘shliqqa) bo‘linadi. Medial kovak (lacuna vasorum) dan son arteriyasi bilan son venasi o‘tsa, ikkinchi lateral kovak (lacuna musculorum) dan m. iliopsoas bilan son nervi (n. femoralis) o‘tadi.
Sonning old yuzasining yuqorigi qismida son kanali (canalis femoralis)1 joylashgan bo‘lib, uning ichki teshigi (anulus femoralis) tomir kovagining medial burchagida joylashadi. Kanalning ichki teshigini medial tomondan chov boylamining davomi – kovaksimon boylam (lig.lacunare) chegaralasa, lateral tomondan son venasi (v. femoralis) hosil qiladi. Teshikning old va tepa chegarasini lig. inguinale tashkil etsa, orqadan chov suyagi ustidagi taroqsimon qirrali boylam (lig. pectineale – lig. lacunare ning davomi) bilan chegaralanadi. Son kanalining ichki teshigi (sog‘lom odamlarda) biriktiruvchi to‘qima parda, limfa tuguni va limfa tomirlari bilan qoplangan bo‘ladi. Chov kanalining tashqi teshigi yoki hiatus saphenus son serbar pardasining ovalsimon chuqurchasi bo‘lib hisoblanadi. Ovalsimon chuqurcha margo falciformis (o‘roqsimon qirra) bilan chegaralanadi, cornu superius et inferius uning tepa va pastki qismlaridir. Bu chuqurcha, odatda, g‘alvirsimon parda (lamina cribrosa), limfa tugunlari va limfa tomirlari bilan yopilib turadi. Bundan tashqari, ovalsimon chuqurcha orqali sonning (yuza) teri osti venasi o‘tib, son venasiga qo‘shilib ketadi.
Son kanalining uchta devori bo‘lib, lateral devorini son venasi (v. femoralis), oldingi va orqa devorlarini esa son serbar fassiyasining chuqur va yuza varaqlari hosil qiladi. Kanalning oldingi devorini hosil qilishda son fassiyasining yuza varag‘i, lig. inguinale va cornu superius lar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Sog‘lom kishilarda son kanali, uning ichki va tashqi teshiklari biriktiruvchi to‘qima, limfa bezlari va limfa tomirlari bilan qoplanib turadi. Odamda son churrasi bo‘lganda son kanalining ichki teshigi kengayib qorin pardasi, ichak yoki charvining bir qismi kanaldan o‘tib, tashqi teshikdan teri ostiga chiqadi. Bu hodisa ko‘proq qorin bosimi ortib ketganda (og‘ir yuk ko‘tarish yoki ayollarda tug‘ish vaqtida kuchanish paytida) bo‘ladi. Son churrasi ayollarda ko‘proq uchraydi, chunki ayollar chanog‘i erkaklar chanog‘iga qaraganda keng bo‘ladi. Binobarin, son kanalining ichki teshigi ham kattaroq bo‘ladi.
Son uchburchagi (trigonum femorale) sonning oldingi yuzasida bo‘lib, tepa tomondan chov boylami (lig. inguinale), lateral tomondan mashinachi muskuli (m.sartorius) va medial tomondan oyoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor longus) bilan chegaralangan. Uchburchakning tubini yonbosh-bel (m. iliopsoas) va taroqsimon muskullar (m. pectineus) hosil qiladi. Kovak teshigi (lacuna vasorum) orqali qorin bo‘shlig‘idan chiqqan qon tomirlar va teri osti nervi sonning uchburchak sohasi orqali yo‘nalib, pastki burchagiga kelganda, yaqinlashtiruvchi canal (canalis adductoris) ga o‘tadi.
Yaqinlashtiruvchi kanalning kirish teshigi son uchburchagining pastki burchagida bo‘lib, sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus) bilan sonning medial tomondagi serbar muskuli (m. vastus medialis) orasida joylashadi. Taqim-boldir kanalining medial chegarasini sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus), lateral chegarasini esa sonning medial tomondagi serbar muskuli (m. vastus medialis) hosil qiladi. Kanalni old tomondan ana shu ikki muskul orasida tortilgan fibros plastinka (lamina vastoadductoria) chegaralab turadi. Kanalning chiqish teshigi taqim osti chuqurligining yuqori burchagiga ochiladi. Bu kanal orqali sondan taqim osti sohasiga son arteriyasi va venasi o‘tadi.
Taqim osti chuqurchasi (fossa poplitea) rombsimon shaklda bo‘lib, yuqori burchagi lateral tomondan ikki boshli muskul (m. biceps femoris) bilan, medial tomondan esa yarim parda va yarim pay muskullari (mm. semimembranosus et semitendinosus) yordamida chegaralangan. Rombsimon chuqurlikning pastki burchagi m. gastrocnemius ning medial va lateral boshlari bilan chegaralanadi. Taqim osti chuqurchasini shu nomdagi arteriya, vena, quymich nerv (n. ischiadicus) yoki uning shoxlari (katta va kichik boldir umumiy nervlari), yog‘ to‘qimasi va limfa tugunlari to‘ldirib turadi .
Taqim osti chuqurchasidan taqim-boldir kanali (canalis cruropopliteus) boshlanadi. Bu kanal boldirning orqa tomonida orqadan m. soleus va oldindan m. tibialis posterior muskullari orasida bo‘lib, kanaldan n. tibialis va a. et v. tibialis posterior lar yotadi va ular medial to‘piqning orqa tomonidan oyoq kafti tomoniga o‘tadi. Canalis cruropopliteus ning shaxobchasi canalis musculoperoneus inferior (kichik boldir muskulining pastki kanali) bo‘lib, undan a. peronea o‘tadi. Bu kanal os fibulae ning o‘rta qismi bilan mm. flexor hallucis longus et tibialis posterior oralig‘ida joylashadi.
Boldirning yuqori qismida kichik boldir muskulining yuqori kanali (canalis musculoperineus superior) joylashgan bo‘lib, undan n. peroneus supereicialis o‘tadi.
Oyoq kaftida , m.flexor digitorum va m.abductor hallucis orasida kaftning medial egati (sulcus plantaris medialis ) bo’lsa, m.flexor digitorum bilan m.abductor digiti minimi o’rtasida kaftning lateral egati (sulcus plantaris lateralis) joylashgan . Bu egatlardan qon tomirlari va nervlar yo’naladi.
Adabiyotlar:
1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й.
2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й.
3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й.
Dostları ilə paylaş: |