272
11-BOB. SOLIQQA TORTISHNING ZAMONAVIY
NAZARIYALARI
§ 11.1. Optimal soliqqa tortish
nazariyasi
Xalqaro
iqtisodiyot
nazariyasida
resurslarni
taqsimlashning
ijtimoiy
samaradorligiga
erishish
muammosi
italiyalik injener, iqtisodchi va sotsiolog
Vilfredo Pareto (1848-1923)
tomonidan
ishlab chiqilgan. ―Pareto samaradorligi‖
zamonaviy iqtisodiyot uchun asosiy
tushunchalardan biri bo‗lib, uning asosida
birinchi va ikkinchi farovonlik teoremalari quriladi.
Pareto konsepsiyasiga ko‗ra resurslardan minimal foydalangan
holda ishlab chiqarish sohasida optimal taqsimlash va ehtiyojlarni
maksimal darajada qondirish ta‘minlanadi. Boshqacha aytganda,
iste‘mol sohasida samarali taqsimlashni nazarda tutadigan jamiyatning
umumiy iqtisodiy muvozanati va resurslarni taqsimlashning ijtimoiy
samaradorligi holati hisoblanadi
299
.
Mukammal raqobat sharoitidagi bozor iqtisodiyotida Pareto
bo‗yicha optimumga avtomatik erishiladi.
Pareto qonuni yoki Pareto ―20/80‖ tamoyiliga ko‗ra 20 foiz harakat
80 foiz natijani beradi, qolgan 80 foiz harakat esa faqatgina 20 foiz
natijani beradi. Ushbu ko‗rsatkich ma‘lum bir faoliyatning natijadorlik
omillarini aniqlashda va uni optimallashtirishda foydalaniladi. Eng
299
Парето В. Социалистические системы / В. Парето. – Москва: Директ-Медиа, 2007. – 131 с. –
Режим доступа: по подписке. – URL: https://biblioclub.ru/index.php?page=book&id=26557 (дата
обращения: 26.02.2022). – ISBN 978-5-94865-918-3. – Текст: электронный.
273
zarur minimal harakatlarni to‗g‗ri tanlash kutilayotgan natijaning katta
qismiga tezroq erishishni ta‘minlaydi. Bunda keyingi harakatlar
natijaga unchalik ta‘sir etmaydi va o‗zini oqlamasligi mumkin
300
.
Paretoning taqsimlanish qoidasi (ehtimollar nazariyasi) barcha
turdagi hodisalarni o‗rganishda keng qo‗llaniladi. Xususan, ijtimoiy,
iqtisodiy, fizik va boshqa hodisalar.
Pareto iqtisodiyotda yaratilgan boyliklarning taqsimlanishi
bo‗yicha 20/80 ko‗rsatkichini qayd etgan. Ya‘ni, uning taqsimlanish
qoidasiga binoan aholining 20 foizi mamlakatda yaratilgan umumiy
boyliklarning 80 foiziga egalik qiladi (Italiyadagi aholi daromadlari
bo‗yicha aniqlangan).
Ma‘lum bir tizimda, tizimni ifodalovchi xususiy ko‗rsatkichlar
holatini tizimdagi boshqa birorta ko‗rsatkich holatiga zarar
yetkazmagan holda yaxshilashning imkoni bo‗lmaydi. Pareto bo‗yicha
optimal holat - ―Hech kimga zarar keltirmaydigan va ayrim shaxslarga
foyda keltiradigan (ularning shaxsiy bahosi bo‗yicha) har qanday
o‗zgarish yaxshilanish bo‗ladi‖. Bu degani, hech kimga qo‗shimcha
zarar keltirmaydigan barcha o‗zgarishlarga bo‗lgan huquq tan olinadi.
Iqtisodiyotda Pareto samaradorligiga erishilgan vaziyat tomonlar
almashinuvida olingan barcha manfaatlar tugagan holatdir.
Pareto bo‗yicha optimal bozor holati bu shunday holatki, unda
iqtisodiy
jarayonlarning
bironta
ishtirokchisi
holatini,
hech
bo‗lmaganda boshqa ishtirokchilardan bittasiga zarar yetkazmagan
holda yaxshilash imkoniyati bo‗lmasligidadir.
Pareto bo‗yicha optimum – bu shunday (taqsimlanish) holatki,
unda jamiyatning jami boyliklari maksimal darajaga yetadi va boyliklar
hamda resurslar taqsimlanishi optimal holatga keladi, ya‘ni ushbu
holatning (taqsimlanishning) har qanday o‗zgarishi hech bo‗lmaganda
iqtisodiy tizimning bitta subyektiga zarar keltiradi.
300
Парето В. Трансформация демократии: сборник научных трудов / В. Парето. – Москва:
Территория будущего, 2011. – 208 с. – (Университетская библиотека Александра Погорельского).
– Режим доступа: по подписке. – URL:
https://biblioclub.ru/index.php?page=book&id=85013
(дата
обращения: 26.02.2022). – ISBN 978-5-911290-62-7. – Текст: электронный.
274
Pareto bo‗yicha optimallik taklif qilingan o‗zgarish ba‘zilarga foyda
keltiradigan va ayni paytda boshqalarga zarar (yo‗qotish) keltiradigan
holatga qo‗llanilmaydi.
Paretoga
ko‗ra optimallik mezoni foydalilikning umumiy
maksimallashuvi emas, balki uning har bir shaxs uchun ma‘lum bir
boshlang‗ich tovar zaxirasiga ega bo‗lishdagi maksimallashuvi
hisoblanadi.
Iqtisodiy subyektning oqilona xulq-atvoriga asoslanib, korxona
mahsulot ishlab chiqarishda shunday imkoniyatlaridan foydalanadiki,
bunda uning foydasi maksimal oshadi. Iste‘molchi, o‗z navbatida,
maksimal foydani ta‘minlaydigan bunday tovarlar to‗plamini sotib oladi.
Tizimning
muvozanat
holati
maqsadli
funksiyalarni
optimallashtirishni nazarda tutadi (iste‘molchi uchun – maksimal
foydalilik, tadbirkor uchun – maksimal daromad). Aynan shu Pareto
bo‗yicha bozorning optimal holatini anglatadi. Demak, har biri o‗z
manfaati uchun intilayotgan barcha bozor ishtirokchilari o‗zaro
manfaatlar muvozanatiga erishsalar, umumiy qoniqish (umumiy
foydalilik funksiyasi) maksimal darajaga yetadi. Bu esa deyarli
A.Smitning ―ko‗rinmas qo‗llar‖ (to‗g‗ri, foydaliligi jihatidan emas, balki
boyligi jihatidan) haqidagi mashhur iborasini eslatadi. Keyinchalik
umumiy bozor muvozanati haqidagi teorema aslida bozorning Pareto
optimal holati ekanligi isbotlandi
301
.
Boshqacha aytganda, maqsadli funksiyalarning optimal holati
barcha bozorlarda muvozanatni ta‘minlaydi. Paretoga ko‗ra, obyektiv
funksiyalarni
optimallashtirish
iqtisodiy
jarayonning
barcha
ishtirokchilari tomonidan mumkin bo‗lgan eng yaxshi muqobilni
(alternativ) tanlashni anglatadi. Biroq, ta‘kidlash joizki, har bir
individning tanlovi u foydalanadigan va tasarruf etadigan dastlabki
foydaning (manfaat) narxiga va hajmiga bog‗liq bo‗lib, foydaning
301
Schumpeter J.A. Ten Great Economists from Marx to Keynes (Oxford University Press, 1951); M.
Allais, Pareto, Vilfredo, International Encyclopedia of the Social Sciences, vol. 11, ed. D.L. Sills
(Macmillan Free Press, 1968).
275
(manfaat) dastlabki taqsimotini o‗zgartiradi. Bundan kelib chiqadiki,
bozor muvozanati allaqachon shakllangan taqsimlash tizimi doirasidagi
eng yaxshi pozitsiya hisoblanadi va Pareto modeli jamiyatning
tengsizlikni qabul qilmasligini anglatadi.
Turli tarixiy davrlarda bir qator mamlakatlar statistikasini o‗rganish
asosida, Pareto ma‘lum bir qiymatdan yuqori daromadni taqsimlash
muhim barqarorlikni saqlab qoladi va bu ijtimoiy sharoitlarning
nomukammalligi emas, balki inson tabiiy qobiliyatining notekis
taqsimlanishidan dalolat beradi, degan g‗oyani ilgari surdi. Bu
Paretoning jamiyatni ijtimoiy qayta qurish masalalariga o‗ta shubha
bilan qarashiga olib keldi
302
.
Soliqqa tortishning iqtisodiy samaradorligini oshirish ortiqcha
soliq yukini minimallashtirishni o‗z ichiga oladi. Soliqlarni
optimallashtirish muammosini hal qilish uchun soliq siyosatining
maqsadlari va cheklovlarini tahlil qilish kerak.
Soliq siyosatining maqsadlari davlat moliyasining funksiyalari, shu
jumladan soliqqa tortish bilan belgilanadi, ma‘lumki, ularning uchtasi
mavjud:
1.
Allokatsion (agar resurslarni taqsimlanishi bozor kamchiliklari
tufayli yetarli darajada samarali bo‗lmasa davlatning soliq siyosati
orqali korrektirovka qilish).
2.
Qayta taqsimlash (byudjet siyosatida ifodalangan taqsimlash).
3.
Barqarorlashtirish (makroiqtisodiy muvozanatga ta‘siri).
Soliqqa tortishni optimallashtirish masalalarini aynan allokatsion
funksiya asosida ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Chunki,
aynan soliqlarning (soliq yukining) allokatsion samaradorlikka ta‘siri
aniq miqdoriy xarakterga ega. Optimal soliqqa tortish ortiqcha soliq
yukini
kamaytiradi.
O‗z
navbatida
qayta
taqsimlash
va
barqarorlashtirish funksiyalari optimal soliqqa tortishning sifat tarkibiy
qismi hisoblanadi.
302
Беккер Г., Босков А. Современная социологическая теория. М., 1961. – С 452
276
Allokatsion (―allocation‖ – ingl. lug‗aviy ma‘nosi: aniqlangan,
belgilangan) samaradorlik nuqtai nazaridan davlatning soliqlarni
yig‗ishga qodirligini va qayta taqsimlashdagi aniq talablarni
ifodalovchi qoniqarli cheklovlarga ega soliq strukturasi (tuzilmasi)
Pareto optimal soliq strukturasi deb nomalanadi. Aynan shunday
strukturalarni qidirish soliq solishni optimallashtirish vazifalari
tarkibini tashkil etadi
303
.
Dostları ilə paylaş: |