Qurbonliklar nazariyasi
– soliqning majburiylik xususiyatiga
ustuvorlik berilgan dastlabki nazariyalardan biridir. Lekin shunga
qaramay, ushbu nazariyaning dastlabki uchqunlarini fiziokratlarda
uchratishimiz mumkin. Ular yagona yer solig‗ini asoslashda ―agar davlat
butun xalq boyligi, barcha ne‘matlar uchun yerdan, tabiat in‘omlaridan
minnatdor bo‗lsa, u holda davlat xalqdan talab qilishi mumkin bo‗lgan
barcha qurbonliklar ushbu manbadan olinishi kerak‖ degan fikrni ilgari
suradilar
266
.
Odamzodning tabiiy yoki yovvoyi holatida soliqqa ehtiyoj bo‗lgan
emas. Dastlab bitta, keyin bir necha to‗dalardan jamoa (jamiyat)ning
tarkib topishi odamlar o‗rtasida jamiyat foydasiga yakka tartibda
(xususiy) qurbonlik, ya‘ni xayriya qilish zarurligini tasdiqlab qo‗ydi. Bu
qurbonliklar boshida oddiy yumushlarni bajarish yoki mevalarning bir
qismini berish tarzida bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik jamiyatning
takomillashib borgani sayin ular ham mukammallashib bordi va hozirgi
holatga yetib keldi
267
.
264
Янжул И.И. Основные начала финансовой науки: Учение о государственных доходах. –М:
―Статут‖ (в серии ―Золотые страницы финансового права России‖), 2002, том 3. – С 240.
265
Исаев, А.А. очерк теории и политики налогов / а.а. исаев. - ярославль: tиполитография г.фальк,
1887 - 175 с. - на тит. л. печать ―м.и. боголепов‖. на заднем форзаце (нахзац) прикреен экслибрис
―антикварная книжная торговля в.и. клочкова‖. - свободный доступ из сети интернет (чтение). -
http://elib.fa.ru/oldbook/isaev.pdf
>.
266
Пушкарева В.М. История финансовой мысли и политики налогов: Учеб. пособие. – М.:
ИНФРА-М, 1996. – С 65
267
Тургенев Н. Опытъ теорiи налоговъ. Санкт-Петербургъ. Типография Н.Греча. 1818 г. С.34.
Копия pdf в Harvard college library. www.books.google.com.
253
Fransiyalik
iqtisodchi
N.Kanar
o‗zining ―Siyosiy iqtisod
tamoyillari‖kitobida (1801) soliqlar to‗lashda individum tomonidan
davlat manfaatlari uchun keltiriladigan qurbonlik (xayr-sadaqa)
to‗g‗risidagi g‗oyani rivojlantiradi
268
.
Jon Styuart Mill (
John Stuart Mill;
1806-1873
) o‗zining ―Siyosiy iqtisodiyot
asoslari‖ nomli kitobining ―Hukumat ta‘siri
to‗g‗risida‖gi beshinchi jildida soliq tizimini
takomillashtirish, uning ijro etuvchilari
ustidan nazorat va daromadlarni qayta
taqsimlash masalalarini ko‗rib chiqdi
269
. U
soliqni balo (zulm) emas, balki zarurat
tufayli keltirilgan qurbonlik deb ataydi.
Hukumat xo‗jalik tizimining normal shart-sharoitlarini ta‘minlash uchun
mas‘ul alohida ishlab chiqaruvchi hisoblanadi va soliq ushbu sharoitlar
uchun to‗langan haqdir.
Shunday qilib, J.S.Mill davlat faoliyat olib borishi uchun soliqlar
shaklida daromadlarni yig‗ishi zarurligini e‘tirof etadi. Biroq, uning
nuqtai nazaridan soliqlar, ayniqsa, egri soliqlar birinchi ehtiyoj
tovarlarga nisbatan qo‗llanilmasligi kerak hamda ularga yuqori import
bojlar solinmasligi kerak. Uning fikricha, soliq solish tengligi
qurbonliklar tengligini anglatadi. Shu munosabat bilan Mill mutanosib
soliq solish tarafdori bo‗ldi, boz ustiga mutanosib soliq mulkka emas,
balki sarflash mumkin bo‗lgan mablag‗larga mutanosib ravishda soliq
solishi kerak
270
.
268
Сердюков А. Э., Вылкова Е. С., Тарасевич А.Л. Налоги и налогообложение: Учебник для вузов.
2-е изд. -СПб.: Питер, 2008. -704 с.
269
Милль Джон Стюарт. Основы политической экономии с некоторыми приложениями к
социальной философии. Антология экономической мысли. Издательство: Эксмо, 2007 г. 547 стр.
Подробнее: https://www.labirint.ru/books/139642/.
270
Милль Джон Стюарт. Основы политической экономии с некоторыми приложениями к
социальной философии. Антология экономической мысли. Издательство: Эксмо, 2007 г. 547 стр.
Подробнее: https://www.labirint.ru/books/139642/.
254
Qurbonliklar nazariyasi XIX asrning ikkinchi yarmida yanada
rivojlandi, XX asrning birinchi o‗n yilligida ham o‗z dolzarbligini saqlab
qoldi.
Soliqlarning davlat tomonidan majburiy tartibda, muayyan
o‗rnatilgan stavkalarda undirilishi g‗oyasi kollektiv (jamoaviy)
ehtiyojlar nazariyasida rivojlantirildi. Kollektiv ehtiyojlar nazariyasi
XIX asr va XX asr boshida jahonda yuzaga kelgan haqiqiy vaziyatni aks
ettirdi. Chunki, bu davrda davlat xarajatlarining harbiy sarflar hisobiga
keskin ko‗payishi va soliq yukining oshirilishini asoslash zarurati
yuzaga kelgandi.
Barcha moliya maktablari: nemis, italyan, avstriya, amerika
maktablari soliqni davlat tomonidan ko‗rsatiladigan kollektiv xizmatlar
uchun ekvivalent sifatida ko‗rib chiqib,
bundan soliqning majburiylik xususiyati –
boj, domenlardan (qirol meros yerlarining
egaligi majmui) olinadigan daromadlar va
regaliylardan (muayyan huquq beruvchi
nishon) farq qiluvchi o‗ziga xos belgisi
ekanligi isbotlashga urindilar.
Ushbu maktabning yana bir yorqin
vakillaridan biri nemis olimi Adolf Vagner
(
Adolph Wagner; 1835-1917
) soliqlarga
―umumiy asoslar va ko‗lamlar bo‗yicha davlat hamda mahalliy jamoat
uyushmalarining barcha xizmatlari uchun umumiy taqdirlash sifatida bir
tomonlama o‗rnatilgan shaklda va miqdorda davlat yoki mahalliy
hokimiyat organlari umumiy sarf-xarajatlarini qoplash maqsadida
alohida xo‗jaliklar yoki jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy
badallar‖, deb ta‘rif beradi. Kollektiv (jamoaviy) ehtiyojlar nazariyasiga
rioya qilgan holda A.Vagner soliq solishning yetarliligi va qulayligi kabi
moliyaviy tamoyillarini yuqori o‗ringa qo‗ydi. Bunda davlat
255
manfaatlariga ustuvorlik berdi hamda moliya fanida davlat va soliq
to‗lovchilar manfaatlarini muvozanatlashtirish to‗g‗risidagi masalani
o‗rtaga tashladi
271
.
Biroq, A.Vagner o‗z tadqiqotlarida ijtimoiy-siyosiy yondashuvni
ilgari surdi, bunga ko‗ra soliq siyosati nafaqat fiskal, balki tartibga
soluvchi ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni ham ko‗zda tutishi kerak.
―Soliqlarga yaqin kelajakda sof moliyaviy maqsad bilan bir qatorda, -
deydi A.Vagner, - yana bir boshqa farqli maqsad – xalq daromadlari va
mulkini taqsimlashda soliqlar yordamida tartibga soluvchi aralashuvni
amalga oshirish va shuning asosida erkin ayirboshlash sharoitida yuzaga
keladigan o‗zgarishlarni ta‘minlash maqsadi qo‗yilishi mumkin. Men bu
nuqtayi nazarni nafaqat turli ziddiyatlarga qarshi turib qo‗llayman, balki
endi mazkur maqsadni alohida daromad va mol-mulkning iste‘mol
qilinishida ham tartibga soluvchi mazmundagi aralashuv yo‗nalishida
kengaytiraman. Ko‗rsatilgan ushbu maqsadning bunday belgilanishidan
kengaygan yoki, aytish joiz bo‗lsa, soliqning sof moliyaviy mazmuni
bilan birgalikda, ikkinchi ijtimoiy-siyosiy mohiyati kelib chiqadi‖
272
.
Kollektiv (jamoaviy) ehtiyojlar nazariyasi ko‗plab tanqidga
uchrashiga qaramasdan, ushbu nazariya XX asrning 30-yillarida G‗arb
moliya fanida yetakchi o‗rin egallaganini va asr oxirida zarur
tuzatishlarni hisobga olgan holda G‗arb iqtisodiy ta‘limotida munosib
o‗rinni egallaganini qayd etish zarur
273
. Shuningdek, soliqlarning
kollektiv ehtiyojlar nazariyasidagi ―kollektiv‖ so‗zi ―jamiyat ehtiyojlari‖
so‗ziga to‗g‗rilanib, keynschilar va neokeynschilar tomonidan ham to‗liq
qabul qilindi.
271
Налоги и налоговое администрирование в системе экономической безопасности: учебное
пособие / под ред. А.Г. Яруниной; отв. ред. Л. В. Савина. – М.; Берлин: Директ-медиа, 2019.
– 343 с.
272
Титов А.С. Понятие, сущность и основные направления развития налоговой политики //
Финансовое право. – №5, 2005 – С.21.
273
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
|