§ 9.4. “Sug„urta mukofoti” va soliqning
rohatlanish nazariyalari
XVIII asrda soliqlarni
sug„urta mukofoti
singari baholash g‗oyasi paydo bo‗ladi. Ushbu
nazariyaga muvofiq soliq to‗lovchilar sug‗urta
jamiyati a‘zolari sifatida ishtirok etadi. XIX
asrning ikkinchi yarmida fransiyalik davlat
arbobi Adolf Tyer (fr. Louis-Adolphe Thiers,
1797-1877) va shotlandiyalik iqtisodchi Jon Ramsey Mak-Kullox (John
Ramsey McCulloch; 1789-1864) sug‗urta
mukofoti
sifatida
ushbu
g‗oyani
rivojlantirdi va ushbu
g‗oyani
yoqlovchi
izdoshlarini
topdi.
Ularning
fikricha,
soliq
bu
sug‗urta
to‗lovi bo‗lib, u biror-
bir
xavfni
(urush,
236
yong‗in, o‗g‗rilik va hokazo) oldini olish uchun fuqarolar tomonidan
davlatga to‗lanadi
245
.
Bunda, A.Tyer nazariyasiga ko‗ra, har kim o‗z daromadi yoki
mulkiga mutanosib ravishda soliq to‗lashi kerak, chunki mudofaa va
muhofaza qilishga sarflanadigan xarajatlar qo‗riqlanadigan mulkka
(boylikka) mutanosib taqsimlanishi kerak. Biroq, haqiqiy sug‗urtadan
farqli ravishda soliqlar sug‗urta hodisasi yuz berganda qoplash
summasini olish uchun to‗lanmaydi, balki muhofazani ta‘minlash va
tartibni saqlash bo‗yicha hukumat sarf-xarajatlarini moliyalashtirish
uchun to‗lanadi.
Sug‗urta mukofoti sifatidagi soliq nazariyasi vakillaridan yana biri
fransuz iqtisodchisi E. de Jirardin (1806-
1880) shunday deb yozgan edi: ―Soliq
jamiyat tayanadigan deyarli yagona
poydevordir. Biz eng muhimlari soliq
islohotlarida bo‗lgan ijtimoiy va siyosiy
islohotlarni uzoqdan, osmonu-falakdan
izlaymiz. Soliqlar, biz tushunganimizdek,
subyektlar tomonidan mulkka egalik
qilish va foydalanishga xalaqit beradigan
har qanday xavfdan sug‗urta qilish uchun
to‗lanadigan sug‗urta mukofoti sifatida xizmat qilishi kerak‖
246
.
Ushbu sug‗urta turi an‘anaviy sug‗urtadan tubdan farq qiladi,
chunki to‗lovchilar sug‗urta hodisasi yuz berganda kompensatsiya
miqdorini olish uchun emas, balki mamlakatni tashqi xavfdan mudofaa
qilish, jamiyat ichki tartibi va muhofazasi, adolat hamda fuqarolarning
huquq va erkinliklari himoyasini ta‘minlash uchun davlat xarajatlarini
moliyalashtirish uchun soliq to‗laydilar.
245
Черник Д. Г., Шмелев Ю. Д. Теория и история налогообложения. Учебник для академического
бакалавриата. – М. : Издательство Юрайт. 2014. – 364 с. Серия : Бакалавр. Академический курс.
246
Конотопов М. Экономическая история мира. Том 5. 3-е издание, дополненное и доработанное.
М. 465 с.
237
Sug‗urta mukofoti sifatida soliq haqidagi ta‘limotning yana bir
talqini shundaki, to‗lovchi o‗zaro sug‗urta jamiyatining a‘zosi sifatida
faoliyat yuritadi va sug‗urta mukofotini o‗z daromadi va mulki hajmiga
mutanosib ravishda to‗lash majburiyatini oladi.
Sug‗urta mukofoti sifatidagi soliq nazariyasining almashinuv
nazariyasi bilan bog‗liqligi soliq to‗lovlarining mulkni himoya qilish va
muhofaza
qilish
bo‗yicha davlat xarajatlariga, ya‘ni davlat
xizmatlarining qiymat ifodasiga bog‗liqligidan kelib chiqadi. Ko‗rib
chiqilayotgan nazariya asoschilarining xizmati shundaki, ular zamonaviy
soliq tizimlarini qurishning ikkinchi konseptual tamoyilini – to‗lov
qobiliyati tamoyilini e‘tirof etdilar. Unga ko‗ra har kim o‗z daromadlari
yoki mol-mulkiga mutanosib ravishda soliq to‗lashi kerak. Biroq,
sug‗urta g‗oyasini barcha soliq munosabatlariga tatbiq etish va uning
asosida
barcha
soliqlarning
mohiyatini
ko‗rib chiqish biroz
munozaralidir. Davlat sug‗urta hodisasi yuz bergandan keyin
to‗lovchilarga sug‗urta to‗lovlarini amalga oshirish majburiyatini har
doim ham o‗z zimmasiga olmaydi. Shu bilan birga, soliq solishda
sug‗urta g‗oyasi hozirgi kunda byudjetdan tashqari fondlarga sug‗urta
badallari (pensiya, bandlik, ijtimoiy va sog‗liqni saqlash sug‗urtasi) kabi
aniq maqsadli soliq to‗lovlari nuqtai nazaridan tatbiq etilmoqda. Xodim
o‗z mehnat faoliyati davomida sug‗urta badallarini ish haqi miqdoriga
nisbatan foizda to‗laydi, ma‘lum bir voqea (sug‗urta hodisasi) yuzaga
kelganda sug‗urta to‗lovlari shaklida pul tovon, vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqalari va boshqalar oladi.
Sug‗urta mukofoti sifatidagi soliq nazariyasi bilan parallel ravishda
XIX asrning birinchi yarmida shveysariyalik iqtisodchi Jan Simond de
Sismondi (fr. Jean Charles Léonard Simonde de Sismondi; 1773-1842)
o‗zining ―Siyosiy iqtisodiyotning yangi davri‖ nomli asosiy asarida
(1819) soliq nazariyasini rohatlanish nazariyasi sifatida ta‘riflaydi. Unga
muvofiq soliqlar yordamida har bir soliq to‗lovchi rohat-farog‗atdan
238
boshqa narsa sotib olmaydi. Rohat-farog‗at deganda u jamoat tartibi,
adolat, shaxsiy va mulkiy himoyani nazarda tutadi
247
.
Rohat-farog‗at, shuningdek, jamoat ishlari, xalq ma‘rifati, milliy
xavfsizlikni o‗z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, fuqarolar soliqlarga
ularning shaxsiy va mulkiy himoyasini ta‘minlash uchun hukumat
tomonidan ko‗rsatiladigan xizmat sifatida qarashlari kerak. Ularning
yordamida davlatning har yillik xarajatlari qoplanadi. Shuningdek,
Sismondi soliqlar shaxsiy kapitaldan emas, balki sof daromaddan
olinishi kerak deb hisoblagan.
Ravon yo‗llar, keng ko‗chalardan foydalanish, sog‗liq uchun xavfli
bo‗lmagan suvni iste‘mol qilish imkonini beruvchi jamoat ishlari ham
rohat-farog‗at sifatida qaraladi.
Boshqa barcha lazzatlarga qo‗shimcha sifatida milliy himoya
(tashqi tajovuzdan himoya qilish) va ichki himoya mavjud bo‗lib, u har
bir fuqaroning jamoat tartibi bilan ta‘minlangan ne‘matlarda ishtirok
etishini kafolatlaydi.
―Xullas, soliqlar sifatida to‗lanadigan pullarni maqbul foydalanildi
deyish mumkin, qachonki jamiyat rohat-farog‗ati yo‗lida yig‗ilgan
ushbu mablag‗lar haqiqatda hukmdorlarning manmanlik va ehtiroslari
uchun ishlatilmasdan, ijtimoiy rohatlanish uchun sarf etilgan bo‗lsa.
Soliqlar fuqarolarning rohatlanishi qiymatidir‖
248
.
Shu ma‘noda, ushbu nazariya tarafdorlari eng avvalo yig‗ilgan
soliqlarning jamiyat farovonligi uchun sarflanishi zarurligini yoqlab
chiqqan bo‗lsalar, boshqa tomondan, ushbu mablag‗lardan yakka
ehtiyojlarni, ya‘ni ayrim yuqori tabaqali zodagonlarning shaxsiy
manfaatlari uchun foydalanishni qoralaydi.
―Fiskal shartnoma‖ nazariyasi va rohatlanish sifatidagi soliq
nazariyasida alohida e‘tibor soliqqa narx maqomi berilishidir. Bu esa o‗z
navbatida davlat tomonidan ko‗rsatilayotgan xizmatlar va olingan naflar
247
Сисмонди Ж. С. Новые начала политической экономии. Теория экономики. Экономика. М. :
―Директ-Медиа‖ 2007. 356 стр. https://biblioclub.ru/index.php?page=book_red&id=26844.
248
Майбуров И.А. и др. Теория и история налогообложения. 2-е изд., перераб. и доп. –М.:
ЮНИТИ-ДАНА, 2011. –30 с. https://knigi.news/nalog/obschie-teorii-nalogov-28312.html
239
uchun to‗lov sifatida uni tushunishga nisbatan oldinga qadam qo‗yish
bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: |