§
3.4. G„aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatida
shakllangan soliqlar tizimi
G‗azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning
ikkinchi yarimiga to‗g‗ri keladi. G‗aznaviylar davlatining asoschisi
Sabuqtegin bo‗lib, bu davlat uning o‗g‗li Mahmud G‗aznaviy davrida
musulmon olamining eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Uning
69
hukmronligi davrida (998-1030) Xorazm, Xuroson, Seyiston, Qobul,
G‗azna, Shimoliy Hindiston kabi viloyatlar va makonlar g‗aznaviylar
izmida bo‗lgan. Mahmudning o‗limidan so‗ng uning o‗rniga taxtga
o‗g‗li Ma‘sud o‗tiradi. Binobarin, Mas‘ud davri (1030-1041) asosan
Mahmud sa‘y-harakatlari bilan ko‗lga kiritilgan natijalarni saqlab qolish
yulidagi urinishlar yillari bo‗ldi, desak to‗g‗ri bo‗ladi.
G‗aznaviylar davri boshqaruv tizimi o‗zining murakkabligi bilan
diqqatni jalb etadi. U ko‗p jihatdan somoniylar, qoraxoniylar
zamonidagi davlat boshqaruvi, shu jumladan, soliq tizimlariga yaqin va
o‗xshash. Chunki har qanday boshqaruv tizimi (shakli) mavjud ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-madaniy sharoitga bog‗liq bo‗ladi.
Boshqa tomondan esa g‗aznaviylar hukmronligi ostida bo‗lgan Xuroson,
Seyiston, Qobul, Fazna kabi viloyatlar mintaqaning ajralmas tarkibiy
qismlari bo‗lib kelganliklarini nazarda tutsak, boshqaruvchilik
taraqqiyotidagi o‗xshashliklar, yaqinliklar sababi ma‘lum bo‗ladi.
Mahmud G‗aznaviy davrida (997-1030) Xorazm hukmdori
Oltintosh viloyat xirojini o‗zida iqta haqi sifatida saqlab qolish taklifini
bosh vazirga yuboradi. Shunda bosh vazir: ―Amir Oltintoshga ma‘lum
bo‗lsinki, u Mahmud G‗aznaviy bo‗la olmaydi. Soliqlarni yig‗, xazinaga
yetkaz, undan so‗ng o‗z ta‘minoting uchun so‗ra. Qul uchun shohlikda
o‗z hukumdori bilan bir qatorda talab qo‗yish juda xavflidir!‖ deydi.
Nizomulmulkning yozishicha, ―G‗aznaviylar iqta bermaganlar.
Xazinadan yiliga xarajatlar uchun 4 marta mablag‗ ajratilgan. Amirlar
soliqlarni yig‗ib xazinaga topshirganlar. Xazinadan har 3 oyda viloyatlar
uchun mablag‗ ajratganlar. Ular esa rozi va farovon edilar‖.
Saljuqiylar turkiy o‗g‗iz qavmidan bo‗lib, ular dastlab hozirgi
Janubiy Qozog‗iston hududidagi yaylovlarda, Sirdaryoning o‗rta
oqimidagi yerlarda ko‗chmanchi hayot kechirar edilar. Aslini olganda
xuddi shu vaqtda saljuqiylar sulolasi hali shakllanmagan edi. Boshqacha
aytganda, saljuqiylar bu etnik nom emas. X asrda Balxash ko‗lining
janubidan to Volga daryosi etaklarigacha bo‗lgan hududda turkiy
70
xalqlardan bo‗lmish o‗g‗izlar yashardilar. Ular ko‗plab qabila va
urug‗larga bo‗linganlar. Ana shundaylardan biri – qiniq urug‗idan
chiqqan Saljuq ismli shaxs o‗zining fazilatlari, bilimdonligi, abjirligi va
mardligi orqasida obro‗-e‘tibor qozonib boradi va bir qancha o‗g‗iz
qabilalari sardori, katta qo‗shin boshlig‗i darajasiga erishadi. Tabiiy
ravishda bunday shaxslarning borib-borib o‗z davrasi, ta‘sir doirasi
vujudga keladi. Saljuqda ham shunday bo‗lgan. Bu esa o‗z o‗rnida
muayyan qarama-qarshiliklarni ham vujudga keltirgan. Xullas, iqtisodiy-
siyosiy raqobat natijasida Saljuq o‗z tarafdorlari bilan yuqorida tilga
olingan Sirdaryoning o‗rta oqimlarini tark etib, daryoning quyi oqimi
chap qirg‗og‗ida joylashgan Jand viloyati yaqiniga kelib o‗rnashadi. Bu
voqea taxminan X asrning o‗rtalarida sodir bo‗lgan. Shu orada ular
islom dinini qabul qiladilar. Ular xuddi shu asrda Movarounnahrni idora
qilayotgan somoniylar, aniqrog‗i so‗nggi somoniylarni harbiy jihatdan
qo‗llab-quvvatlaganlarini bilamiz. Saljuqiylarning Movarounnahr
siyosiy hayotiga faol aralashuvi ayniqsa somoniylarning qoraxoniylar
bilan raqobati yillari kuchaydi. Bu esa saljuqiylar qaramog‗idagi o‗g‗iz
qavmlarining
Samarqand,
Buxoro,
Kesh
viloyatlariga
borib
o‗rnashishlari uchun sharoit yaratdi. Ular o‗z turmush tarzlariga ko‗ra
yaylovlar, dashtliklarda o‗rnashganliklari tabiiy. Shahar va vohalarda
esa, avvalgidek, o‗troq turkiy aholi istiqomat qilavergan.
Saljuqiylar davrida ayrim shartlar asosida iqtadorlar o‗z foydalari
hisobiga renta yig‗ish huquqini oladilar. Shunday bo‗lsada muqtalar
(iqtadorlar) o‗z foydalari huquqlarini yanada kengaytirishga harakat
qilganlar. Nizomulmulk bu xususda shunday yozadi: ―Iqtaga ega muqta
bilsinkim, halqqa nisbatan ularga yuklangan soliqni to‗g‗ri va qonuniy
yo‗l bilan yig‗sinlar. Bunda halq sog‗lig‗i, mulklari, xotin-bolalari
xavfsizligi ta‘minlansin. Ularning buyumlari va yerlari daxlsiz bo‗lsin
va muqtalar halqqa nisbatan boshqacha yo‗llarni tutmasinlar‖.
Mamlakatda dehqonchilik rivojlanib borib, bunga asosan sun‘iy
sug‗orish tizimlarining kengayib, mukammallashib borishi keng yo‗l
71
ochib bergan. Chunonchi, suv to‗g‗onlarini ta‘mirlash, yangilarini
qurish, yer osti va yer usti suv inshootlarini barpo etish,
dehqonchilikning ilg‗or usullaridan foydalanish, sun‘iy suv havzalarini
yaratish kabi tadbirlar o‗sha zamon dehqonchiligi taraqqiyotidagi asosiy
omillardandir. G‗allachilik, bog‗dor-chilik, polizchilik, sabzavotchilik,
paxtachilik, pillachilik sohalaridagi yutuqlar ham ilgarigi davrlar va
boshqa mintaqalardan kam bo‗lgan. Chunonchi, Xorazm qovunlari,
Jurjon (Gurgon) xurmolari, shakarqamishi, limonlari, Niso uzumlari,
behilari, baqlajonlari, Marv bug‗doyi nafaqat mintaqada, balki undan
tashqarida ham shuhrat qozongan edi.
Saljuqiylar dehqonchilik va hunarmandchilik taraqqiyoti uchun
tegishli asos yaratib beradi. Shuning uchun ham yozma manbalar,
arxeologik izlanishlar natijalari bergan guvohliklarga nazar solinsa,
to‗qimachilik (ip gazlama, ipak, zig‗ir tolasidan tayyorlangan matolar
ishlab chiqarish), kulolchilik (kosa, xum, ko‗za, piyola va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarish), gilamchilik, zargarlik, oynasozlik,
temirchilik, ko‗nchilik kabi qator sohalar ham ichki, ham tashqi talab va
ehtiyojlarni qondirish yo‗lida taraqqiy etib borgan. Savdo-sotiqning
rivojlanishida ishlab chiqarish (dehqonchilik, hunarmandchilik) bilan bir
qatorda ulkan iqtisodiy-savdo makonining mavjudligi ham muhim o‗rin
tutgan. Albatta, bunday makonni yaratish oson bo‗lmagan. Shaharlarda
bozorlar ahvolini yaxshilash, tartib o‗rnatish, karvon yo‗llari
xavfsizligini ta‘minlash, ma‘lum masofalarda rabotlar, to‗xtash joylari
bino etish, pul muomalasini nazorat qilish kabi qator muhim tadbirlarni
doimo amalga oshirishga to‗g‗ri kelgan. Buning natijasida mintaqaning
O‗rta va Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa, Hindiston, Xitoy kabi
mamlakat va o‗lkalar bilan savdo aloqalari gurkirab borgan.
1087 yili Sulton Malikshoh Sharq va G‗arb yo‗nalishlararo savdoni
yanada jonlantirish niyatida Xuroson va Iroq savdogarlarini ba‘zi bir
savdo to‗lovlaridan ozod etgan. Savdo-sotiqda quruqlikdan tashqari
72
Kaspiy dengizi imkonlaridan ham oqilona foydalanishga intilingani
ma‘lum.
Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilganligini
bilamiz. Yoki bo‗lmasa, Sirdaryo quyi oqimi o‗ng qirg‗og‗i yerlaridan
chiqadigan mushk, oltin, kumush kabilar nafaqat tashqi bozorda, balki
mintaqaning o‗zida ham g‗oyatda qadrlangan. Umuman olganda,
mintaqa bozorlarida qimmatbaho mo‗yna, qorako‗l terisi, tuzlangan
baliq, morj qoziq tishidan tortib quruq meva, nafis matolar, qimmatbaho
toshlar, taqinchoqlargacha topish mumkin edi.
Pul birligi o‗rnida sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) qabul
qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo‗shimcha metall aralashmasi
bo‗lgan va mahalliy ahamiyat kasb etgan dinor ham bo‗lib, uni rukniy
deganlar. Shuningdek, muomalada mis dirhamlar ham bo‗lib, ular
asosan ichki bozorga mo‗ljallangan. Saljuqiylar davrida ham chek,
akkreditiv, veksel tarzidagi naqd pulsiz muomala qilish tizimi amalda
bo‗lganini alohida ta‘kidlash lozim.
Tariximizning
saljuqiylar,
g‗aznaviylar,
qoraxitoylar
va
xorazmshohlar davrida soliqlarning somoniylar hamda qoraxoniylar
davridagi shakllangan funksiyalar tizimi ayrim sulolaviy o‗zgarishlarni
istisno qilganda, deyarli avvalgidek davom etgan.
Xorazmshohlar davlati markazi – Gurganj yirik savdo va madaniy
markazga aylangan. Shuningdek, Hazorasp, Kat, Xushmusan, Darg‗on,
Savag‗on, Mang‗ishloq, Nuzkat kabi shaharlari obod shaharlar qatoriga
kirgan.
Xorazm
davlati
qadimdan
sun‘iy sug‗orishga asoslangan
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik rivojlangan hududlardan
biri bo‗lgan. Qadimgi davrlarda bu hudud rivojlanishining asosiy
omillardan biri Buyuk ipak yo‗lining bu hududdan o‗tganligi edi.
Xorazmshohlar davlati davrida yirik siyosiy birlashmaning vujudga
kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. Bu esa o‗z navbatida
hunarmandchilikning,
savdoning
rivojlanishiga,
shaharlarning
73
yuksalishiga zamin yaratdi. Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va
barqarorlikka erishilishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanishida ham ijobiy o‗zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar,
yozma manbalar guvohligiga ko‗ra sun‘iy sug‗orishga katta e‘tibor
berilib, vohalar imkonidan iloji boricha keng foydalanishga harakat
qilingan. Natijada dehqonchilikninig rivojlanishida uzilish bo‗lmagan.
Turli hil qishloq ho‗jalik mahsulotlari yetishtirilgan. Ulardan yuqori
hosil olingan. Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik
rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar,
zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog‗-
moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabduqlar, ho‗l va quruq meva,
ipakchiliklar, javohirlar va boshqa ko‗plab mahsulotlar ham ichki
bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli
davlat idoralarining hissasi ham katta bo‗lgan. Chunonchi, doim
bo‗lganidek muxtasib
28
lar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning
sifati, toshu tarozining ahvolidan xabardor bo‗lishni to‗xtatmaganlar.
Karvon yo‗llarida to‗xtash joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan,
katta karvonlarni qo‗riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy
pahlavonlari ham jalb etilgan.
Xorazmshoh Takash o‗z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan
adolatli bo‗lishga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga,
soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‗liq rioya etishga amr qilgan.
Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan
aholini soliqlardan ozod etgan.
Xorazmshohlar davrida dehqonlarning turmush tarzi ancha yuqori
bo‗lgan. Hukmdorlar va iqto egalari ham dehqonchilikdan yuqori hosil
olish uchun dehqonchilikka ko‗p mablag‗ sarflab, qishloqning
iqtisodiyotini qo‗tarishga harakat qilganlar. Takashning munshiysi –
shaxsiy kotibi Muxammad Bag‗dodiy At-tasviri ila-tarassul (Muhim
28
Hududda shariat qonunlariga amal qilinayotganligini va bozorlarda toshu tarozining to‗g‗riligini
nazorat qiluvchi shaxs.
74
nomalar bitish yo‗l-yo‗riqlari) asarida o‗sha davrdagi ahvolni yozib
qoldirgan.
Bu davrdagi voqea-hodisalarni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan va to‗g‗ri
xolis xulosalar chiqarishi mumkin bo‗lgan inson Shahobiddin An-
Nasaviy Sulton Muhammadning hukmronligini yuksak baholab shunday
deydi: ―Uning amalga oshirgan ishlari nihoyatda ulug‗ edi, otasi unga
Xuroson va Xorazm hukmdorligini meros qoldirdi, u bunga Iroq va
Mozandaronni ham birlashtirdi. Shu bilan birga, qo‗l ostiga Kirmon,
Kesh, Seyiston, G‗ur, O‗azni, Bomiyon mamlakatlarini, Hindistonning
vodiylariga qadar maskanlarni qo‗shib oldi. Bu ishlarning hammasini
qilichlar qindan chiqarilmasdan, hatto qinlar yelkalarga osilmasdan
amalga oshirildi, bu mamlakatlarni ortiqcha kuchsiz, kurashsiz,
zo‗ravonlik va vayronagarchiliksiz, faqat tahdid va qo‗rqitish bilan bosib
oldi. U o‗z qo‗l ostiga to‗rt yuzga yaqin shaharlarni birlashtirdi. Boshqa
birov bo‗lganda bu darajada muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechardi, u
esa bir og‗iz so‗z bilan qo‗l ostiga shuncha miqdordagi mulkni to‗pladi‖.
Anushteginlar davrida madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish,
ularni kitoblar bilan to‗ldirish, iste‘dod egalarining boshini silash, asrab-
avaylash odati saqlanibgina qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo maskani
bo‗lmish kutubxonalar faoliyatiga katta e‘tibor berilgan. Masalan,
Buxoro viloyatidagi shaharlardan birida fuqarolar uchun, ya‘ni umumiy
kutubxona mavjud bo‗lib, unda saqlanadigan qo‗lyozma asarlar g‗oyatda
noyob hisoblangan. Xuddi shunday kutubxonalar o‗lkaning boshqa
yerlarida ham, masalan, Xorazmda bo‗lgani ma‘lum. Madrasalarga
kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari saltanat
markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda
ham qad ko‗targan. Ularda o‗qish jarayoniga juda katta mas‘uliyat bilan
qaralganini shundan ham bilib olsa bo‗ladiki, madrasa rahbari va
mudarrislar oliy hukmdor yo uning joylardagi noibining maxsus
buyrug‗i bilan tayinlanganlar. Chunki har qanday jamiyat, u qanchalik
turli imkoniyatlarga ega bo‗lmasin, agar shu imkoniyatlarni yuzaga
75
chiqarishga qodir mutaxassislar bo‗lmas ekan, ular og‗izda qolaveradi.
Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, parvarish etiladi. Xorazmshohlardan
Otsiz, Takashlarning shu ma‘nodagi buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular
mazkur haqiqatni juda to‗g‗ri anglaganliklari namoyon bo‗ladi. Shuning
uchun ham ular ta‘lim va tarbiya, fan sohalariga mutasaddilarning ilmli,
iymonli, hurmatli, halol bo‗lishlariga katta e‘tibor bilan qaraganlar.
Mazkur siyosat o‗z mevasini ham bergan. Bahoviddin Marvaziy, Abu
Ali Hasan Buxoriy, Zahiriddin G‗aznaviy, Ismoil Jurjoniy, Faxriddin
Roziy, Mahmud Zamaxshariy, Abulfath Xorazmiy, Abulqodir Jurjoniy,
Sirojiddin Xorazmiy, Rashididdin Votvot, Sayfi Isfarangiy, Ziyo
Xo‗jandiy, Najmiddin Kubro, Majididdin Xorazmiy kabi o‗nlab
matematiklar, yulduzshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar,
adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf olimlar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |