10. Somoniylar davlatida halq orasida soliq yig„uvchilar qanday
nom bilan atalgan?
a) Mushriflar
b) Omil
c) Publikani
d) Harros
Kopchur – yaylov va unda boqiladigan podalarga har yuz bosh
qoramoldan bir bosh miqdorida soliq yoki podaning bir foizi. Bu soliq
asosan ko‗chmanchi qabilalardan olingan. Sababi o‗troq holda
yashovchi dehqonlarning katta miqdordagi podalari yo‗q edi. Soliq
mo‗g‗ul imperiyasi tarkibida bo‗lgan mo‗g‗ullar tomonidan ham
to‗langan. Kopchur dastlab kambag‗allar manfaati uchun mo‗ljallangan
bo‗lib ―Yashirin afsona‖
29
da ham bu haqida ko‗rsatib o‗tilgan.
Unda aytilishicha
kopchur ―kambag‗allar va kambag‗allar manfaati
uchun‖ xizmat qilib, har yuz qo‗ydan bitta qo‗y olinishi kerak
30
. Soliq
Markaziy Osiyo, Armaniston, Gruziya, Eron, Xitoy va boshqa bosib
olingan
mamlakatlarning
chorvadorlari
shuningdek,
mo‗g‗ullar
davlatining ichki hududlaridagi mo‗g‗ul fuqarolari uchun ham tatbiq
etilgan.
Tarixiy manbalarda quyidagi parcha keltiriladi. ―Mo‗g‗ullarda ilgari
shunday urf-odat va qoidalar mavjud bo‗lganki ular har yili mo‗g‗ul
hududining har bir joyidan kambag‗al qo‗shinlarga otlar, qo‗ylar,
ho‗kizlar, kigizlar va boshqa narsalar ajratib turganlar‖.
Kopchur-kambag‗allarga yordam berish uchun mo‗ljallangan
ijtimoiy soliqning bir turi bo‗lib, uning kelib chiqishi mo‗g‗ullarning
qadimiy odatlariga borib taqaladi. Vaqt o‗tishi bilan u ijtimoiy
maqsadini yo‗qotdi va davlat bojiga aylandi.
29
―Сокровѐнное сказа ние монго лов‖ - eng qadimgi moʼgʼul adabiy-tarixshunoslik yodgorligi, dastlabki
moʼgʼullar tarixi, ularning davlati va uning asoschisi Chingizxon, shuningdek, XII-XIII asrlardagi Oʼrta
Osiyo tarixiga oid qimmatli manba.
30
Сергей Андреэвич Козин (1879 - 1956) - sovet moʼgʼul olimi, 1943 yildan SSSR Fanlar akademiyasi
akademigi. U ―Mo‗g‗ullarning maxfiy tarixi‖ni rus tiliga tarjima qilgani bilan mashhur.
79
Shulen – oziq-ovqat solig‗i.
Podadan bitta ikki yoshli qo‗chqor va
mingta otlar podasidan bitta toy yig‗ib
olinishi. (Soliq yig‗ish ko‗pincha
barot tizimi, ya‘ni ―erta yig‗ish‖
bo‗yicha olib borilgan, bu esa
suiste‘mollikni yanada kuchaytirgan).
1235
yilda
Talan-Dabe
hududidagi Qurultoyda O‗qtoy xon amalda bo‗lgan shulen solig‗ini
yig‗ishni soddalashtirdi.
Soliqni soddalshtirish natijasida u mingta otlar podasidan bitta toy,
qo‗ylar podasidan ikki yoshli qo‗chqorga qirollik taomlari uchun har
yilgi boj sifatida o‗zgartirilgan.
31
Shulen faqat mo‗g‗ullardan undirilgan
va rasmiy davlat boji bo‗lgan.
Kopchur ham shulen ham tabiiy oziq-ovqat uchun soliq sifatida
xizmati qilib, uni asosan ko‗chmanchi aholi to‗langan. Undirilgan
soliqlar xoqonning o‗zi va to‗rt shahzoda - meros egalari foydasiga olib
ketilgan.
―Yashirin afsona‖ ning xitoycha matnida O‗qtoy Xonning bu ikki
soliq to‗g‗risidagi farmoni batafsilroq bayon qilingan. Unda shunday
deyilgan:
―Kopchur odamlarning har yili qo‗ylar podasidan faqat bitta ikki
yoshli qo‗yni pishirish maqsadida olinsin, yuz qo‗ylar podasidan bitta
qo‗y olinib o‗sha ulusning kambag‗allariga yordam sifatida tarqatilsin.‖
Markaziy Osiyodan tashqari Armaniston va Gruziyada kopchur
soliqlari noyon
32
Argun tomonidan joriy qilingan
33
.
Yig‗ilgan kopchur mo‗g‗ul qo‗shinlar orasidan ijtimoiy ahvoli qiyin
bo‗lgan o‗rda, qo‗shinlar va otryadlarga tarqatilgan. Uluslar hukmdorlari
31
VIII-XII
betlardagi maʼlumotlar quyidagi mualliflarning maʼlumotlari asosida shakllantirildi. Базаров
Б. В., Ванчикова Ц. П. Экономическая система Монгольской империи // Власть. 2015. Том 23. № 6.
С. 170-175.
32
Noyon - moʼgʼul hukmdori oʼrta asrlardan boshlab XX asrning birinchi choragigacha boʼlgan davrgacha
shunday nomlangan. Noyon-dastlab qadimdan shakllangan moʼgʼul urugʼi sifatida talqin qilingan.
Keyinchalik yuqori tabaqa vakillari sifatida eʼtirof etilgan. Moʼgʼullar imperiyasidagi hukmdor tabaqa.
33
Serovbe Kerobovich Patkanyan 1860-1918 yoki 1923 - rus statistik va etnograf - Sibir tadqiqotchisi.
80
va boshqa hukmdorlar ushbu soliqni undirishdan manfaatdor edi (chunki
armiyaga odatda ularning oilalari ham hamrohlik qilar edi).
Eronda Rashid-ad-din
34
hukmronligi davrida kopchur asl ma‘nosini
yo‗qotdi. Ko‗chmanchilardan (shu jumladan mo‗g‗ullardan) Eronning
o‗troq aholisidan ham olinadigan oddiy soliq turiga aylandi.
Shunday qilib turli manbalarni qiyosiy tahliliga asoslanib
quyidagicha xulosa chiqarishimiz mumkin.
Shulsi – soliqning miqdori har bir otardan ikki yashar quy va har
ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan.
Mamlakatdagi savdo yo‗llarida joylashgan bekat - ―yom‖
(jom)larning xarajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilgan. Ularning
miqdori shu darajada ko‗payib ketar ediki, ba‘zi hollarda har bir ―yom‖
uchun 20 ot-ulov, so‗yish uchun qo‗ylar, sog‗ish uchun sog‗uvchisi
bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-xarajatlar yig‗ib olingan.
Chig‗atoy ulusida oliy mansabdorlar yer solig‗i to‗lamagan. Yirik
mulkdorlar, savdogarlar, islom peshvolari mo‗g‗ullar bilan yaqinlashib
har xil yorliqlar olganlar va soliqdan imtiyozlarni qo‗lga kiritganlar.
Tamg‗a – mo‗g‗ullar hukmronligi davrida O‗rta Osiyo, Eron, Oltin
O‗rda hududlarida joriy qilingan hunarmandlar va savdogarlardan
undirilgan va bevosita xon xazinasi uchun yig‗ilgan soliq turi.
Ushbu soliqning joriy etilishi natijasida xazinaga katta daromad
keltirgan. Mazkur soliq mahalliy xalq, ayniqsa, savdogarlar va
hunarmandlar zimmasiga og‗ir yuk bo‗lib tushgan. Uni har bir soliq
to‗lovchi o‗z daromadidan kelib chiqib, ma‘lum muddatda to‗lashi shart
bo‗lgan.
Chopg‗in –
mo‗g‗ullarning harbiy yurishlari paytida talafot ko‗rgan
qo‗shin va boshqa kichik harbiy bo‗linmalar ehtiyojlarini qoplash
maqsadida shahar, qishloq, ovul va boshqa aholi punktlariga talonchilik
maqsadida qilingan yurishlar.
34
Rash d ad-Din Fazlull x ibn Аbu-lь-Xayr Аl Xamadan - Fors davlat arbobi, tabib va qomusiy olim;
Hulaguidlar davlati vaziri. Аbaka Xon davrida davlat xizmatiga qo‗shilgan.
81
Chopg‗in paytida aholi punktlaridan aholidan so‗ramasdan hayot
uchun zarur bo‗lgan barcha mol-mulk, yegulik, kiyim-kechak, o‗tin va
boshqa narsalar o‗lja sifatida olib chiqib ketilgan.
―Yashirin afsona‖ ko‗ra, imperator undana solig‗ini soddalashtirish
bo‗yicha quyidagi takliflarni bergan: ―Odamlardan ham kopchur ham
undana undirishda soliq yukini pasaytirish maqsadida har bir mingta
otdan bitta sut beruvchi biya va qimiz sog‗uvchini belgilash lozim.
Har bir podada (tabun)dan qimiz sog‗uvchilar tayinlanib, ma‘lum
bir hududda sog‗ish ishlarini tashkil etish, otlarni boquvchi
(nuntukchin)larni belgi-lash va ularni almashtirib turish tizimini joriy
etish lozim. Ushbu soliq turi faqat mo‗g‗ullarga tatbiq etilgan.
Shibag‗u – xon va uning yaqinlariga yozda yaylovdan yaylovga
ko‗chish paytida beriladigan in‘om. Shibag‗u asosan oziq-ovqat tarzida
talab qilingan.
Mo‗g‗ulistonda soliqlarning joriy etilishi va tartibga keltirilishi
1228 yildan 1241 yilgacha hukmronlik qilgan O‗qtoy davriga to‗g‗ri
keladi.
1235 yildagi qurultoyda eski mo‗g‗ul soliqlaridan biri Undana
bo‗yicha ham islohotlar o‗tkazildi.
Undana-sut
beruvchi
ot(biya)lardan
qimiz
ko‗rinishida
undiriladigan soliq turi.
1235
yilda
bo‗lib
o‗tgan
Qurultoyda
O‗qtoy
Xon
―Bug‗doyning har o‗n tagaridan
kambag‗allarga sarflanishi uchun bitta
tagar berishini‖ buyurdi.
Tagar - mo‗g‗ul tilida ―sumka, non o‗lchovi‖ degan ma‘noni
anglatadi.
82
Bu 750 funt
35
ga teng edi. Markaziy Osiyodan tashqari Arman
manbalariga ko‗ra Armanistonda va Kavkazda tagar quyidagicha edi.
Aholini ro‗yxatga olingan har erkakdan mo‗g‗ul soliq yig‗uvchilari
100 kg bug‗doy, 50 litr sharob, 2 kg guruch, 3 dona qop, 2 dona arqon, 1
oq (kumush tanga), 1 o‗q, 1 dona taqa, 20 bosh qoramoldan - 1 bosh
qoramol va 20 kumush tanga undirilgan.
Yuqorida
aytilganlarning
hammasini
to‗lashga
qodir
bo‗lmaganlarning farzandlari o‗g‗il-qizlari tortib olingan.
Tagarning maqsadi qo‗shinlarni, imperator saroyini don va yem-
xashak bilan ta‘minlash edi. Mo‗g‗ullar hukmron bo‗lgan ba‘zi
mamlakatlarda soliq yig‗uvchilar tagarni boshqa turdagi oziq-ovqat va
hatto pulga ham tatbiq etilgan.
Plano Karpining so‗zlariga ko‗ra, mo‗g‗ullar zabt etilgan xalqlardan
―qon bilan to‗lash‖ deb nomlangan harbiy xizmat amaliyotini tashkil
etgan.
Unga ko‗ra harbiy xizmatga majburlar zarurat tug‗ilganda armiyaga
qo‗shilib jangga safarbar etilgan, shuningdek oila a‘zolari va mulkidan
ular o‗nta yoshdan bittasini olib(qizlar bilan ham shunday qilishadi)
ularni o‗z vatanlariga olib ketib, qul qilib saqlaydilar. Qolganlarini o‗z
odatlari bo‗yicha hisoblab, tarqatadilar ‖.
Uloq – suv usti transportlari bo‗yicha majburiyat. Qishloq va shahar
aholisining davlat va mahalliy ehtiyojlar uchun transport vositalari bilan
ta‘minlash majburiyati. Amaldorlar, mahbuslar va davlat idoralarini
tashish uchun aravalar berilishi, yuk (qurilish materiallari, oziq-ovqat,
shu jumladan tuz, tovarlar va boshqa)larni tashish uchun undirilgan.
Mo‗g‗ul hukmronligi davrida monastirlar, cherkovlar, diniy
konfessiyalar har qanday soliqdan ozod qilingan.
35
1 funt hozirda 0,453592 kg
83
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni ta‘kidlash kerakki, mo‗g‗ul
davlatchiligi va imperiyasida turli davrlarda ma‘muriy va iqtisodiy
faoliyatni olib yo‗nalishlari turlicha bo‗lgan. Dastlabki davrlarda soliq
tizimini yagona birlashtirish istagi bilan bo‗sa, boshqa davrlarda esa
Mo‗g‗ullar siyosiy hukmronligi doirasiga kiritilgan turli xalqlar va
davlatlarning iqtisodiy tuzilmalari va an‘analarining o‗ziga xos
xususiyatlarini inobatga olib ma‘muriy va iqtisodiy faoliyatni olib borish
yo‗nalishlari belgilangan.
Mo‗g‗ullar uchun an‘anaviy bo‗lgan bir qator to‗lovlar asta-sekin
davlat soliqlariga aylanib, butun imperiya bo‗ylab tarqaldi. Ulardan
ba‘zilari armiyani oziq-ovqat va pul bilan ta‘minlash uchun mahalliy
aholining zimmasiga tushdi. Soliqlarning
amalda qo‗llanilishi imperiyaning turli
hududlarida ularning xususiyatlaridan kelib
chiqib turlicha bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: |