§ 3.2. Arablar tomonidan undirilgan islomiy soliqlar mazmuni
Arablarning Movarounnahrga yurishi arafasida o‗lkada turli katta-
kichik davlatlar hukmronlik qilgan, ularning qariyb barchasi mustaqil
davlatlar hisoblangan. Arab qavmlarini din targ‗iboti bilan birgalikda,
o‗lkaning serunum tuproqlari, yam-yashil voha va vodiylari, katta
miqdordagi yer osti va yer usti boyliklari e‘tiborini tortganligi shubhasiz.
Bosib olingan mamlakatlarda arablar din targ‗iboti yo‗lida turli soliqlar,
majburiyatlar va yig‗imlarni joriy etadilar. Kimda-kim islom dinini
qabul qilsa, ularni soliqlardan ozod etish to‗g‗risidagi hukmlar ham aholi
e‘tiboridan chetda qolmagan.
Xususan, mahalliy aholi islom diniga o‗tishini tezlashtirish
maqsadida arablar islom diniga yangi kirgan kishilarga turli imtiyozlar
berib boshlaganlar, xususan, ularni asosiy soliqlarni to‗lashdan ozod
etganlar. Arablar mahalliy aholiga nisbatan hayrixohlik siyosatini
yuritganlar. Masalan, xalifa Umar II (717-720 yillar) Xuroson noibi al-
Jarrohdan islom diniga kirgan kishilarni xiroj va juzyadan ozod qilishni
talab qilgan. Al-Jarroh, rasman unga bo‗yso‗ngan, lekin yangi
musulmonlarga qo‗shimcha shart – xatna qildirishni ham qo‗ygan.
Xalifalikning Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod yurishlari
davrida arablar Poykent va Buxoro shaharlari hamda ularning tevarak
atrofidagi yerlarni talon-taroj qiladilar va katta miqdordagi o‗lpon, 1 mln
dirham pul va 4000 asir bilan orqaga qaytganlar
27
. Asta-sekin
27
Церетели Г.В Арабские диалекты в Средней Азии. Ч. I. Тбилиси., 1956. – С 17.
58
Movarounnahrda arablarning to‗la hukmronligi o‗rnatila boshlagach,
ilgarigi dehqonzodalar tasarrufidagi qishloq jamoalarining mulklari ham
arab hukmdorlari va noiblari qo‗liga o‗tishi barobarida, mahalliy
hukmdorlar faqatgina ayrim soliqlarni to‗lash orqali avvalgi
hukmdorliklarini davom ettirayotgan edilar. Bosib olingan shahar va
qishloqlarning islom dinini qabul qilmagan barcha toifasidan birdek
juzya (jon solig‗i) faqat mol-mulkka egalik huquqiga ega erkaklardan
undirilgan. Xotin-qizlar, keksalar, yersiz, mulksiz toifa kishilar bunday
soliqni to‗lashdan ozod etilganlar. Qolgan barcha toifadagi aholi esa
umumiy yer solig‗i – xiroj to‗lashlari shart bo‗lgan. Xiroj miqdori
hosilning 1/3 (ba‘zi manbalarda uning miqdori 1/5, 1/10 ekanligi qayd
etiladi) qismiga qadar yetgan edi, ba‘zan undan ortiq bo‗lgan. Juzya,
xiroj va boshqa soliqlardan tashqari, ziroatchi aholi gardanida boshqa
og‗ir soliq turlari ham bo‗lgan.
Juzya musulmon bo‗lmagan erkaklardan undirilgan, uning hajmi
kelishuv asosida belgilangan. Mast qiluvchi ichimliklar va so‗yilgan
hayvonlar bunday soliq turi sifatida qabul qilinmagan. Arablar o‗z
mustamlakachilik mavqelarini mustahkamlab olish maqsadida soliq
siyosatidan islom manfaatlari yo‗lida keng foydalanishga uringanlar.
Soliq to‗lashdan islom dinini qabul qilgan aholi ozod qilingan. Xususan,
arablar O‗rta Osiyoni bosib olganlaridan so‗ng xirojni mahalliy odat
bo‗yicha yozning o‗rtasida hamda ikkinchi yarmida, g‗alla pishib
yetilganda va kech kuzda yoki erta bahorda yig‗ib olganlar. Bu esa
ayrim hollarda xalq g‗alayonlari ko‗tarilishiga sabab bo‗lgan.
JUZYA – dastlab Arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon
davlatlarida g‗ayridin kishilardan olingan soliq. O‗z davrida shariat
me‘yorlariga ko‗ra musulmon bo‗lmagan fuqarolar jon solig‗i to‗lashlari
shart bo‗lgan. Albatta, uning bir qancha shartlari bo‗lib, shulardan biri
juzya to‗lovchi jismoniy shaxs balog‗at yoshiga yetgan bo‗lishi kerak
bo‗lgan. Qariyalar va ayollar, bolalar, qul va gadoylar juzyadan ozod
qilingan. Juzya asosan pul va natura tarzida undirilgan.
59
ZAKOT – dastlab arablar tomonidan bosib olingan hududlarda
aholidan undirilgan diniy soliq sifatida shakllangan, keyinchalik chorva
mollari, hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqaruvchi ustalar,
savdogarlar hamda boshqa toifadagi mulkdorlardan olingan soliq, ba‘zan
u amaldorlar va ruhoniylarni ta‘minlash uchun ham undirilgan. Islom
dinining besh asosiy farzlaridan biri musulmon bo‗lgan, ma‘lum
boylikka ega bo‗lgan, o‗z daromadiga ega bo‗lganlar zakot beradi. Zakot
miqdori pul daromadlarining qirqdan bir ulushiga teng.
Musulmon huquqshunoslari ―zakot‖ tushunchasini ―tozalash‖
(begunoh musulmonning o‗z boyligidan foydalanishini zakot to‗lash
―tozalaydi‖ ma‘nosida talqin etadilar. Ba‘zi tadqiqotchilar uni qadimgi
yahudiy tilidagi ―zakut‖ (xayrli ish) tushunchasiga xos termin sifatida
talqin qiladilar. Umuman, zakotning kelib chiqishi islomdan oldingi arab
qavmlari va qabilalari orasida ham rasm bo‗lgan bo‗lib, qo‗lga kiritilgan
o‗ljani bo‗lish vaqtidagi o‗zaro yordam maqsadida kelajak uchun
tuziladigan o‗ziga xos ―jamg‗arma‖ sifatida ham talqin etiladi.
Qur‘oni Karimda nozil qilingan suralarda zakot ―xayrli faoliyat,
moddiy yordam, sadaqa‖ ma‘nolarida ko‗llanilgan. Ehtiyojmand jamoa
a‘zolari foydasiga doimiy ravishda yig‗iladigan soliq sifatida zakot
xirojdan keyin joriy qilingan bo‗lib, Muhammad Payg‗ambarning
vafotlaridan keyin jamiyat hayotida zakotni to‗lashga ehtiyojning
yo‗qligi tufayli uning o‗rnini xayr-saxovatning boshqa turlari egallagan.
Zakotni rasmiy ravishda joriy qilish va miqdorini tayinlash hazrati Umar
xalifaligining dastlabki yillarida amalga oshiriladi.
Keyinchalik O‗rta Osiyo jamiyatida insonlarga mehr-muruvvat,
saxovat ko‗rsatish maqsadida islom an‘analariga ko‗ra zakotni faqat
balog‗at yoshidagi va to‗lashga qodir bo‗lgan musulmonlar berganlar
hamda u quyidagicha olingan:
- ekinzorlardan;
- uzumzorlardan va xurmo daraxtidan;
- chorvadan;
60
- oltin va kumushdan;
- sotiladigan mollardan va hokazo.
Dehqonchilik mahsulotlaridan olinadigan zakot hosilning 1/10 bir
qismi miqdorida hosil o‗rib-yig‗ib olingan paytda olingan bo‗lsa, boshqa
turdagi narsalardan ularning 1/40 miqdorida yil tugaguncha olingan.
Yig‗ib olingan mablag‗ qozi ixtiyorida bo‗lib, yil davomida o‗sha yig‗ib
olingan muzofotdagina sarf qilinishi mumkin bo‗lgan. Bundan faqat
g‗oziylarga berishga mo‗ljallangan mablag‗largina istisno edi.
Muhim jihati shunda bo‗lganki, yig‗ib olingan zakotdan yordam
olishga hech narsasi yo‗q nochorlar, kambag‗allar, zakot yig‗ib
oluvchilar, taqdirlanishga arzigulik kishilar (muayyan toifa vakillari),
qarzini to‗lashga qodir bo‗lmagan shaxslar, g‗oziylar, uyiga qaytib
borishga mablag‗i bo‗lmagan musofirlar haqli bo‗lganlar.
Xalqimiz huquqiy qarashlari, milliy an‘analariga muvofiq zakot
ba‘zida sadaqa (ko‗ngilli ravishda xayru-ehson qilish) tarzida ham
ifodalangan. Garchi u umumiy yig‗ib olingan bo‗lsada, Ko‗pchilik
hollarda miskin, faqir, beva-bechoralarga ehson tariqasida ham
tarqatilgan. Ko‗pincha dehqonchilik mahsulotlaridan olinadigan zakot
―utr‖ deb atalib, odatda qozi ixtiyoriga emas, balki xazinaga tushgan.
Shuningdek, qazib olinadigan oltin, kumush, qimmatbaxo toshlar,
dengiz mahsulotlari va topib olingan xazinalardan tushadigan zakot ham
davlat xazinasiga tushar edi. Ko‗p hollarda zakot deganda chorva, pul va
sotiladigan mollardan olinadigan soliq ham tushunilgan.
Umuman zakot ixtiyoriy xayriyaning bir turi bo‗lib, musulmon
banda o‗z daromadi yoki mulkini bir qismini Alloh yo‗lida xayr-ehson
sifatida sarflagan. Musulmon kishi o‗z daromadining 1/5 qismini
qashshoqlar, yetim-esirlar, yolg‗izlarga berib, qolgan qismini o‗z
ehtiyojiga sarflagan. Xususan, Muhammad Payg‗ambarning, keyinchalik
esa xalifalarning, qolaversa alohida mansabdagi imtiyozli musulmon
oilalarining sarf-xarajatlari ham shu tarzda bo‗lgan. Arablarning O‗rta
Osiyodagi hukmronligi 651 yilda Marvni egallashdan boshlanib,
61
dastlabki talonchilik hujumlari Poykent va Buxoroni mahv etish bilan
yakunlangan. Bu davrda zakot butun Movarounnahrda keng yoyilgan.
Shu bilan birga, zakotdan tashqari, garchand soliq bo‗lmasa-da,
musulmon davlatlarida, xususan, Movarounnahrda tarixan zakotning
mazmun-mohiyatiga yaqin bo‗lgan ―sadaqa‖ tushunchasi ham mavjud
bo‗lgan. Bu davrda sadaqa keng tarqalgan yig‗im bo‗lib, agarda uning
mazmun-mohiyatiga e‘tibor qaratsak, u o‗ziga to‗q, turmushda moddiy
mavqega ega kishilar tomonidan miskin, beva- bechoralarga berilganligi
ayon. U jamiyatning o‗ziga to‗q toifa kishilaridan to‗plab olingan va
davlatning, ya‘ni mahalla, qishloq oqsoqolliklari, viloyat hokimliklari,
beklik, amirlik, xonlik devoni amaldorlari tomonidan ayrim hollarda
miskin, kambag‗allar uchun tarqatilganligi bois, mohiyatan davlat va
jamiyat hayotida ijtimoiy ahamiyat kasb etgan.
Jamiyatda insonlarning huquqiy mavqei, ijtimoiy toifasiga ko‗ra
―sadaqa‖ – (arabcha – chin dildan qilingan ehson) xayru-ehson
tushunchasida ham ko‗llanilgan. Sadaqa berish haqida Qur‘oni Karimda
ham ta‘kidlab o‗tilgan bo‗lib, u haqdagi masalalarni islom huquqi
(fiqh)ning uqubot va ahkom bo‗limlari ham talqin qiladi. Sadaqa berish
islomda imkoni bo‗lgan har bir kishi uchun farz hisoblanadi. Birovga
sadaqa bera olishga qurbi yetmaydigan kishilar sadaqa olishlari mumkin
bo‗lgan, sadaqaning quyidagi turlari mavjud bo‗lgan:
- bir martalik xayru-ehson ko‗rinishdagi sadaqa;
- kafforat, ya‘ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‗rini-
shidagi sadaqa;
- o‗ziga to‗q bo‗lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‗qsil,
miskinlar foydasiga ajratib beriladigan sadaqa va hokazo.
Dastlabki ikki holatda sadaqa pul, ovqat, kiyim-kechak, xizmat
ko‗rsatish va uy-joy bilan ta‘minlash, karzdan va majburiyatdan kechish
kabi shakllarda bo‗lgan. Uchinchi holatda sadaqa – faqat pul bilan
beriladigan, u maxsus soliqchilar tomonidan yig‗ilib, markaziy yoki
mahalliy xazina (bayt ul-molga) kelib tushgan. Xususan, o‗rta asrlarda
62
bu mablag‗ sadaqa deb ataluvchi zakotdan to‗plangan mablag‗ bilan
birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan sug‗urta vositasi turi
sifatida markaziy hokimiyat nomidan kambag‗al, muhtoj kishilarga
tarqatilgan. Sadaqa mablag‗laridan yordam olishga kambag‗allar va
nogironlar haqli bo‗lib, ularning bu holati to‗g‗risida jamoaning uch
a‘zosi shohidligi lozim bo‗lgan.
Shuningdek, biror sabab bilan xonavayron bo‗lgan, qurbi
yetmaydigan
xarajatlar,
to‗lovlarni to‗lash (masalan, muhtoj
qarindoshlarini boqish)ga majbur bo‗lgan kishilarga ham sadaqa
berilgan va hokazo. Shuningdek, xalifalik davrida sadaqa to‗plovchi va
taqsimlovchi amaldorlarga, musofirxonalarga, biror sabab bilan safarni
davom ettira olmay qolgan yo‗lovchilarga ham sadaqa mablag‗lari
ajratilgan.
Huquqiy manbalar, fiqh ilmiy manbalari hamda Xadisu-sharifda va
boshqa adabiyotlarda sadaqa ma‘nosi bilan zakot tushunilgan. Sadaqa va
zakot dastlab bir-biriga yaqin tushuncha bo‗lganligi bois, zakotdan
qoladigan mablag‗ni olish huquqiga ega kimsalar ham sadaqa
mablag‗laridan foydalanish huquqiga ega bo‗lganlar. Huquqiy va tarixiy
hujjatlarda sadaqaning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kafforat
(jarima) kabilar kirgan. Ixtiyoriy sadaqalar esa xudoyi, to‗ylar,
ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamg‗armalarga beriladigan moddiy
xarajatlardan iborat bo‗lgan. Odatda, sadaqa deganda faqat muhtojlarga,
gadoylarga beriladigan narsalar tushuniladi. Lekin jamiyatning huquqiy
mezonlaridan kelib chiqib sadaqa xayr-ehsonning barcha turlari uchun
qo‗llanilgan.
Dostları ilə paylaş: |