Chinor fayzi baland


§ 10.3. Keyns ta‟limoti va soliqqa tortishning keynschilik nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 10.3. Keyns ta‟limoti va soliqqa tortishning keynschilik nazariyasi 
Keynschilik va neoklassik nazariya XX asrda paydo bo‗lib, 
rivojlanish sari yo‗l tutgan ikkita mustaqil yo‗nalishdir. Ushbu 
yo‗nalishlarni hozirgi davrda ham bir-birini inkor etuvchi, joyi kelganda 
bir-birini to‗ldiruvchi takomillashgan soliq nazariyasi sifatida alohida 
ajratib ko‗rsatish mumkin. Mazkur nazariyalar o‗z davrida yechimini 
kutib turgan savollarga javob bera olganligi va yuzaga kelgan 
muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega bo‗lganligini e‘tirof 
etish zarur. 
Angliyalik iqtisodchi Jon Meynard 
Keyns (
John Maynard Keynes; 1883-1946

va uning izdoshlari ishlanmalari asosida XX 
asr boshlarida asos solingan keynschilik 
nazariyasi 
klassiklar 
nazariyasini 
ko‗p 
jihatdan inkor etadi. Ushbu nazariyaning 
bosh g‗oyasi soliqlar iqtisodiyotni tartibga 
solishning muhim moliyaviy instrumenti va 
mamlakatning 
iqtisodiy 
barqarorligini 
ta‘minlashning asosiy shartlaridan biri 
ekanligidan iborat
274

Mazkur nazariya ishlab chiqarilgan mahsulot sotilishini ta‘minlash 
hamda pirovard natijada mamlakatning iqtisodiy o‗sishiga xizmat 
qiladigan ishlab chiqarishni rag‗batlantirish uchun ―samarali talab‖ni 
yaratish zarurligini isbotlaydi. Nazariya yalpi talab dinamikasini faol 
davlat aralashuvi orqali tartibga solishni taklif qiladi. Davlat nafaqat 
monetar, balki fiskal siyosati orqali soliqlarning progressiv va 
tabaqalashtirilgan 
stavkalaridan 
foydalanib 
yalpi 
iste‘molni 
rag‗batlantirishga ta‘sir ko‗rsatishi kerak. Iqtisodiy inqiroz davrida ish 
bilan bandlik pasayadi, demak, ishsizlik bo‗yicha davlatning nafaqaga 
sarflaydigan xarajatlari yuqori bo‗ladi. Bunday sharoitda soliqlarni 
274
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –С 352 


257 
oshirishga to‗g‗ri keladi, davlat shu orqali talabni oshiradi. 
Iqtisodiyotning ko‗tarilish davriga kelib esa soliqlarni pasaytirish 
imkoniyati yuzaga keladi
275

Ushbu nazariyaning markaziy g‗oyasi soliqlar iqtisodiyotni tartibga 
solishning yagona vositasi va muvaffaqiyatli iqtisodiy o‗sishning 
tarkibiy qismlaridan biri ekanligidan iborat. 
Keynsning 
fikricha, 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabatlari 
takomillashgan va o‗zini o‗zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi. 
Faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori 
darajaga oshirish va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashi mumkin. Davlatning 
roli, eng avvalo, shundan iboratki, u inqiroz davrida yalpi talabni 
oshirishi va shu bilan ishlab chiqarish hamda investitsiyani 
faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim. 
Keyns soliqlarning bandlikka ta‘siri to‗g‗risida quyidagi fikrlarni 
bildirgan. To‗la bandlikni ta‘minlash uchun faqat investitsiyalarni emas, 
balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish 
vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining 
jamg‗armalarini muomalaga kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab 
etiladi va bu omonatlar davlat investitsiyalarini oshirish uchun 
foydalanilishi mumkin deyiladi. Ayni vaqtda boylarning solig‗ini 
oshirishga qarshilik qilinadi
276
. Keyns o‗z taklifini quyidagicha 
tushuntiradi: mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan maqsad – 
ularning jamg‗armalarini kamaytirish va iste‘molini rag‗batlantirishdir. 
Real ish haqini pasaytirish uchun inflyasiya asosida narh-navoni oshirish 
yo‗li tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan turib to‗liq 
bandlikni ta‘minlash mumkin emas, degan fikr uqtiriladi. 
Keynsning fikricha, ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad, 
demakki, iste‘mol ortadi. Ammo iste‘mol daromadga nisbatan sekinroq 
ortadi, chunki daromad ortishi bilan jamg‗arishga intilish kuchayadi. 
275
Маневич В. Е. Теоретическая система Кейнса. К 70-летию выхода ―Общей теории занятости, 
процента и денег‖. Институт проблем рынка РАН. Бизнес и банки, 2006, январь, № 4. стр. 1-18. 
276
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.


258 
Keynsning asosiy psixologik qonuni shundan iboratki, odamlar odatda 
daromadlari ortishi bilan iste‘molni ham oshiradi, ammo bu o‗sish 
baribir daromadlar ortishi darajasida bo‗lmaydi. Oqibatda daromadlar 
o‗sishi bilan jamg‗arish ortadi va iste‘mol nisbatan kamayib boradi. 
Yakunda esa samarali talab kamayadi va talab shunday yo‗l bilan ishlab 
chiqarish hajmlari hamda bandlik darajasiga ta‘sir etadi
277

Keynsning fikriga ko‗ra, davlat bozor iqtisodiyotiga zarur. Ish bilan 
bandlik yalpi talabga bog‗liq. Pul massasi ishlab chiqarishga nisbatan 
xolis (yomon ham, yaxshi ham ta‘sir etmaydi). Talab, ya‘ni ―samarali 
talab‖ taklifni paydo qiladi. Asosiy muammo – ishsizlik. O‗zgaruvchan 
pul siyosati lozim. Byudjet kamomadi – talabni rag‗batlantirish vositasi 
hisoblanadi
278

J.Keyns ―Ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi, foiz va pullar‖ 
(―The General Theory of Employment, Interest, and Money‖,
1936

asarida
279
o‗z nazariyasining mazmun-mohiyatini bayon qiladi: iqtisodiy 
o‗sish pul omonatlari hajmiga bog‗liq. Ish bilan to‗liq bandlik bo‗lmasa, 
yuqori darajadagi jamg‗armalar iqtisodiy o‗sishga to‗sqinlik qiladi, 
chunki ular ishlab chiqarishga yo‗naltirilmasdan daromadning passiv 
manbai sifatida saqlanib qoladi. Bunday oqibatlarni bartaraf etish uchun 
jamg‗armalarning me‘yoriy miqdorini pasaytirish yoki iste‘molning 
me‘yoriy miqdorini oshirish zarur. Aynan soliqlar yordamida ortiqcha 
jamg‗armalarni byudjetga undirish orqali mazkur muammolarni bartaraf 
etish mumkin
280

Biroq, ilmiy-texnika taraqqiyoti va tovarlarning ortiqcha ishlab 
chiqarilishi bilan bog‗liq bo‗lmagan inqirozli holatlarning tobora jadal 
tus olishi sharoitlarida keynschilik nazariyasining asosiy mazmunini 
tashkil etuvchi ―samarali talab‖ga erishish nuqtai nazaridan davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi qaysidir ma‘noda o‗zini oqlamay qoldi va ushbu 
277
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.
278
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
moliya, 2021. – 286 b. 
279
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.
280
Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. –М.: Гелиос АРВ, 1999. –352 стр.


259 
nazariyani faqat bir tomonlama yondashuv sifatida tanqid qiluvchilar 
ko‗paya boshladi. 
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning keynschilik 
nazariyasining quyidagi jihatlari tanqidga uchradi
281

Birinchidan, realizatsiya bilan bog‗liq bo‗lmagan va ishlab chiqarish 
jarayonlaridagi o‗zgarishlar tufayli inflyasiya surunkali xususiyat kasb 
etganda talabni emas, balki taklifni rag‗batlantiruvchi davlat aralashuvi 
zarur bo‗ldi. 
Ikkinchidan, iqtisodiyotda integratsion jarayonlarning rivojlanishi 
mamlakatlarning tashqi bozorga qaramligini oshirdi. Bunday sharoitda 
davlat tomonidan talabning rag‗batlantirilishi xorijiy investitsiyalarga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi bilan birga iqtisodiy xavfsizlikka salbiy 
ko‗rsatishi tabiiy hol. Shular sabab, ―samarali talab‖ning keynschilik 
konsepsiyasi o‗rniga ―samarali taklif‖ning neoklassik nazariyasi 
rivojlana bordi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin