Chingizxon fan dasturi 2019. doc


I. 2 Moʻgʻillarning boshqaruv tizimi, madaniy hayoti va urf-odatlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/10
tarix09.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#61121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi.mo\'g\'ullar

I. 2 Moʻgʻillarning boshqaruv tizimi, madaniy hayoti va urf-odatlari.


XIII asr 20-yillari o‘rtalariga kelib Chingizxon Sharqda Shimoliy Xitoydan G‘arbda Amudaryogacha bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1227 yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang‘utlar ustiga yurish paytida Chingizxon vafot etadi. Chingiziylarning harbiy yurishlari natijasida 1260 yilda tarixdagi ko‘chmanchilarning yirik davlatlaridan biri – Sharqda Amurdan Sariq dengizgacha, G‘arbda Dunaydan Yevfratgacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi.
1203 yildayoq mug‘ullar davlatida hali bir tizimga ega bo‘lmagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihatlar) larni jamlagan edi. “Buyuk yasoqlar” yoki Chingizxon yasoqlari (mug‘ullar – zasoq, yosun) “qoida”, “qonun” degan ma’noni anglatadi. Yasoqlar to‘la holatida 1206 yilgi mug‘ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va 1225 yilda so‘nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy ma’lumotlariga ko‘ra, yasoqlar uyg‘ur yozuvida tumorlarga (o‘rog‘li qog‘ozlarga) yozilgan bo‘lib, “Yasoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”) deb nomlangan. Bu qog‘oz o‘ramlari nisbatan obro‘li bo‘lgan shahzodalarda saqlangan. Yasoqlarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning ayrim qismlari qisqartirilgan holda Juvayniy, Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi.
“Yasoq” qonunlari mug‘ullarning qadimiy urf-odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal tuzumni o‘zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi.
Yasoq” qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quydagicha bo‘lgan:
1.Hukmdor (xon) “yasoq”qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bo‘lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo‘ladi.
2.Chingizxon mug‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to‘la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi.
3.Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‘lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim.
4.Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash.
5.Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.
O‘rta asrlar tarixi tadqiqotchilarning ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Chingizxon qonunlarining asosiy maqsadi feodallashayotgan davlat talablariga javob beradigan huquqning yangi tizimini tashkil etish edi. Yasoqlarga rioya qilish nafaqat davlatdagi har bir fuqaroning, balki xonlarning ham majburiyati edi.
Ta’kidlash joizki, Yasoqlar asosan ko‘chmanchi hayot turmush tarzini ifoda etgan. Mug‘ullar tomonidan bosib olingan ko‘pgina hududlar, xususan, qadimdan o‘zining huquqiy an’analariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqdarini yangi qonunlarga bo‘ysundirish nihoyatda og‘ir edi. Chunki, asrlar davomida o‘troq madaniy hayot kechirgan xalqlar ko‘chmanchilar an’analarini qabul qila olmas edilar. Yasoqlarda ijtimoiy-xo‘jalik va madaniy hayotning ko‘pgina tomonlari o‘z aksini topmagan, ayrim qoidalar esa musulmon diniy huquqlari va mahalliy aholi an’analarni inkor etar edi. Shuning uchun ham Yasoq tarafdorlari va mahalliy aholi o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar bo‘lib turgan.
Mug‘ul bosqini, umuman olganda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy tuzimni o‘zgartira olmagan bo‘lsa-da, ko‘p hollarda dasht an’analarining jonlanishiga yo‘l ochib berdi va ko‘pchilik bo‘ysungan xalqlarning siyosiy va xo‘jalik hayotiga yangi yo‘nalishlarni olib keldi.
Mug‘ullar tomonidan barpo etilgan imperiyaning davlat boshqaruvi borasida imperiya xon urug‘ining xususiy mulki, degan prinsip hukmron edi. Davlat boshqaruvidagi bu o‘ziga xoslikni o‘z vaqtida Juvayniy shunday ta’riflagan edi: “Tashqaridan qaraganda boshqaruv va mamlakat bitta shaxsga ishonib topshirilgan bo‘lsa-da, aslida o‘sha shaxsning barcha ota tomonidagi qarindoshlarni (erkaklar) yerlarga va umumiy boylikka birgalikda egalik qiladilar”.
O‘rta asrlar manbalarida mug‘ul jamiyatidagi xon hokimiyati umumiy ko‘rinishda qo‘yidagicha beriladi: ona o‘z bolasiga g‘amxo‘rlik qilgani kabi, xon ham o‘z qaramog‘idagilarga va qo‘shinlarga g‘amxo‘rlik qilishga majbur. Uning qaramog‘idagilar va qo‘shinlar esa, hukmdorni o‘z otasi deb hisoblaydilar. Shuningdek ular hukmdorga sidqidildan buysunishlari, xoinlik qilmasdan xizmat qilishlari hamda uning hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z jonlarini qurbon qilishga rozi bo‘lishlari lozim.8

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin