Chinni massalarining shixta tarkibini kimyoviy tarkibda ifodalanganda xar bir oksidning miqdori haqida so‘z yuritish mumkin. Qoniqarli bo‘lgan xo‘jalik chinnisining tarkibida (Fe2O3 va TiO2) larning miqdori 0,8% dan oshmasligi, SiO2: Al2O3 nisbati 3 ga yaqin, ishqoriy oksidlarning yig‘indisi 4,2% dan oshmasligi lozim. Keyingi yillarda fayans buyumlarining tarkibiga turli sanoat chiqindilari, ko‘pincha shisha chiqitlari yoki shlaklar kiritilayapti.
Qattiq chinnidan yumshoq chinniga o‘tish bilan massalarning kislotalik koeffitsienti ortib boradi. Qattiq chinnida bu ko‘rsatkich 1,1 - 1,3 bo‘lsa, yumshoq chinnida esa 1,68-1,75 ga teng. Ko‘pincha xo‘jalik chinnisi massalarining kislotalik koeffitsienti ularning o‘rtasida bo‘ladi, uning ortib ketishi chinnining o‘tga bo‘lgan bardoshligi kamaytirib, uning mo‘rtligini oshiradi .
Chinni materiallarining tuzilishi va fazalar bo‘yicha tarkibi. To‘liq va normal xolda pishirilgan chinnining tuzilishi quyidagicha ta’riflanadi: kvarts donachalarining miqdori 8-12% bo‘lib, ular yaxshigina yumshab eriy boshlagan, o‘lchamlari 12 - 30 mkm, donalari chetida 2 - 3 mkm ga teng bo‘lgan erigan x oshiya sifat qavat hosil bo‘ladi. Dala shpati donalari erib, o‘z kiyofalarini yo‘qotadilar, ularda uzunligi 2 dan 6 gacha va eng maksimal tarzda 10-12 mkm ga teng bo‘lgan mullitning ignasimon kristallari to‘planadilar. Strukturadagi g‘ovaklar yopiq bo‘lib, dumaloq shaklga ega bo‘ladi, diametri 10 mkm ga teng bo‘lib, ularning miqdori 5% dan oshmaydi. Birlamchi mullitning kristallari massada barobar taqsimlanadi, ularning o‘lchami 2-4 mkm, ba’zida 6 mkm gacha yetadi. Shisha - mullit qismning umumiy miqdori 72-78% ga yetadi, uning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,501-1,504 ga teng.
Suyakli chinnining tarkibida anortit hamda kaltsiy ortofosfat ya’ni viklokit hosil bo‘ladi, shisha fazasini esa mikroklin vujudga keltiradi. Fayansda degidratlangan tuproq moddasi va kaolin, tuproq va kvarts asosida hosil bo‘lgan suyultma yordamida bir-biri bilan qotishib bog‘lanib turadi.
Chinni-fayans materiallarining asosiy xossalari. Oqlik darajasi. Chinni-fayans materiallarining asosiy xususiyatlaridan biri oqligi va shaffoflik darajasidir. Materialdan qaytayotgan nurning tarqalish jadalligini xarakterlab beruvchi fizik xodisa oqlik deb ataladi. Yorug‘lik nurining qaytish koeffitsienti ko‘zga ko‘rinuvchi spektrning ixtiyoriy maydonida bir xil va birga teng bo‘lgan yuza oq yuza deb ataladi. Bunda yangi cho‘ktirilgan bariy sulfatining yuzasini 100% li oq yuza deb qabul qilinadi va u chinnining oqligini aniqlovchi fotometr uchun oqlik etaloni sifatida ishlatiladi. Oqlik ham turli tuslarda bo‘lishi mumkin. Juda och sariq tusli oq rang chinniga bir oz iliqlik bersa, havo rang tus chinnining oqligiga sovuqlik kiritadi, g‘ovaklar yorug‘likning tarqalishiga ko‘mak beradi, shu sababli fayansning oqligi chinnining oqligidan yuqori bo‘ladi (78-82%).
