Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

Arthur Betz 
Laffer; 1940 yil
) konsepsiyasidan foydalandi. A.Laffer soliq yuki va 
davlat daromadlari o‗rtasidagi aloqani belgilovchi qonuniyat mavjud, 
degan 
fikrni 
ilgari 
suradi
286

Turli 
mamlakatlarning 
statistik 
ma‘lumotlarini umumlashtirib, u shunday xulosaga keldiki, soliq 
stavkalarini kamaytirish ishlab chiqarishning va iqtisodiy faollikning 
o‗sishini rag‗batlantiradi. Kamroq stavkada davlat ko‗proq daromad 
oladi, chunki yuqori soliqlar ishlab chiqarishni bo‗g‗ib qo‗yadi, 
korxonani aylanma mablag‗lar va investitsiyalardan mahrum qiladi
287

XX asrning 50-yillarida erkin bozor 
g‗oyasi tarafdori amerikalik iqtisodchi, 
Chikago 
universiteti 
iqtisodiyot 
professori Milton Fridman (
Milton 
Friedman; 
1912-2006

tomonidan 
monetarizm nazariyasi ilgari surildi. 
Monetaristlar 
byudjet 
multiplikatori 
mexanizmini shubha ostiga qo‗ydi. U 
soliq 
stavkalari 
va 
byudjet 
sarf-
xarajatlari 
o‗zgarishi 
milliy 
daromadning 
ko‗p karra o‗sishini 
ta‘minlashi va keynschilarning byudjet chora-tadbirlari talabning to‗lov 
qobiliyati holatiga, ish bilan ta‘minlanganlikka va narxlarga kuchli 
285
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.: 
Дело, Вита-Пресс, 1996. - 241 б. 
286
Стругова Л. Р. Зависимость налоговых поступлений от налоговой нагрузки на основе закона 
Артура Лаффера. Экономика. Раздел V. Налоговая политика. Вестник пермского университета. 
2012. Вып. 4(15), 81-87 стр.
287
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b. 


263 
hamda puxta taxmin qilingan ta‘siri to‗g‗risidagi da‘vosini bekor 
qilishga urinib ko‗rdi. Fridman davlat rolini undan boshqa hech qim 
bajara olmaydigan faoliyat, ya‘ni muomaladagi pullarni tartibga solish 
bilan cheklashni taklif qildi
288

Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda monetaristlar keyns 
nazariyasidagidek soliqlarga muhim o‗rin bermadi. Soliqlarga boshqa 
mexanizmlar bilan bir qatorda pul muomalasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
dastaklardan biri sifatida qaraldi. Monetaristlar davlat tomonidan har yili 
inflyasiyaning qo‗shimcha ravishda o‗sishini keltirib chiqaradigan 
xarajatlarini oshirish orqali jamiyat boyligini yaratish, ishlab chiqarish 
hajmlari va bandlik hamda narxlarning tartibga solinishiga qarshi 
chiqadilar. Biroq, monetarizm vakillari zayomlar yordamida ortiqcha pul 
massasini muomaladan olib qo‗yish imkoni bo‗lmasa, soliqlar 
yordamida bu vazifani bajarish zarur deb hisoblaydilar
289
.
M.Fridman soliqlarning yuqori stavkalariga qarshi chiqdi. Uning 
fikricha, davlatning puxta o‗ylanmagan soliq siyosati ishlab 
chiqaruvchilar bilan iste‘molchilar va yollanma ishchilar o‗rtasidagi 
munosabatlarga putur yetkazishi mumkin, tadbirkorlarning ixtiyorida 
qoladigan foydasini kamaytirib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
jarayonlari 
uchun 
investitsiyalar 
yo‗naltirish 
imkoniyatlarini 
kamaytiradi. Shu munosabat bilan Fridman korxonaga nisbatan soliq 
stavkalarini pasaytirish orqali ishlab chiqarishga sarflanishi mumkin 
bo‗lgan jamg‗armalarni oshirish imkoniyatini yaratish zarur deb 
hisoblaydi
290

Fridmenning fikricha, bozor o‗zini o‗zi boshqarishga qodir, 
iqtisodiyot ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darjasini o‗zi o‗rnatadi. 
Pul massasi baholarning o‗sishi va kon‘yukturaning o‗zgarishi 
288
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
moliya, 2021. – 267 b. 
289
Брайан Сноудон, Ховард Вэйн. Современная макроэкономика и ее эволюция с монетаристской 
точки зрения: интервью с профессором Милтоном Фридманом. стр. 557. Перевод Юрия Валевича. 
http://www.research.by/webroot/delivery/files/ecowest/2002n4r01.pdf 
290
Бартенев С. А. История экономических учений: учеб. для студ. вузов,обуч. по экон. спец. и 
напр. / Всерос. акад. внешней торговли. - 2-е изд., перераб. и доп. - М. :Магистр : ИНФРА-М, 2013.


264 
sababchisidir. Asosiy muammo – inflyasiya, shuning uchun barqaror pul 
siyosati zarur. Byudjet kamomadi – inflyasiya sababchisi, deb 
hisoblaydi
291

Umuman olganda neoklassik nazariyalarning asosiy g‗oyasi 
inflyasiyani kamaytirish va korporatsiyalar hamda aholining bozorda 
iste‘mol talabini shakllantiradigan qismiga katta miqdorda soliq 
imtiyozlarini berishdan iborat. Biroq, neoklassik yo‗nalish usullarining 
ommabopligi va ulardan amaliy foydalanilishiga qaramay, iqtisodiyotni 
tartibga solishning keynscha metodlari to‗liq almashtirilmadi. 
Amerikalik iqtisodchi Jon Kennet 
Gelbreyt (
John Kenneth Galbraith; 
1908-2006
) o‗zining ―Iqtisodiy nazariya 
va jamiyat maqsadlari‖ (
Economics and 
the Public Purpose
; 1973
)
292
asarida 
daromadlarning adolatli taqsimlanishi va 
soliqlarning qat‘iy progressiv tuzilmasi 
uchun kurashdi. Chunki, soliqlarning 
bunday 
tuzilmasi 
jamiyatning 
o‗z 
foydasidan emas, balki adolatdan manfaatdorligini aks ettiradi
293

Gelbreytning fikriga ko‗ra, daromadlardagi yuqori tafovutlarni 
qisqartirishga xizmat qiladigan soliqlar barqarorlashtiruvchi eng 
samarali vositadir
294
. Bunda soliq tizimi takomillashgan bo‗lishi zarur, 
soliqdan qochish yo‗llari qancha kam bo‗lsa, u shuncha adolat va 
barqarorlashtirishga to‗laqonli xizmat qiladi. 
291
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
moliya, 2021. – 267 b. 
292
Ushbu asar rus tilida ―Ekonomicheskie teorii i seli obщestva‖ nomlanib tarjima qilingan. Taʼkidlash 
joizki, ingliz tilida Economics soʼzi iqtisodiy nazariya, iqtisodiyot bilan shugʼullanadigan fan maʼnosida 
keng qoʼllanilsa, Economy soʼzi koʼproq iqtisodiyot tarmogʼi, xoʼjalik yuritish maʼnosida kengroq 
qoʼllaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin