Chilla davri


Chaqaloq parvarishida nimalarga e'tibor qaratish kerak?



Yüklə 94,88 Kb.
səhifə6/9
tarix20.06.2023
ölçüsü94,88 Kb.
#133177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chilla davri

Chaqaloq parvarishida nimalarga e'tibor qaratish kerak?

Kindik tushishi


Kindik qoldig'i odatda tug'ruqdan so'ng 4-5 kun ichida tushib, ba'zi vaqtlarda 8-10 kunlarga ham cho'zilishi mumkin. Agar kindik sohasida namlik bo'lsa, 70 foizli spirt eritmasi tomizilib, sterillangan bint yordamida artiladi. Ayrim vaqtlarda chaqaloqning muntazam bezovta bo'lib, yig'lashi sababli ham kindikda shish kuzatiladi. Bordiyu chaqaloqning kindigi qoldig'i 15 kun ichida ham ko'chib tushmasa yoki soha atrofida qizarish, yallig'lanishga o'xshash belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.

Liqildoq


Yangi tug'ilgan chaqaloqning bosh aylanasi me'yorda 34-36 santimetrni tashkil etib, hayotining ikkinchi oyida 36-37 santimetratrofida bo'ladi. Bir yoshga qadar esa bu ko'rsatkich 46 santimetrga yetadi. Liqildoq chaqaloq boshining tepa qismidagi qotmagan soha, miya ustidagi qalin himoya qavati bo'lib, me'yoriy holatda chillali chaqaloqlar uchun 26-28 mm, ikkinchi oydan boshlab 22-25 mmatrofida bo'lib, bir yoshgacha 8-10 mm.gacha kichrayib boradi. Bola boshidagi liqildoq taranglashib, shishgan bo'lsa va u bezovtalansa, bosh miya bosimining oshgani taxmin qilinadi. Bu holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Tana vaznining o'zgarishi


Yangi tug'ilgan chaqaloq hayotining birinchi 4 kuni davomida 10% (200-300 gr atrofida) vazn yo'qotishi normal holat hisoblanib, organizmning moslashuv jarayoni hisobiga amalga oshadi. Bola hayotining 6-8-kunlariga kelib, tana vaznini asta-sekin tiklab boradi.

Emizish vaqti


Shifokorlar bolani har 1-1,5 soat oralig'ida emizishni tavsiya etishadi. Bu vaqt oralig'ining ona suti sifatiga ham ta'siri bo'lib, bola uchun kerakli ozuqa to'planadi. Emizishdan avval ko'krak so'rg'ichlarini tozalab, so'ngra bola og'zig'a tutqazish kerak. Agar emizgandan keyin go'dak ko'krakni qo'yib yuborishni xohlamasa, tortib olmang. Burnini biroz qissangiz, og'zini ochadi. Ona suti sifatli bo'lishi uchun ayol taomnomasida foydali vitaminlarga boy mahsulotlar bo'lishi kerak.

Yüklə 94,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin