Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

293
 
Гэлбрейт джон. экономические теории и цели общества. м.: прогресс, 1979. перевод с 
английского, прогресс, 1976.
294
Гелбрейт Дж. К. Новое индустриальное общество. М., 2004, С – 602. 


265 
§ 10.5. Neokeynschilik ta‟limotida soliqqa doir nazariy qarashlar 
Neokeynschilik – J.M. Keynsning mehnatlariga tayangan urush 
davridan keyin ishlab chiqilgan makroiqtisodiy g‗oyaga asoslangan 
maktab hisoblanadi. Bir guruh iqtisodchilar (ayniqsa, Franko Modilyani, 
Jon Xiks va Pol Samuelsonlar) Keynsning ta‘limotini talqin qilish, unga 
izoh berish va rasmiy ko‗rinishda tasavvur etish hamda uni 
iqtisodiyotning neoklassik modellari bilan sintez qilishga urindilar
295

Shu sababdan ularning ishlari ―neoklassik sintez‖, deb nomlandi va 
uning asosida neokeynschilikning markaziy g‗oyalarini tashkil etuvchi 
modellar yaratildi. Neokeynschilik gurkiragan vaqti 1950, 1960 va 1970 
yillarga to‗g‗ri keladi. 
Neokeynschilik 
kapitalistik 
iqtisodiyotni 
davlat 
tomonidan 
monopolistik tartibga solish nazariyasi bo‗lib, keynschilikning 1939-
1945 yillardagi ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan tarixiy 
vaziyatga qo‗llaniladigan modifikatsiyasidan iborat. Neokeynschilikning 
taniqli tarafdorlari R.Xarrod, N.Kaldor, J.Robinson, YE.Domar, 
A.Xansen hisoblanadi. 
Agar 
R.Xarrod 
va 
YE.Domar 
G‗arbda iqtisodiy o‗sish 
nazariyasining asoschilari sifatida neokeynschilar orasida aniq bir 
o‗rinni egallagan bo‗lsa, unda YE.Xansen, P. Samuelson, J. Xiks va 
boshqalarni faqat iqtisodiy sikllar modellarini qurish bilan bog‗liq holda 
neokeynschilar, deb atash mumkin. Boshqa asarlarda esa ular neoklassik 
sintez mualliflari sifatida paydo bo‗ladi va J.Xiksning so‗nggi asarlari 
iqtisodiy nazariyaning institutsional yo‗nalishiga tegishli bo‗lishi 
mumkin. 
Neokeynschilikning paydo bo‗lishi. Neokeynschilik 1950-yillarning
1-yarmida kapitalizmning umumiy tub inqirozi va monopolistik 
kapitalizmdan davlat-monopolistik kapitalizmiga o‗tish jarayoni bilan 
bog‗liq bo‗lib, ilmiy va texnologik inqilob, ikki jahon tizimlarining 
295
Лисин В. С. Макроэкономическая теория и политика экономического роста. Монография: учеб. 
пособие. М.: Экономика, 2004. С. 3.


266 
iqtisodiy raqobati va imperializmning mustamlakachilik tizimi qulashi 
ta‘siri ostida shakllandi. 
Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy o‗sish sur‘atlari muammosi 
kapitalizmning hayot-mamot masalasi sifatida qarala boshlaganda 
neokeynschilik J.M.Keyns nazariyasi kabi asosan inqirozga qarshi 
iqtisodiy siyosatning muammolarini ko‗rib chiqish bilan cheklanib 
qolishi mumkin emas edi. Shuning uchun neokeynschilik kengaytirilgan 
kapitalistik ishlab chiqarishning miqdoriy bog‗liqliklariga yoki davlat-
monopolistik kapitalizmi iqtisodiy siyosatining eng muhim nazariy asosi 
sifatida iqtisodiy dinamika va iqtisodiy o‗sish muammolariga 
qaratilgan
296

Neokeynschilik 
ta‘limotining 
mohiyati.
 
Neokeynschilik 
keynschilikning iqtisodiy muvozanatni tiklash uchun kapitalizmning 
ofatli mexanizmini yo‗qotish va shu sababli kapitalistik iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solish zarurati haqidagi asosiy yo‗nalishidan 
kelib chiqadi. 
Bu boradagi neokeynschilikning o‗ziga xosligi shundaki, mazkur 
nazariya davlat-monopolistik kapitalizmini rivojlantirishning yanada 
yetuk bosqichini aks ettirgan holda Keyns nazariyasi kabi kapitalistik 
iqtisodiyotga burjua davlatining tasodifiy va bilvosita ta‘sirini emas, 
balki tizimli va to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etishini yoqlaydi. 
Shu sababli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish burjua 
konsepsiyasining asosiy muammolari o‗zgaradi. Iqtisodiyotni inqirozga 
qarshi tartibga solishga mo‗ljallangan bandlik nazariyasidan kapitalistik 
tizimni iqtisodiy rivojlantirishning barqaror sur‘atlarini ta‘minlash 
yo‗llarini topishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan iqtisodiy o‗sish 
nazariyasiga o‗tkazish amalga oshirildi. 
Neokeynschilik metodologiyasi milliy daromad, yalpi ichki 
mahsulot, yalpi talab, yalpi taklif, yalpi investitsiya va h.k. deb atalmish 
agregat toifalardan (makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar) foydalanish orqali 
296
Классики кейнсианства: в 2 т. М.: Экономика, 1997. Т. 1. – С 120.


267 
ishlab chiqarish muammolarini ko‗rib chiqishda makroiqtisodiy 
yondashuv bilan xarakterlanadi
297

Neokeynschilik doirasida bir nechta konsepsiyalar ishlab chiqilgan 
bo‗lib, ular orasida iqtisodiy dinamika va iqtisodiy o‗sish nazariyalari bir 
muncha muhimlari hisoblanadi. O‗z navbatida, iqtisodiy dinamika 
nazariyasi ham kumulyativ talab konsepsiyasi (investitsion nazariya), 
jamg‗arish konsepsiyasi va iqtisodiy dinamika tengligi konsepsiyalarini 
o‗z ichiga oladi. 
Neokeynschilik jamg‗arish va iste‘mol qilish moyilligi ostida 
barcha resurslardan ―to‗liq‖ foydalanilgan taqdirda inqiroz ehtimoli 
mavjudligini tan olishgan. Ularning fikricha, ―bandlik cho‗qqisi‖ga 
erishilganda pasayishning oldini olish vositasi etib ―o‗rnatilgan 
stabilizatorlar‖ (ish haqidan daromadni soliqqa tortish, chakana narxlar, 
sug‗urta, ish haqi, ishsizlik nafaqalari va boshqalarni tartibga solish) 
harakati doirasida amalga oshiriladigan davlat tomonidan tartibga solish 
chora-tadbirlari hisoblanadi
298

Neokeynschilikning iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
choralari kapitalizmni ichki ziddiyatlardan xalos eta olmaydi. Bundan 
tashqari, ―iqtisodiy o‗sish‖ siyosati iqtisodiyotni moliyalashtirish 
defitsiti, inflyasiya, kapitalistik 
mamlakatlar 
o‗rtasidagi savdo 
urushining keskinlashuvi, valyuta inqirozi, ekologik halokat va 
boshqalarga olib keldi. 
Umumman olganda, neokeynschilar metodologiyasida Keyns 
an‘analarini 
davom 
ettirib, 
makroiqtisodiy 
va 
miqdoriy 
yondashuvlardan, jami ko‗rsatkichlarni tahlil qilish, psixologik usuldan 
foydalanadi, milliy daromad taqsimotida miqdoriy nisbatlarning 
o‗zgarishini tan oladi. Investitsiya multiplikatoridan tashqari
neokeynschilar akseleratorni-investitsiya o‗zgarishining milliy daromad 
o‗zgarishiga bog‗liqligini ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichni joriy etadilar. 
 
297
Hairod R. F. An Essay in Dynamic Theory // Economic Journal, 1939. № 49. P. 15.
298
Domar Е. Capital Expansion, Rate of Growth, and Employment // Econometrica. 1946. № 14. P. 137.


268 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin