Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash


 Chinni va fayans materiallarining tarkibi, tuzilishi va xossalari



Yüklə 103,06 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü103,06 Kb.
#192090
1   2   3   4   5
Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash

2. Chinni va fayans materiallarining tarkibi, tuzilishi va xossalari
Chinni-fayans massalarining tarkibi. An’anaviy qattiq chinni massasining tarkibi quyidagicha: 50% tuproq komponentlari (asosan kaolin), 25% kaliyli dala shpati, 25% kvarts qumi. Bunda uning sirti qiyin suyuqlanadigan dala shpatili sir bilan qoplanadi. Ushbu chinnini kuydirish temperaturasi 1380-1430 0C , kuygandan keyin uning suv yutuvchanligi 0,03-0,06% ga teng bo‘lib, uning oqligi yuqori darajada, yupqa qatlami yorug‘likni o‘tkazadi.
Yumshoq chinnining turlari ko‘p. Dala shpatili yumshoq chinnining tarkibida 50-45% tuproq komponentlari, 32-38% kaliyli dala shpati va 32-25% kvarts bo‘ladi. Ushbu chinni 1300-1320 0C da kuydiriladi, u oq bo‘lib yorug‘likni qattiq chinnidan ko‘ra yaxshiroq o‘tkazadi, lekin issiqlikka bardoshligi va mustahkamligi kamroq bo‘ladi.
Yarim chinni – mustahkamligi yuqori lekin qimmatbaho bo‘lmagan material bo‘lib, u keng miqyosda umumiy ovqatlanish muassasalari uchun idish-anjomlar va sanitariya-texnika buyumlari ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Yarim chinnining suv yutuvchanligi 0,5-5% ga teng bo‘lib, kuydirish temperaturasi 1230-1280 0C bo‘ladi. Chet el yarim chinni massalarining tarkibida dala shpatining miqdori 36% gacha yetadi, tuproq komponentlari esa oz bo‘ladi. 
Fayans massalarining chinnidan farqi, ularning tarkibida tuproqning miqdori 75-85% gacha yetadi, kuydirish temperaturasi past bo‘ladi (950-969 0C ), suv yutuvchanligi 19-20 % ga teng bo‘lib, mustahkamligi katta bo‘lmaydi. 1-jadvalda eng namunali chinni-fayans massalarining tarkibi berilgan.
Yevropa keramika sanoatining ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, uch-to‘rt xil kaolin va bir necha tuproqlar asosida tuzilgan massalar yaxshi natija-lar beradi. Chunki bu sharoitda xom-ash’yoning minerologik va kimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarning ta’siri uncha katta bo‘lmaydi. Odatda chinni massalari tarkibiga 3% miqdorida birinchi kuydirish va 5% miqdorida ikkinchi kuydirishda hosil bo‘lgan chiqitlar qo‘shiladi.
1-jadval 

Yüklə 103,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin