Chinor fayzi baland


Quyida keltirilgan javoblarning qaysi birida Atomistik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

10. Quyida keltirilgan javoblarning qaysi birida Atomistik 
nazariya asoschilari to„g„ri ko„rsatib o„tilgan? 
a) Voban, Monteskye va Volter 
b) Jon Ramsey Mak-Kullox, Adolf Tyer 
s) Jan Simond de Sismondi 
d) E. Jirardin 


243 
 
10-BOB. SOLIQQA TORTISHNING TAKOMILLASHGAN 
UMUMIY NAZARIYALARI 
§ 10.1. Soliqqa tortishning klassik nazariyasi 
G‗arbiy Yevropada moliya ilmi kuchaygan XVII-XVIII asrlarda 
shakllangan soliq nazariyalari ichida klassik maktab ta‘limoti alohida 
o‗rin egallaydi. Klassik olimlar soliqlarning iqtisodiy tabiati va 
mohiyatini yoritish hamda to‗lash manbasi masalalariga oid muhim 
tadqiqotlar olib borishgan.
Klassik 
nazariya 
soliqlarning 
davlat 
byudjeti 
daromad 
manbai 
sifatidagi 
rolini 
e‘tirof 
etib, 
iqtisodiyotni 
boshqarishdagi 
ahamiyatini bir muncha inkor etishdi. 
Ularning 
fikricha, 
raqobatbardosh 
iqtisodiy 
muhit 
iqtisodiyotning 
barqaror 
rivojlanishini 
ta‘minlay 
oladigan tabiiy mexanizmlarga ega. 
Ya‘ni, tabiiy iqtisodiy qonunlar 
―ko‗rinmas 
qo‗llar‖ 
yordamida 
iqtisodiyotni tartibga solib turadi. 
Klassik maktabning birinchi vakillaridan biri bo‗lgan angliyalik 
iqtisodchi ―Soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida traktat‖ (
Treatise of Taxes & 
Contributions, 1662
) asarining
 
muallifi
 
Uilyam Petti (
William Petty; 
1623-1687
) o‗z qarashlarida ―tarixiy an‘analar va o‗zaro kelishuvlar 
orqali tabiiy boshqarilishi mumkin bo‗lgan juda ko‗p narsalar qonun 
ostida 
tartibga 
solishga 
o‗tganligi‖ni davlat boshqaruvining 
kamchiliklari sifatida e‘tirof etadi. Shu tufayli U.Petti tabiiy qonunlarni 


244 
cheklovchi davlat tomonidan ishlab chiqiladigan me‘yoriy hujjatlarning 
qabul qilinishiga qarshi chiqadi
249

Davlatning asosiy funksiyalari sifatida u ish kuchlaridan to‗liq 
foydalanishni tashkil qilish va uning sifatini oshirishni ko‗rsatadi hamda 
davlat maqsadli xarajatlarini quyidagilarga ajratadi: 1) harbiy xarajatlar, 
2) boshqaruv xarajatlari, 3) cherkov xarajatlari, 4) ta‘lim xarajatlari,
5) nogiron va yetim bolalarni boqish xarajatlari, 6) yo‗llarni, 
ko‗priklarni, portlarni va boshqa umumfoydalanishdagi inshootlarni 
saqlash xarajatlari. 
U.Petti o‗zining ―Soliqlar va to‗lovlar to‗g‗risida traktati‖da ―Soliq 
solish mutanosib va teng bo‗lishi hamda soliq hajmi avvaldan hisoblab 
chiqilishi, favqulodda soliqlar esa imkon qadar kamroq bo‗lishi kerak‖ 
deb ta‘kidlagan
250
. Uning fikricha, ― ... kutilmagan qo‗shimchalarsiz, 
barcha soliq va yig‗imlar yukining hajmi oldindan ma‘lum bo‗lgan 
mamlakat haqiqatdan ham omadlidir. Bunday holatda, nafaqat yerning 
mulkdori, balki uning yeridan olingan bitta sabzavotni yeydigan yoki 
mazkur yerdan oziqlanuvchi kosibning xizmatidan foydalanadigan har 
qanday odam soliq to‗laydi‖
251

Shuningdek, u soliq yukining o‗z me‘yorida bo‗lishini yoqlab 
chiqqan. Pettining yozishicha, ―me‘yoridan ortiqcha soliq aholining 
hatto tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur tovarlarga bo‗lgan 
haddan ziyod va chidab bo‗lmaydigan zaruratini keltirib chiqaradi. 
Bunday soliqlar, kishilarni o‗g‗rilik va firibgarlikka majbur etadi. 
Bundan tashqari, kutilmagan og‗ir soliqlar aholini, hatto qurol olib, uni 
to‗lashga qarshi kurashishga majbur qiladi. Bu esa, o‗z navbatida, davlat 
uchun ham, alohida shaxslar uchun ham yovuzlik va jazo bo‗lmish 
qatllar, qamoq choralarining qo‗llanilishiga olib keladi‖
252

249
Петти У. Трактат о налогах и сборах, - Москва, Гвардия. 1963, - С . 11. 
250
Петти У. Трактат о налогах и сборах, М.:, Гвардия. 1963, с. 11. 
251
Антология экономической классики. В 2-х томах. Т. I. (В.Петти, А.Смит, Д.Рикардо) Пред. 
И.А.Столярова. – М.: МП ―ЭКОНОВ‖, 1991. – C. 28-29. 
252
Антология экономической классики. В 2-х томах. Т.I. (В.Петти, А.Смит, Д.Рикардо) Пред. 
И.А.Столярова. – М.: МП ―ЭКОНОВ‖, 1991. – C. 27. 


245 
Soliqqa tortish qiyinlashuvining eng asosiy sabablaridan biri sifatida 
Petti xalqning soliq to‗lashni istamasligi, deb hisoblaydi. Bu esa soliq 
undirishda davlat tomonidan ortiqcha sarf-xarajatlar va qattiq jazo 
choralari qo‗llanishiga olib keladi
253
. Soliq to‗lovchilar noroziligining 
kelib chiqish sabablari sifatida u asosan quyidagilarni keltirgan
254


soliq qanchalik katta bo‗lmasin, agar uning yuki barchaga 
mutanosib tushsa, hech kim u sababli o‗z boyligini yo‗qotmaydi; 

kishining hammasidan ko‗proq g‗ashiga tegadigan narsa, bu 
uning qo‗shnisiga nisbatan yuqoriroq soliqqa tortilishidir; 

kishilar, davlat o‗ziga keragidan ko‗proq talab qiladi, deb 
o‗ylashadi; 

odamlar 
shunday 
xayolga 
borishadiki, 
yig‗ilgan 
pullar 
vaqtichog‗lik, to‗y-tomoshalar, hasham qasrlar va shu kabi boshqa 
narsalarga sarflanadi; 

kishilar tez-tez shuni ta‘kidlashadiki, qirol aholidan yig‗ilgan 
pullarni o‗zining yaqin kishilariga tarqatadi. 
Yuqoridagi sabablarni mantiqiy mushohada qilib ko‗radigan 
bo‗lsak, ularning bir qismi soliq to‗lovchilar o‗rtasida soliq yukining 
qanchalik adolatli taqsimlanayotganligi, boshqalari esa undirilayotgan 
soliqlarning nimaga sarflanayotganligini bilish istagi mavjudligidir. 
Bundan qariyb 350 yil avval aytib o‗tilgan ushbu fikrlar hozirgi 
axborot asri bo‗lmish uchinchi ming yillik boshida qanchalik o‗rinli va 
ahamiyatga ega? Agar keltirilgan fikrlarga birma-bir to‗xtaladigan 
bo‗lsak, quyidagi oddiy haqiqatni anglab olishimiz mumkin. 
Birinchidan, soliq to‗lovchi, u hoh jismoniy, hoh yuridik shaxs bo‗lsin, 
barcha qatori soliq to‗lasa, ya‘ni boshqalarga nisbatan ko‗proq soliq 
to‗lamasa, soliqning og‗irligi unga unchalik sezilmaydi (albatta soliq 
yuki chidab bo‗ladigan me‘yorda bo‗lsa). Ikkinchidan, soliq to‗lovchi 
o‗z mulki bir qismini soliq sifatida davlatga ajratar ekan, ushbu 
253
Афанасьев В.С. Возникновение классической буржуазной политической экономии (Вильям 
Петти). – М.: Соцэкгиз, 1960. – С.20-21. 
254
Антология экономической классики. В 2-х томах. Т.I. (В.Петти, А.Смит, Д.Рикардо) Пред. 
И.А.Столярова. – М.: МП ―ЭКОНОВ‖, 1991. – C.22-23. 


246 
mablag‗larning qayerga ketayotganligi va nimaga ishlatilayotganligi 
bilan albatta qiziqadi. Soliq to‗lovchilarning bu qiziqishini qondirish 
uchun davlat byudjet xarajatlari to‗g‗risida ommaga shaffof hisobot 
berishi kerak. 
U.Petti soliqqa tortishning ishlab chiqarishga, mamlakat boyligining 
o‗sishiga ta‘siri haqidagi masalani ham qo‗yadi. Uning fikricha, soliqlar 
mamlakatning iqtisodiy holatiga ham salbiy, ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkin. Soliq va yig‗imlarning ayrim turlari qirollik boyligini yanada 
ko‗paytirishi mumkin. Bunday holat soliqlar milliy ishlab chiqarishni 
kengaytirishga ta‘sir qilganda yuz beradi. Mamlakat boyligi ko‗payadi, 
qachonki, soliq ilgari chetdan import qilinayotgan tovarlarni ishlab 
chiqarishga majbur qilsa, qachonki, u ―ortiqcha‖ (hasham, shohona) 
iste‘molning qisqarishiga va bo‗shagan mablag‗larni ishlab chiqarishni 
yaxshilash maqsadlariga yo‗naltira olsa va hokazo
255

Pettining ushbu fikrlaridan xulosa 
qilish mumkinki, soliq – davlat 
qo‗lidagi 
eng 
nozik 
iqtisodiy 
instrument bo‗lib, uning vositasida 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
ham 
mumkin, tanazzulga yuz tuttirish ham 
mumkin. 
Bu 
davlat 
tomonidan 
soliqdan 
qanday 
foydalanilishiga 
bog‗liq. Olimning fikrlaridan kelib 
chiqadigan ikkinchi xulosa shuki, 
soliqlar va soliqqa tortish mexanizmlari qayishqoq bo‗lmog‗i darkor. 
Ya‘ni, soliqqa tortish vositasida, bir tomondan milliy iqtisodiyotda 
import o‗rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish rag‗batlantirilsa, 
ikkinchi tomondan shunday tovarlarning importi ma‘lum darajada 
cheklansa, mamlakatda iqtisodiy rivojlanish bo‗ladi va milliy boylik 
ko‗payib boradi. Yana bir holat, bu ijtimoiy ortiqcha iste‘molni 
255
Афанасьев В.С. Возникновение классической буржуазной политической экономии (Вильям 
Петти). – М.: Соцэкгиз, 1960. – С.21. 


247 
(birlamchi ijtimoiy zarurat qondirilgandan keyingi shohona, hasham 
tovarlar iste‘moli), shuningdek, o‗lik kapital to‗planishini soliqlar 
vositasida cheklash va aksincha, mablag‗larni iqtisodiyotga yo‗nal-tirish 
orqali ulardan samarali foydalanishni soliq mexanizmi vositasida 
rag‗batlantirishdir. 
Biroq, klassik iqtisodiy ta‘limot shakllanishida Adam Smit (

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin