Adam
Smith; 1723-1790
) markaziy rolni o‗ynaydi. U soliqning iqtisodiy
tabiatini chuqurroq o‗rgangan va tamoyillarini ishlab chiqqan. Bunda
Adam Smit soliqning almashinuv nazariyasiga asoslanadi va soliqni
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun davlatga to‘lanadigan adolatli haq deb
e’tirof etadi
. Soliqlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keng e‘tirof
etmagan holda, A.Smit ―har bir mamlakatning boyligi va unga bog‗liq
bo‗lgan qudrati har doim mamlakat yillik mahsuloti qiymatiga mos
kelmog‗i lozim, qaysiki barcha soliqlar oxir-oqibatda uning (mahsulot)
hisobidan to‗lanadi. Shuning uchun har bir mamlakat siyosiy
iqtisodiyotining eng muhim vazifasi uning boyligi va qudratini
oshirishdan iborat
256
‖– degan xulosaga keladi.
A.Smitning soliqlar xususida bildirgan fikrlaridan davlatning
iqtisodiyotga aralashmasligi va byudjet daromadlarini shakllantirish
maqsadida iqtisodiyotga soliqlar vositasida ta‘sir etishi kerakligini
(bunda ham faqat fiskal jihatdan) yoqlab chiqqanligini anglash mumkin.
U soliqlar ―aholining kapitali hisobidan davlat daromadlarini
ko‗paytiradi‖ deb tushuntiradi va soliqlarni to‗lash manbai sifatida uchta
asosiy xususiy daromad turini, ya‘ni renta, foyda va ish haqini keltiradi.
A.Smit ―har qanday soliq oxir-oqibatda ushbu uch turdagi daromadning
birontasidan yoki barchasidan bir xilda to‗lanishi kerak
257
‖ degan fikrga
keladi.
256
Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. Издательство социально-
экономической литературы. Москва, 1962. – С. 274 (Воспроизведено по изданию в издательстве
―Директ медиа Паблишинг‖. Москва, 2008)
257
Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. Издательство социально-
экономической литературы. Москва, 1962. – С. 588 (Воспроизведено по изданию в издательстве
―Директ медиа Паблишинг‖. Москва, 2008)
248
Soliqqa tortishning nazariy asoslari shakllanishida Adam Smitning
―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot‖ (
An
Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations, 1776
) asari
g‗oyat muhim rol o‗ynagan. Adam Smit keyinchalik soliq
munosabatlarini
to‗g‗ri
tashkil
qilish
va
soliqqa
tortishni
takomillashtirishga xizmat qilgan quyidagi to‗rtta fundamental prinsipni
ilgari surgan
258
:
1.
Adolat (tenglik) prinsipi – har bir shaxs davlat panohida topgan
daromadlariga va o‗z to‗lov qobiliyatiga mutanosib soliq to‗lashi kerak.
2.
Aniqlik prinsipi – to‗lanadigan soliqlar turi, muddati, to‗lash
uslubi soliq to‗lovchi uchun aniq belgilangan bo‗lishi lozim.
3.
Qulaylik prinsipi – har bir soliq uni to‗lovchilardan qulay vaqtda
va usulda undirilishi shart.
4.
Tejamlilik (arzonlilik) prinsipi – soliqlar shunday o‗rnatilishi
kerakki, uni undirish davlatga imkon qadar arzon tushishi kerak.
Klassik iqtisodchilardan bo‗lgan David Rikardo Adam Smitning
soliqqa doir qarashlarni bir muncha
to‗ldirgan holda soliqqa tortishning yangi
ta‘limotlarini ilgari surdi.
David Rikardo (
David Ricardo; 1772-
1823
) klassik maktab vakili va A.Smit
izdoshi hisoblanadi. Uning fikricha, ―Har
bir insonga xos bo‗lgani kabi o‗z ijtimoiy
mavqeini saqlab qolish va boyligini
erishilgan eng yuqori darajada ushlab turish
istagi aksariyat soliqlarning, ular kapital
yoki daromaddan olinishidan qat‘i nazar, daromaddan to‗lanishiga olib
keladi. Soliqqa tortishning oshishi yoki hukumat xarajatlarining
ko‗payishi bilan, agar xalq bunga mos ravishda o‗z kapital va
daromadlarini oshirmasa, xalq foydalanadigan qulayliklar soni
258
Smith A. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. The Electronic Edition
(2000) The Library of Economics and Liberty. URL: https://www.econlib.org/library/Smith/smWN.html
249
kamayishi kerak. Bunda, hukumatning vazifasi jamg‗arishga bo‗lgan
moyillikni rag‗batlantirishdan iborat bo‗lishi va u kapitalga tushadigan
soliqlarni joriy etmasligi kerak. Agar bunday qilinmas ekan, soliqlar
mehnatni saqlab turish uchun mo‗ljallangan fondga ta‘sir etadi va bu
bilan mamlakatning kelajakdagi ishlab chiqarishini kamaytiradi‖
259
.
David Rikardoning qarashlari asosan Adam Smitning
260
qarashlari
bilan mos kelsa-da, soliqlarning jamiyatdagi rolini u nisbatan kengroq
baholaydi. Rikardo soliqlarning zarurligini e‘tirof etib, uni davlat
xarajatlarini qoplash bilan bog‗laydi hamda soliqlarning undirilish
manbasini ishlab chiqarish faoliyati, ya‘ni korxonalar faoliyati bilan
baholaydi: ―...noishlab chiqarishdagi ishchilarni saqlab turishga
yo‗naltiriladigan davlat xarajatlarini qoplash uchun solinadigan soliqlar
mamlakatning ishlab chiqarish faoliyatidan undiriladi
261
‖.
Soliqlarning jamiyat hayotidagi roliga olim katta baho berar ekan,
soliq yuki darajasining oshishi oqibatida qanday noxushliklar kelib
chiqishini quyidagicha izohlaydi: – ―Katta qarzdorlikka yuz tutgan
mamlakat noqulay holatga tushib qoladi. Bu holatda har bir soliq
to‗lovchi o‗zidagi yukni (soliqni) boshqaga o‗tkazishdan manfaatdordir.
Bunday yukdan qutilish imkonini beradigan boshqa mamlakatga o‗z
kapitali bilan ko‗chib ketish taskini oxir-oqibatda kishini yutib chiqadi,
shu taskin bilan u o‗z vatanini va eski aloqalarni tark etadi‖
262
.
Soliqlar, – deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib
tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil
etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi
hisobidan to‗lanadi. Har qanday soliq, u yer solig‗i, ―desyatina‖ yoki
olingan mahsulotdan soliq bo‗ladimi, ishlab chiqarish xarajatlarining
oshishiga sabab bo‗ladi va yakunda xom ashyo, materiallar narxini
259
Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I.
Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 131.
260
Smit, А. ―Economic Theory in Retrospect‖, London: The Wealth of Nations, 1776. 627 р.
261
Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I.
Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 203.
262
Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I.
Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 205.
250
oshiradi. Xom ashyolarga, materiallarga soliq esa yer egasi yoki fermer
tomonidan to‗lanmasdan, balki iste‘molchi tomonidan to‗lab beriladi.
Davlatning almashinuv bitimlariga asoslangan barcha nazariyalarda
soliq to‗lash va davlat tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar (olinadigan
naf) o‗rtasida hech bir muayyan bog‗lanish mavjud emas. Chunki,
bunday bitim tuzilishida hech qanday ixtiyoriylik yo‗q, balki u majburiy
xarakterga ega. Shuningdek, shaxs tomonidan to‗lanadigan soliq
miqdori va unga davlat tomonidan ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar
o‗rtasida har doim tengsizlik qaror topadi. Bunga sabab, soliq to‗lovchi
o‗zi ―iste‘mol‖ qilayotgan xavfsizlikning riskini baholay olmaydi,
tinchlikni hech qanday ne‘mat bilan almashtirib bo‗lmaydi. Shuningdek,
davlat ko‗rsatayotgan ta‘lim yoki tibbiy xizmatlar chegara bilmaydi,
o‗lim to‗shagida yotgan kishining boyliklari ko‗ziga ko‗rinmaydi,
sog‗ligini tiklash uchun bor-budini berishga tayyor bo‗ladi. Aynan
davlat fuqaroning bevaqt o‗lim to‗shagiga mixlanib qolmasligi uchun
profilaktika (emlash, epidemiyaning oldini olish va h.k.) tadbirlarini
amalga oshiradi.
Shu o‗rinda O‗zbekistonlik taniqli olim prof. Q.A.Yax‘yoyevning
fikrlarini keltirib o‗tishni joiz: ―Bozor iqtisodiyoti ekvivalentli
iqtisodiyot. Bu yerda hamma narsa sotiladi: mahsulot, ish, xizmat,
ularning qiymati va obyektiv zarurligi bozorda oldi-sotdi munosabatlari
orqali namoyon bo‗ladi. Bozor munosabatlarida davlat ham uning
boshqaruvchisi, ham asosiy ishtirokchisi (subyekti) bo‗ladi. Bu yerda
davlat ishtiroki uning jamiyat uchun o‗ta zarur bo‗lgan mamlakat
xavfsizligini ta‘minlash, tartib-intizom o‗rnatish, ta‘lim-tarbiyaviy
tadbirlar, aholi sog‗ligini ta‘minlash, mamlakatni boshqarish, dunyo
hamdo‗stligi mamlakatlari bilan har xil aloqalarni o‗rnatish, bozor
iqtisodiyoti infratuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish kabi chora-
tadbirlarni amalga oshirishda o‗z ifodasini topadi. Yuqoridagi tadbirlarni
amalga oshirish xarajatlari bozor sharoitida erkin sotilishi lozim edi.
Ammo, uni bozor ―ko‗tarmaydi‖. Sababi ikkita. Birinchidan, bu
251
xizmatlar murakkab bo‗lganligidan ularni birorta yuridik shaxs, hattoki
eng yirigi ham bajara olmaydi. Ikkinchidan, davlat xizmatlari xarajati
alohida soliq to‗lovchilar uchun juda qimmatga tushishi mumkin.
Shuning uchun, davlatning bunday xizmatlari ―ijtimoiy tovarlar‖,
to‗g‗rirog‗i ijtimoiy xizmatlar deb ataladi. Shu xizmatlar haqini olish
davlat uchun obyektiv zarur, chunki u xizmatlarga mablag‗ sarflanadi.
Bu xizmatlarni erkin sotish yo‗qligidan, davlat ular haqini majburiy
undirishni talab qilib Oliy Majlisga murojaat qiladi‖
263
.
Dostları ilə paylaş: |