260
emas va shu sababli iqtisodiy jarayonlarga davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri
aralashuvi zarur deb hisoblagan bo‗lsa, neoklassik nazariyaga ko‗ra
erkin raqobat muhitini yaratuvchi qonunlarga xalaqit beruvchi
to‗siqlarni bartaraf etishga qaratilgan davlat aralashuvi zarur va bunday
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiy muvozanatni ta‘minlovchi
tabiiy qonunlar harakatini cheklab qo‗ymasligi lozim.
Neoklassik
modelining
asoschilaridan
bo‗lgan A.Marshall
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi
rolini bilvosita vazifa deb
qarab, davlat xarajatlari muntazam ortib borishi tufayli unga iqtisodiy
barqarorlikka putur yetkazuvchi omil sifatida qaraydi
282
.
Neoklassiklar Markaziy bankning monetar siyosatiga ustuvorlik
berib, davlatning fiskal siyosatini yetarli baholamagan holda to‗liq
bandlik va milliy boylikning barqaror o‗sishini ta‘minlovchi
daromadlarni samarali qayta taqsimlash mexanizmini yaratish mumkin,
deb hisoblaydilar.
Neoklassik nazariya, o‗z navbatida, ikki yo‗nalishda keng
rivojlandi: taklif iqtisodiyoti va monetarizm.
Taklif iqtisodiyoti fundamental nazariya bo‗lib,
konservativ
iqtisodchilarning eng faol guruhiga taalluqli. U AQSH iqtisodiy
romantizmi, pragmatizm va siyosiy demagogiya aralashmasidan kelib
chiqqan. Mazkur nazariya AQSH ma‘muriyatining iqtisodiy siyosatini
belgilashda muhim rol o‗ynaydi.
J.Kemp, J.Russelotorg, U.Rot kabi siyosatchilar, J.Vanniski,
J.Gilder, I.Kristol kabi jurnalistlar, A.Laffer, R.Mandel kabi nazariyachi
professorlardan iborat amaliy arboblar ushbu nazariyaga asos soldi.
Uning empirik tadqiqotlari esa M.Feldstayn va M.Boskin kabi
professorlar tomonidan taqdim etildi
283
.
Taklif iqtisodiyoti nazariyasi vakillari iqtisodiy liberalizm g‗oyalari
tarafdorlari hisoblanadi. Nazariyaning asosiy konsepsiyasi davlat
282
Маршалл А. Основы экономической науки. Principles of Economics : пер. с англ. / А. Маршалл ;
авт. предисл. Дж. М. Кейнс. - М. : Эксмо, 2007. - 831 с.
283
История экономических учений: Курс лекций. – Мн. : Академия
управления при Президенте
Республики Беларусь, 2004.– 280 с.
261
moliyasi va kapitalni jamg‗arish kabi makroiqtisodiy muammolarni
tahlil qilishda makroiqtisodiy tamoyillaridan keng foydalanishga
qaratilgan. Bunda asosiy g‗oya rag‗batlantiruvchi soliq siyosatini
qo‗llash orqali iqtisodiy faollikni oshirish,
samarali iqtisodiy siyosat
yuritish orqali ustuvor yo‗nalishdagi ishlab chiqarish jarayonlarini
(taklifni) qo‗llab-quvvatlashga asoslanadi. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi
vakillari iqtisodiyotga davlat aralashuvining ―zararli‖ jihatlarini bartaraf
etishni,
davlat
tomonidan
tartibga
solinadigan
faoliyatni
minimallashtirishni, shuningdek, tadbirkorlikning bozor asoslarini
mustahkamlash va erkin raqobat muhitini yaratilishini talab qiladi
284
.
Taklif iqtisodiyoti nazariyasi vakillari jamiyatning iqtisodiy taraqqiy
etishini xususiy mulkchilikni himoya qilish va narx siyosatini
erkinlashtirish, bozor iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bo‗yicha
chora-tadbirlar
tizimini takomillashtirish, tadbirkorlar manfaatlarini
qo‗llab-quvvatlashga
qaratilgan
iqtisodiy
munosabatlarni
takomillashtirish lozimligini ilgari suradilar. Biroq, mazkur nazariya
tarafdorlari davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini to‗liq inkor etmaydilar,
faqat davlatning rolini isloh etishni taklif qiladilar. Taklif iqtisodiyoti
nazariyasi
vakillari
davlatning
asosiy
vazifasi jamiyatning barcha a‘zolariga ―teng
imkoniyatlar‖ yaratish va amerikaliklarning
turmush tarzini yaxshilash hamda orzu-havas
va intilishlarini ro‗yobga chiqarish uchun
shart-sharoitlar yaratib
berishdan iborat deb
hisoblaydilar. Bunda boylikni oshirishga
zamin yaratish, mulkchilikka cheksiz egalik
qilish huquqini berish, tadbirkorlarning
iqtisodiy faolligini
oshirish jamiyat gullab-
284
Кулишова Р. С. Экономическая теория: учебно-метод. комплекс / Р. С. Кулишова. — М. :
Юридический институт, 2011. — 68 с.
262
yashnashi uchun zarur shartlar sifatida e‘tirof etiladi
285
.
Taklif iqtisodiyoti nazariyasi namoyondalari soliqlarning past
darajali stavkalari omonatlar o‗sishi va investitsiya faoliyati
kengayishini ta‘minlovchi shartlardan biri degan fikrni ilgari surdilar.
Pasaytirilgan soliq stavkalarining rag‗batlantiruvchi ta‘sirini nazariy
isbotlash uchun ular amerikalik iqtisodchi
Artur Lafferning (
Dostları ilə paylaş: