Suv bilan chiniqtirish
•
Suv muolajlari:- bu chiniqtirishning jadal
muolajasi hisoblanadi. Chiniqtirishning
asosiy omili bu suvning haroratidir. Suv
muolajalarini doimiy ravishda qo’llash,
shamollash kasalliklarini eng asosiy
profilaktikasi hisoblanadi.
• Suv muolajalarini to’g’ri qabul qilish uchun sovuq
suvning organizmga ta’sirini bilish kerak. Tana
yuzasiga sovuq suv ta’sir etganda organizm
javob beradi.Avval tomirlarning
tez qisqarishi
tufayli qon ichki organlarga intiladi. Teri rangpar
va sovuq bo’lib qoladi. Bu vaqtda odam sovuq
yeydi-birlamchi faza. Keyin ikkinchi fazada
issiqlik “ishlab chiqaradi”, qon teriga oqib kela
boshlaydi va sovuq yeyish
iliqlikni sezish bilan
almashadi.
•
Ishqalanish - suv bilan chiniqishning
birlamchi bosqichi. Bir
necha kun
davomida ho’l sochiq, gubka yoki qo’l bilan
ishqalaniladi. Avval faqat bel, keyinchalik
butun badanni (yuqori qismlardan
boshlab), qo’l va belni suv bilan ishqalab,
keyin sochiq bilan quruq qilib artiladi.
Keyinchalik oyoqlar artiladi. Hamma
muolaja ishqalash bilan birga 5
minutdan
oshmasligi kerak.
•
Suv qo’yish- chiniqishning keyingi
bosqichi. Bunda past haroratli suvga, past
bosimli suv oqimi qo’shiladi. Bunda
suv bir
idishdan qo’yiladi. Suv qo’yilgach energiya
ravishda tana
sochiq bilan
artiladi.Muolajaning davomiyligi 3-4 minut.