Rang beruvchi oksidlar (Fe2O3 va TiO2) chinni va fayansning oqligini pasaytirib, uning sifatini tushirib yuboradi, TiO2 chinnining to‘q ranglar bilan ifloslanishini ko‘paytiradi.
Shaffoflik darajasi. Chinni-fayans buyumlarining shaffoflik darajasi materialdan o‘tib ketgan yorug‘lik tezligining unga tushayotgan yorug‘lik tezligiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Agar chinnining 1320 0C da kuydirilgandan keyingi shaffofligi 1,51/0,390; 1,51/0,666; 1,55/0,501 bo‘lsa, 1390 0Cdan keyin u 1,52/0,590; 1,47/0,90; 1,55/0,790 gacha ortadi. Bu ko‘rsatkichlarning suratida chinni plastinkasining qalinligi ko‘rsatilgan, maxrajida esa shaffoflikning qiymati berilgan. Demak, shaffoflik materialning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Chinnining shaffof bo‘lishida kvartsning tuzilishi muxim rol o‘ynaydi. U shisha fazasida qancha oson eriy olsa, chinnining yorug‘lik o‘tkazishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Bunga esa kvartsning maydalanish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shaffoflik darajasiga kaolin zarrachalarining maydalanish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Yirik kristalli kaolin yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan chinnini vujudga keltiradi. Chinni massasiga shisha fazasining qovushqoqligini pasaytiradigan qo‘shimchalarning kiritilishi uning shaffofligini oshiradi . Chinnini yuqori temperaturada uzoq vaqt ushlash uning yorug‘lik o‘tkazishini pasaytiradi.
Chiziqli termik kengayish koeffitsienti. Chinnining t.k.k. temperaturaning oshishi bilan quyidagicha o‘zgaradi.
0C
100
300
500
700
900
T.k.k., x10-6
3,27-
4,01
5,42-
5,49
5,88-6,45
6,14-6,69
5,55-6,07
Temperaturaning ortishi bilan t.k.k.ning kamayib borishi kvartsning erishi natijasida uning miqdorini kamayib borishi bilan sodir bo‘ladi. Kvartsning polimorf o‘zgarishlari chinni materialida kuchlanganliklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Mexanik xususiyatlari. Odatda chinni siqilish kuchiga ko‘proq bardosh berib, egilish kuchiga chidamsizroqdir. Chinnining mustahkamligiga turli qo‘shimchalar ta’sir ko‘rsatadi. Ularga chinni siniqlari, ZrO2, BeO, BaO, talk va kianit, apatit, MgO, CaO va boshqalar kiradi.
Massaning maydalanish darajasi ham mustahkamlikka ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, bunda dala shpatini yirikroq tarzda, kvarts qumini esa maydaroq qilib maydalash lozim, ya’ni dala shpati bilan kvarts donachalarining solishtirma yuzasi 1:3 nisbatda bo‘lsa, yaxshi natijalar beradi.
Chinnini kuydirish temperaturasini oshishi mustahkamlikka katta ta’sir ko‘rsatadi, aksincha g‘ovaklikning esa 1% ga oshishi, mustahkamlikni 4% ga kamaytiradi. Chinni tarkibidagi shisha fazasiga kristall fazalarni kiritilganda, uning mustahkamligi oshadi, bunda kristall faza taranglik modulining (Ye) kattaligi muxim rol uynaydi. Chinnining mustahkamligini oshirishning samarador usullaridan biri uning tarkibiga ipsimon monokristallarni kiritishdir. Masalan, chinni tarkibida 10-20% mullitning ipsimon kristallarining bo‘lishi uning mustahkamligini 5 martta va issiqlikka bardoshligini 6 barobar ko‘paytiradi.
Issiqlikka bardoshligi. Chinnining issiqlikka bardoshligini oshirish uchun uning t.k.k.ni kamaytirish, buyumlar qalinligini katta qilmaslik, buyumlardagi temperatura o‘zgarishini pasaytirish, taranglik modulini pasaytirish, issiqlik o‘tkazuvchanligini oshirish va mustahkamlikni ko‘paytirish lozim. Issiqlikka bardoshlikka sir qatlamining qalinligi ham ta’sir ko‘rsatadi, sir qatlamining qalinligi 0,1-1,14 mm bo‘lgan xolda, u juda yuqori bo‘ladi.
2-jadval
Nafis keramika buyumlarining xossalari
Kuydirish tem-peraturasi, 0C:
Sirsiz buyumlar
Sirlangan buyumlar
850-900
1380-1430
1230-1280
1100-1120
1230-1280
1000-1120
950-1050
880-1060
900-1040
1120-1430
Massa tarkibiy qismlarining chinni-fayans massalarining xossalariga bo‘lgan ta’siri. Kaolinning ta’siri. Chinni hosil bo‘lishida kaolinning roli asosan unga mexanik, termik va kimyoviy mustahkamlik, hamda oqlik berishidir.
Degidratlangan kaolin 115 0C atrofida nuqtali tangasimon xolda kristallanadigan birlamchi mullitni hosil qiladi. U 1400 0Cgacha o‘zgarmas xolda saqlanib, keyin sulyutmada erib ketishi mumkin. Bundan tashqari, metakaolinitdan alyuminiy ionlari suyultmaga diffiziyalanib o‘tadilar va u yerda ularning kontsentratsiyasi osha boshlaydi. Keyin suyultmadan ignasimon tarzda kristallanuvchi mullit hosil bo‘lib, u dala shpati suyultmasi tomchisining o‘rtasidan o‘sa boshlaydi. Bu jarayon 1050 0Cda boshlanib, 1200-1250 0Cda tezlashadi. Mullitning hosil bo‘lish jarayoniga kaolinning maydalanish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Mullit qancha ko‘p va jadal sur’atda hosil bo‘lsa, chinnining barcha xususiyatlari shuncha yuqori bo‘ladi.
Kvartsning ta’siri. Chinni pishish jarayonida kvartsning bir qismi erib ketadi, bir qismi esa yoriqlar bilan qoplangan, yemirilib ketgan zarrachalar va donalar sifatida saqlanib qoladi. Chinnini kuydirish jarayonida 1200 0Cda kvarts donachalarida darzlar paydo bo‘ladi. Kvartsning dala shpati suyulmasida erishi uning qovushqoqligini oshiradi va buyumlarni deformatsiyalanishdan saqlaydi. Kvarts buyumlarga shaffoflikni bag‘ishlaydi. Kvartsning maydalanish darajasi oshirilsa, chinnining t.k.k. ortadi, bunda kvarts kristobalitga o‘tadi. Eng optimal bo‘lib, kvarts donalarining o‘lchami 15-30 mkm deb xisoblanadi. Erkin xoldagi kremnezem chinnida struktura kuchlanganliklarini tug‘dirish manbai xisoblanadi. Umumiy xolda, kvarts donachalarining asosiy qismi saqlanib qolib, chinni hosil bo‘lishida sinch vazifasini o‘taydi va buyumlarning deformatsiyalanishidan saqlaydi.
Dala shpatining ta’siri. Dala shpati va boshqa suyuqlanib ketuvchi komponentlar shisha fazasini hosil qilib, massaning boshqa tarkibiy qismlarini o‘zlarida erib ketishi uchun imkoniyat yaratib beradilar va kuydirish jarayonida barcha fazalarni bir yagona bo‘lak shaklida ushlab turadilar.
Shisha fazasi hosil qilish uchun ortoklaz ko‘proq foydalidir, chunki u qovushqoqligi yuqori bo‘lgan va kremnezemga boy suyuq fazani vujudga keltiradi. Dala shpati tarkibida natriy va kaltsiy ionlarining bo‘lishi uning suyuqlanish temperaturasini pasaytirib, suyultmaning qovushqoqligini pasaytiradi.
Dala shpatini xaddan ortiq darajada maydalab yuborish mumkin emas, eng optimal xolatda 009 sonli elakda 0,3% qoldiq qolishi kerak.