Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash



Yüklə 103,06 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü103,06 Kb.
#192090
1   2   3   4   5
Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash

Texnik keramika buyumlari deb alohida xususiyatga ega bo‘lgan, sun’iy ravishda kimyoviy sintez qilish usulida olingan materiallarga aytiladi. Bunday materiallarni ishlab-chiqarish uchun asosan sun’iy xoldagi, kimyoviy toza materiallar ya’ni alyuminiy, magniy, kaltsiy, sirkoniy, vannadiy va boshqa elementlarning oksidlari, silikatlar, kislorodsiz birikmalar va boshqalar ishlatiladi.
Chinnining turkumlanishi va turlari. Chinni deb, oq rangli, pishgan, yupqa qavatda shaffoflikni yuzaga keltiradigan, suyuqlik va gazlarni o‘zidan o‘tkazmaydigan hamda tuproq, dala shpati, kvarts qumi va boshqa Alyumosilikatlarning nafis aralashmasi asosida olinadigan materialga aytiladi. Chinni texnik material sifatida yuqori mexanik va elektrik mustahkamlikka, kimyoviy va termik bardoshlikka egadir. Chinni umumiy xolda 2 turga bo‘linadi:
a) qattiq chinni;
b) yumshoq chinni.
Qattiq chinni 1380-1460 0C da pishirilib, uning tarkibida kaolinning miqdori ko‘p va dala shpatining miqdori kam bo‘ladi.
Yumshoq chinnining pishirish temperaturasi 1350 0C dan past bo‘ladi. U ning massasi tarkibida dala shpatining miqdori ko‘proq bo‘ladi.
Yumshoq chinni uchun yuqori darajadagi oqlik va shaffoflik xos bo‘lsa, qattiq chinni uchun yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mexanik mustaxkamlik va issiqlikka bardoshlik xosdir.
Qattiq chinnidan asosan kimyoviy sanoat uchun apparat va buyumlar, termopara uchun trubkalar, elektroizolyatsiya materiallari ishlab chiqariladi. Lekin qattiq chinnidan badiiy-bezak buyumlari va chinni servislari ham olinadi. Yumshoq chinni asosan turli tuman xo‘jalik va badiiy buyumlar olishda qo‘llaniladi.
Yumshoq chinni tarkibiga frittali chinni, suyakli chinni, parian chinnisi, yumshoq ko‘p kvartsli chinni, yumshoq dala shpatili chinni va boshqalar kiradi.
Frittali chinni tarkibiga ishqorga boy shisha frittasi qo‘shiladi. Suyakli yumshoq chinni massasining tarkibiga yirik shohli xayvonlar suyagining kuli kiritiladi. Parian chinnisi sirsiz chinni bo‘lib, uning tarkibida 80% ga yaqin shisha fazasi bo‘ladi. Yumshoq ko‘p kvartsli chinni tarkibida shisha fazasining miqdori 73-78% gacha boradi. Yumshoq dala shpatili chinni Zeger chinnisi deyiladi, uning massasi tarkibida dala shpatining miqdori 30-40% ga yetadi.
Chinnisimon keramikaning maxsus turlari. Asosan korund (α-Al2O3), kianit (Al2O3.SiO2), talk (3MgO • 4SiO2 •H2O), sirkon (ZrO2• SiO2) va BeO asosida olinadilar. Bunday maxsus turdagi materiallar noyob xususiyatlarga ega bo‘lib, ular yangi texnika materiallari, elektr izolyatsiya materiallari, odam organizmi uchun implantant modda sifatida ishlatiladilar.

Yüklə 103,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin