163
aniqlashda quyidagilar e‘tiborga olingan: haqiqatdan ekin ekilayotgan
yer maydoni; o‗rtacha hosil; ular egallagan makonda asosiy bo‗lgan
mahsulotlarning keyingi o‗n yil ichidagi mahalliy narxlar;
yerning suv
bilan ta‘minlanganlik darajasi hisobga olinmaganligini ko‗rish
mumkin
94
.
Bu davrda quyidagi soliqlar bo‗lgan:
95
Yer solig‗i - bir xil miqdordagi hosildan to‗lanadigan soliq. U yer
rentasi (absolyut, differensial, monopol, o‗zlashtiruvchi, qurilish
rentalari) sifatida olingan.
Bojxona yig‗imlari
- chegaradan mol chiqarish,
mol kiritish, tashib
o‗tkazishda
tovarlar
ro‗yxati-miqdori-massasi-bahosi
birligida
olinadigan soliqlar, jarimalar konfiskatsiya mulklari va poshlina
to‗lovlaridan iborat.
O‗tov solig‗i-ko‗chmanchi aholidan olinadigan yillik soliq.
Savdo va kosibchilik solig‗i-tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash
faoliyatidan olinadigan soliq. Unga tovarlashgan xizmat sohalari
yig‗imlari ham kirgan.
Oklad solig‗i - xiroj va tanob o‗rniga muddati 6 yil etib belgilangan
yalpi daromad solig‗i.
Imtiyozli paxta solig‗i - amerika navi paxtasini ko‗paytirish
maqsadida beriladigan imtiyozli soliq.
Zemstvo solig‗i - volostlar bo‗yicha yig‗iladigan mahalliy soliqlar.
Yer-hovli solig‗i - fuqarolar shaxsiy
uy tomorqalari maydoni
hisobidan olinadigan soliq.
Mol-mulk solig‗i - fuqarolar shaxsiy mulklari qiymati hisobidan
olinadigan soliq.
Bandargoh solig‗i - yuklarni tashishda kemalardan foydalanish
uchun to‗lanadigan kirra hakki (Fraxt to‗lovi).
Uy hayvonlarini saqlash solig‗i
- uy hayvonlarining har bir boshidan
olinadigan profilaktik-gigiyenik soliqlar.
94
Oblomurov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. – T.: ―Iqtisod-Moliya‖ 2009. – 110-bet
95
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro, 2004. – 37-38-betlar.
164
Harbiy soliq-favqulotda holatlarda aholi jon boshiga olinadigan
zahira solig‗i.
Konfiskatsiya solig‗i - musodara qilingan mulkdan mahalliy
hokimiyat xarajati uchun olinadigan ulush miqdori.
Evakuatsiya solig‗i - ko‗chirish siyosati xarajatlarini qoplash uchun
mahalliy aholi jonboshidan yig‗iladigan soliqlar.
Rossiya imperiyasi davrida mahalliy
aholining ijtimoiy kelib
chiqishi, millati, e‘tiqodidan qat‘iy nazar barcha soliq va to‗lovlarni
to‗lashga majbur bo‗lganlar. Imperiya hukmronligi davrida quyidagi
soliq turlari amalda bo‗lgan:
yer soliqlari
diniy muassasalardan olinadigan soliqlar
ijtimoiy soliqlar
ma‘muriy organlardan olinadigan soliqlar
ishlab chiqarish (daromad soliqlari) soliqlari shular jumlasidandir.
O‗z o‗rnida yer soliqlari va daromad solig‗i bir qancha turlarga
bo‗lingan. Xususan, har bir qishloq jamoasi, ovullar, volostlardagi
xususiy yerlar,
amlok yerlari, vaqf yerlaridan, ishlab chiqarish
korxonalaridan,
maktablardan,
miroblardan,
qishloq
xo‗jalik
qurollaridan ham tegishli yig‗imlar olingan
96
.
Agrar islohotlarni amalga oshirmasdan, soliqchilik ishlarini
yaxshilab bo‗lmasdi, chunki yerlarning aniq hisobi yo‗qligi sababli,
Rossiya imperiyasining Turkistondagi
boshqarmasi vakillari fikricha,
o‗troq aholidan ko‗chmanchi aholiga nisbatan kam soliq to‗lanardi.
Masalan, 1868-1883-yillarda, ya‘ni 16-yil mobaynida ko‗chmanchi
aholidan har bir o‗tov hisobiga olinadigan umumiy soliq miqdori
1364190 rub. 99 kop., mahalliy aholidan olinadigan yerdan foydalanish
yig‗imlari miqdori esa - 1047882 rub., 30 kop. tashkil qilgan.
97
Bu
daromadlar 1867 - 1896 yillarda 4 barobarga ko‗payib, aholidan
96
Oblomurov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. – T.: Iqtisod-Moliya, 2009. – 102-103 betlar
97
Обзор Семиреченской области за 1883 г. – Верный, 1884. – С. 24.
165
olinadigan soliqlar 1889 - 1893 yillarda 40 foizga oshdi. 1869 - 1896
yillar davomida imperiya xazinasi o‗lkadan 158 mln. rubl daromad
oldi
98
.
Turkiston general-gubernatorligida aholidan
olinadigan soliqlar
mikdori oshib borgan. Jumladan, soliqlar miqdori 1870, 1871, 1872,
1873, 1879 yillarda kamayib, 1877, 1878, 1880, 1881, 1882, 1883
yillarda esa, oshib ketgan. Bu aholi sonining aniq hisobga olinmaganligi
va soliq amaliyoti to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmaganligidan dalolat beradi.
Bunga qaramasdan, soliqlar miqdori dinamik tarzda oshib borgan.
Ayniqsa soliqlarning birdaniga oshib ketishi 1883 yilda kuzatiladi
99
.
Dostları ilə paylaş: